DAVLAT IMMUNITETI

DAVLAT IMMUNITETI (daxlsizligi) — davlatning xorijiy yurisdiksiya (sudlov ishlarini olib borish ququqi)dan daxlsizligi, xalqaro huquq qoidalaridan biri. Unga koʻra, davlat va uning organlariga xorijiy davlat sudida daʼvo qoʻzgʻatilishi, davlat mulki hisobidan toʻlov undirilishi, mulki xatlab qoʻyilishi mumkin emas.