DAVLAT MADHIYASI

DAVLAT MADHIYASI — davlat gerbi va davlat bayrogʻi bilan bir katorda davlat rasmiy ramzi hisoblanadigan sheʼriy-musiqiy tantanavor asar, gimn. U asosan tantanali yigʻilishlar vaqtida, jamiyat hamda muhim davlat ahamiyatiga molik voqealarni nishonlash yuzasidan oʻtkazilayotgan marosimlarda, xalqaro sport musobaqalarida gʻoliblarni mukofotlash chogʻida va h. k. da ijro etiladi. Oʻzbekistan Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqaviy tahriri [Abdulla Oripov soʻzi, Mutal (Mutavakkil) Burhonov musiqasi] OʻzRning 1992-y. 10 dek. dagi qonuni bilan tasdiqlangan. Shu qonunda Oʻzbekiston Respublikasi D. m. ni ijro etish bilan bogʻliq talab va qoidalar belgilab qoʻyilgan.