DAVIDOVSKIY Ippolit Vasilyevich

DAVIDOVSKIY Ippolit Vasilyevich (1887—1968) — patolog-anatom. Pata-natomiyada klinik-anatomik yoʻnalish asoschilaridan. Tibbiyot FA akad. (1944) va vitse-prezidenti (1946—50, 1957 — 60), Mehnat Qahramoni (1957). Ilmiy ishlari infeksion kasalliklar va harbiy jarohatlar patanatomiyasi hamda patogenezi, tepkili terlama patogenezi va morfologiyasiga oid.