DAVLETOVA

DAVLETOVA Oʻrozgul (1923.20.4, Toʻrtkoʻl tumani) — Oʻzbekiston xalq artisti (1969). 1938—41 y. lar va 1952 — 94 y. lar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq musiqali teatrida, 1941—47 y. lar Toʻrtkoʻl yosh tomoshabinlar teatrida, 1947—50 y. lar Toʻrljoʻl k-z—s-z teatrida aktrisa, 1950—52 y. lar Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda. Eng yaxshi rollari: Gulchehra («Arshin mol olon»), Nasiba («Ogʻriq tishlar»), Dorina («Tartyuf»), Sarvinoz («Qirq qiz»), Emiliya («Otello»), Jumagul («Qoraqalpoq qizi»), Anor («Onalar») va b. D. lirik, dramatik hamda xarakterli rollar ustasi boʻlib, ayniqsa qoraqalpoq ayollari obrazini dadillik, faollik, xushchaqchaqlik, hazilmutoyibaga moyillik b-n, milliy ruhda, alohida mahorat bilan yaratadi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1983).