DAVLAT KENGASHI

DAVLAT KENGASHI — 1) ayrim xorijiy mamlakatlar (Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Ekvador, Gretsiya, Kolumbiya)da asosiy davlat muassasalaridan biri, u yo oliy maʼmuriy adliya organi, yo konstitutsiyaviy nazorat organi, yo boʻlmasa baʼzi mamlakatlarda bir vaqtning oʻzida davlat boshligʻi huzuridagi maslahat organi hisoblanadi;

2) Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, XXR, Koreya Respublikasida hukumatning rasmiy nomi;

3) 1810— 1906-y. larda Rossiya imperiyasida qonun chiqaruvchi oliy maslahat organi.