DAVLETSHIN Muhammad Gabdulgalimovich

DAVLETSHIN Muhammad Gabdulgalimovich (1923.11.11, Orenburg sh.) — psixolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), psixologiya fanlari d-ri (1972), prof. (1972). Nizomiy nomidagi. Toshkent pedagogika in-tini tugatgan (1952). 1956-y. dan shu in-tda katta oʻqituvchi, keyinchalik dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1957—68), psixologiya kafedrasining mudiri (1968—2001), kafedra prof. (2001-y. dan).. Ilmiy ishlari umumiy, pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya muammolariga bagʻishlangan. «Shuhrat» medali bilan takdirlangan (1994).

As: Ijtimoiy psixologiya muammolari va ularni odamlar bilan ishlashda qoʻllash, T., 1990; Qadimgi Sharq davlatlarida psixologik fikrlarning rivojlanishi, T., 1995.