DAGER

DAGER (Daguerre) Lui Jak Mande (1787.18.11, Kormeyzan-Parizi, Sena va Uaza — 1851.10.7, Brisyur-Marn) — fransuz rassomi va ixtirochisi, fotografiya ixtirochilaridan biri. Birinchi dioramett yaratgan (1822). J. N. Nyeps tajribalaridan foydalanib birinchi boʻlib yorugʻlik sezgir modda sifatida kumush iodidini qoʻllab oʻchib ketmaydigan tasvirlarni olish usuli — dagerotipiyani ishlab chiqqan (1839).