DAVLATOV Soli Boltaboyevich

DAVLATOV Soli Boltaboyevich (1932.23.9, Xorazm viloyati Hazorasp tumani) — xujjatli kino rej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). 1965—93 y. lar Oʻzbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasida rej. Faoliyatini havaskor sifatida boshlab, «Amu sohilida» hujjatli filmini (1964, Respublika koʻrigida 1-oʻrin berilgan) suratga olgan. Eng yaxshi filmlari: «Ikki orden», «Jon Andijonim», «Oʻzbek atlasi», «Chiriyotgan xotira», «Beruniy», «Al-jabr — algebra», «Hamid Olimjon», «Surxon tongi» (Riga kinofestivalida Bosh sovrin olgan, 1985), «Yerga mehr», «Navroʻz kelganda», «Yoʻqotgach, kuyunamiz» va b.