DAVLAT DUMASI

DAVLAT DUMASI — 1) Rossiyada 1906—17 y. larda qonun chiqaruvchi vakolatli muassasa. 1905-y. 17 okt. Manifesti bilan taʼsis qilingan. 1917-y. 6(19) okt. da Muvaqqat hukumat tomonidan tarqatib yuborilgan.

2) RFning 1993-y. dagi konstitutsiyasiga koʻra Federal majlis ikki palatasidan biri. Deputatlarning yarmi siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar roʻyxatlari boʻyicha, qolgan yarmi majoritar tizimga muvofiq bir mandatli okruglar boʻyicha 4 yilga saylanadi.