Homila kun, hafta, oy sayin o’sadi va rivojlanadi. 18-kundayoq mo‘jizaviy tomchining shakli o‘zgara boshlaydi, u torayib cho‘ziladi. Unda asab, qon ishlab beruvchi yurak-tomir, hazm qilish, chiqarish va boshqa a’zolarning kurtaklari hosil bo‘la boshlaydi va yurakka o‘xshash narsa vujudga keladi. Bu mittigina «tana»da tomir ura boshlaydi. Yana 8 kun o‘tgach, tomchi ikki baravar uzayadi, uning yuzasida juda kichkina bo‘rtmachalar bilinib turadi, keyinchalik ular quloq, iyak, umurtqalarga aylanadi. Bu jarayon 7-haftada sodir bo‘ladi.
Homilaning ikki oylikkacha bo‘lgan rivojlanish davri emb rional davri deyiladi. 2 oylikda homilaning bo‘yi 3 sm, massasi 11 g bo‘lib, sut emizuvchilardan farq qilmaydi — ko‘zlari yirik, bosh suyagi katta, ko‘rinishi baliqni eslatadi. Homila sekin-asta odam qiyofasini ola boshlaydi. 11 haftadan so‘ng uvoqqina odam organizmi shakllanadi. Homilaning a’zo va sistemalari hamda platsenta yetilib boradi va mukammallashadi.
Ona homilaning harakatini birinchi homiladorlikda 20-haf-tadan seza boshlaydi. Homila qisqa-qisqa turtkilar yoki muskul-larni qo‘zg‘atib yuboradigan darajada o‘zini rostlash, kerishishga o‘xshash qattiq harakatlar qiladi. Shuningdek, homilaning yurak urishini ham eshitish mumkin; u onaning yurak urishidan deyarli ikki baravar tezroq uradi. Lozim bo‘lsa, 5—6 haftalik homilaning yurak urishini maxsus apparatlarda anikdanadi. 5 oylik homilaning quloqlari yaxshi eshita boshlaydi, u faqat onaning yurak urishinigina emas, balki hali o‘zi ko‘rmagan, bilmagan sirli tashqi dunyodan eshitilayotgan qattiq ovozlarni ham ajrata olish qobiliyatiga ega. Uning ham o‘ziga yarasha tashvishlari bor: onasi harakat qilayotgan vaqtda behosdan nozik tanasi qisilib shikastlanmasligi uchun mahkam o‘rnashib olishga ulgurishi kerak; ona dam olayotgan paytda erkin bo‘lishi, qo‘l-oyoqlarini bemalol yozib olishi mumkin.
Homiladorlikning oxirida homilaning bo‘yi 50 sm va undan ortiq, og‘irligi 3200—3500 g (ba’zida undan ham ortiq) bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, to‘ng‘ich boladan ko‘ra, keyingila-rida homilaning vazni og‘irroq bo‘ladi, 5—6-boladan so‘ng yana kichiklashadi. Tug‘ilajak bolaning o‘zi yorug‘ dunyo yuzini ko‘rishga astoydil tirishadi, kuniga 200 dan ortiq harakatlar qiladi, endi qo‘l-oyoqlarini qimirlatish bilan chegaralanib qolmay, ag‘darilib ham turadi.
Ichaklar, buyrak, me’da ishlab turadi, terisining rangi o‘zgarib burishganlari tekislanadi. Go‘yo hamma hara-katlagj bilan: «qani nimam meni odamga o‘xshamaydi», deyayotganday. O‘xshashligini isbotlash ma’nosida barmog‘ini so‘radi, hiqichoq tutadi. Bu homila uchun eng mas’ul davr hisoblanadi.
Homilaning bachadonda qanday joylashuvi hammani qiziqtiradi. Bachadonda homila har tomondan o‘ziga xos qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Uni o‘rab turadigan «qog‘onoq suvlari» deb ataladigan sarg‘ish rangdagi suyuqlik tashqaridan bexosdan bo‘ladigan zarblarga to‘siq bo‘lib, homilaning vaziyatini o‘zgartirib turishga imkon beradi, qindan infeksiya kelib tushishdan sakdaydi. Qog‘onoq suvi oqsil, tuzlar, mikroelementlar, yog‘lar, qand, gormonlar, fermentlar-dan iborat. Bunday tuzilma homilaning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi, tashqi g‘ayriixtiyoriy shikastlardan sakdaydi, unga harakatlar qilishga imkon beradi. Taxminan homiladorlikning 30— 32-haftasiga qadar homila bachadonda o‘z holatini osonlik bilan o‘zgartira oladi, keyinchalik esa harakatlar sustlashadi. Homiladorlikning oxiriga kelib homila ona tanasiga nisbatan bo‘yla masiga holatda joylashgan bo‘lib uning bo‘ylama markazi bachadon bilan ona tanasining markaziga muvofiq keladi. Homiladorlikning oxirida 99,5 foiz homila boshi pastga qaragan tik holatda bo‘ylama holatini oladi va bu normal holat hisoblanadi. Homila-dorlikning 36-haftasida qorindagi bola shu qadar katta bo‘lib qoladiki, bachadon bo‘shlig‘ida bor gavdasi bilan harakatlana olmaydi, shuning uchun u o‘zgarmas vaziyatni egallaydi. Ko‘pincha bolaning boshi pastga qaragan, dumbasi tepada, qo‘llari tirsaklaridan bukilib, ko‘ksiga qovushtirilgan, oyoqlari chanoqson bo‘g‘i-mi hamda tizzalaridan bukilib, tanasiga taqalib, engagi ko‘kragiga tegib turadi, natijada bachadon bo‘shlig‘iga bemalol joylashib olgan tuxumsimon tuzilma vujudga keladi.
Bachadonda bolaning boshi yuqoriga, dumbalari esa pastga qaragan holatda yotishi kamdan-kam uchraydigan hodisa. Shunday bo‘lgan taqdirda tug‘ruq vaqtida homilani to‘g‘ri holatga o‘nglash uchun shifokorning yordami kerak bo‘ladi. Homilaning holati, qaysi tomoni balan yotganini mutaxassis shifokor ko‘rib biladi, noaniq hollarda esa ultratovush yoki rentgenografiya tekshiruvida anikdanadi hamda zarur choralar ko‘riladi.