DAVLAT BIBLIOGRAFIYASI

DAVLAT BIBLIOGRAFIYASI — mamlakat hududida nashr etiladigan barcha matbuot asarlarini davlat hiso-bini olish va ular haqida axborot berish. Roʻyxat barcha nashriyotlar va poligrafiya korxonalaridan Bibliografik markazga kelib tushadigan majburiy (kontrol) nusxa asosida olib boriladi va davlat miqyosida toʻliq boʻlishi taʼminlanadi. Davlat bibliografiyasi tizimi universal manba boʻlib, bibliografiyaning boshqa turlari rivojida asos vazifasini oʻtaydi: matbuot rasmiy statistikasi uchun maʼlumot beradi, mamlakatdagi madaniyat, fan va texnika holatini oʻzida aks ettiradi, uning keyingi taraqqiyotiga koʻmak beradi. Davlat bibliografiyasi bilan Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi shugʻullanadi. Yangi kitoblarni roʻyxatga oladigan «Kitob solnomasi», jur. va gaz. larda bosilgan dolzarb mavzudagi maqolalarni roʻyxatga oluvchi «Jurnal maqolalari solnomasi», tasviriy sanʼat asarlarini roʻyxatga oluvchi «Tasviriy nashrlar solnomasi» va b. ni chop etadi.