DAVLATGARAY

DAVLATGARAY — Qrim xonlarining nomi. D. – G.1 (?—1577) — xon (1551-y. dan). Turkiya sultonining vassali. Polsha va ayniqsa Rossiyaga tez-tez hujumlar uyushtirib turgan. 1552-y. rus qoʻshinlarining Qozonga qilgan yurishiga toʻsqinlik qilishga harakat qilgan. Livon urushi paytida D.-G.1 Polsha qiroli bilan ittifoq tuzib, Rossiyaga bir necha bor yirik yurishlarni amalga oshirgan. 1569-y. turklarning Astraxonga qilgan harbiy yurishida ishtirok etgan. 1571-y. bahorida 120 ming kishilik qoʻshin bilan Rus davlatiga hujum qilib, may oyida Moskvaga oʻt qoʻygan, lekin 1572-y. qaytadan yurish qilganida ruslardan magʻlub boʻlgan. Davlatgaray P (?—1724) – Salimgaray oʻgʻli; bir necha marta taxtni egʻallagan (1699 — 1724). Qrim xonligidagi ichki ziddiyatlar (noʻgʻaylar isyoni, aka-uka Gʻozigaray, Qoplongaraylar bilan boʻlgan adovat) tufayli uning mavqei mustahkam boʻlmagan.