Oson, tez va bezarar semirish usullari
Oson, bezarar, chiroyli va sifatli semirishni istaysizmi? Unda quyidagi maslahatlarga amal qiling va natijasini koʼring. Siz bu maqolada semirish borasida naturopat va tabiiy yondashuvli shifokor Doktor Djosh Аks maslahatlaridan bahramand boʼlasiz. Juda ozib ketish ham juda semirib ketish kabi salomatlik uchun foydali hisoblanmaydi. Juda ozib ketganda insonda immunitet tushishi, vitaminlar tanqisligi, bolalar va oʼsmirlarda rivojlanishning kechikishi yoki toʼxtashi, suyak yemirilishi, anemiya, buyrak kasalliklari, doimiy charchash hissi, soch toʼkilishi va quruq teri kabi muammolar paydo boʼladi.
TEZ VА ZАRАRSIZ SEMIRISh UChUN NIMА QILISh KERАK?
1. OZUQАVIY QIYMАTI YuQORI BOʼLGАN KАLORIYaLАR ISTEЪMOL QILING Maqsadingiz tez, sifatli, zararsiz va chiroyli semirish boʼlsa, unda yeyayotgan ovqatlaringizning hajmi emas sifatiga ahamiyat bering. Semirish niyatida nosogʼlom ovqatlarni katta miqdorda isteʼmol qilish sizga kutilgan natija bermasligi aniq. Semirish maqsadida ovqatlanganda kaloriya sanash shart emas. Buning oʼrniga kaloriyalarga boy mahsulotlarni muntazam isteʼmol qilish kifoya. Ovqatlaringiz va yeguliklaringiz sogʼlom yogʼlar, sifatli oqsil va foydali uglevodlarga boy boʼlishiga diqqat qarating. Ovqatlaringizga yongʼoqlar, urugʼlar, sifatli xom pishloq, kokos yogʼi, zaytun yogʼi kabilarni qoʼshsangiz, bu sizga chiroyli va tez semirish uchun katta yordam beradi.
2. KUNIGА 5 MАHАL OVQАTLАNING(Kichik portsiyada, ammo sifatli ovqatlaning) Tez semirish uchun kichikroq miqdorda boʼlsa ham, kuniga besh mahal ovqatlaning. Bunda ovqatlaringiz yuqori sifatli oqsillar, murakkab uglevodlar va foydali (sogʼlom) yogʼlarga boy boʼlishi muhim. Tez semirish uchun kichik miqdorda 5 mahal ovqatlanish katta miqdorda 2-3 mahal ovqatlanishdan koʼra samaraliroqdir. Ovqatlar hazm boʼlishi uchun orada biroz tanaffus qoldirishni unutmang. Besh mahal ovqatlanish uchun portsiyalar albatta kichik boʼlishiga ahamiyat bering. Pala-partish va toʼxtamasdan ovqatlanish oshqozon-ichaklar uchun zararlidir. Koʼpincha uyqu oldidan ovqatlanish tavsiya qilinmaydi, ammo semirish niyatida boʼlsangiz uxlashdan oldin kichik miqdorda oqsilga boy gazak isteʼmol qilish zararli emas. Uyqu oldidan quyidagi mahsulotlarni isteʼmol qilsangiz boʼladi: qatiq, yongʼoqlar, urugʼlar, suzma, asalli sut.
3. SOGʼLOM GАZАKLАR ISTEЪMOL QILING Ovqatlanishlar orasida sogʼlom gazaklar isteʼmol qiling. Nosogʼlom (shakarli, unli) gazaklardan esa tiyiling. Sogʼlom gazak sifatida quyidagilarni isteʼmol qilishingiz mumkin: Xummus Sabzavotlarni xummusga botirib yeyish Qatiq yoki kefir Urugʼ, reza mevalar va yongʼoqlarni qatiqqa aralashtirib yeyish Qaynatilgan tuxum Yeryongʼoq yoki bodom saryogʼlarini Ivitilgan xamirdan tayyorlangan krekerlar bilan birga yeyish Mevalar Pishirilmagan sabzavotlar (sabzi, bulgʼor qalampiri, karam va b.)
4. HАFTАDА 5 MАHАL JISMONIY TАRBIYa BILАN ShUGʼULLАNING Ozgʼin insonlarga jismoniy tarbiya kerak emas degan tushuncha yolgʼondir. Jismoniy tarbiya bilan shugʼullaniish muskullarning chiroyli boʼlishi va sifatli semirish uchun muhim hisoblanadi. Tez semirish uchun haftada kamida 5 mahal jismoniy tarbiya bilan shugʼullanish kerak boʼladi. Muskullarni jismoniya tarbiya yordamida chiniqtirmasdan sifatli semirishning iloji yooʼq. Bu qoida ayollarga ham erkaklarga ham tegishlidir.
VАZN YIGʼISh VА SEMIRISh UChUN NIMА YeYISh KERАK? Sifatli va chiroyli semirish (vazn yigʼish) uchun quyidagi mahsulotlarni isteʼmol qiling: Sogʼlom yogʼlar: zaytun yogʼi, bodom, makadamia yongʼogʼi, avokado, sariq saryogʼ, kokos yogʼi, tuxum sarigʼi, grek yongʼogʼi, chia urugʼlari, zigʼir urugʼi, yovvoyi tutilgan sulaymonbaliq (lososь). Sifatli oqsil: yaylovda boqilgan sigir/qoʼy goʼshti, yovvoyi tutilgan baliq (lososь), organik tovuq yoki kurka, tuxum, suyak shoʼrvasi. Har bir kilogramm vazningizga 2 gramm oqsil yeyishingiz kerak, masalan 50 kg boʼlsangiz kuniga 100 gr oqsil isteʼmol qiling. Foydali uglevodlar: sabzavotlar, grechka, kinoa, jigarrang guruch.
BEZАRАR VА ChIROYLI SEMIRISh UChUN QUYIDАGI MАHSULOTLАRNI ISTEЪMOL QILMАNG: Oq shakar: Rafinadlangan shakar immunitetni tushiradi, insonni vaqtli qaritadi va salomatlikni izdan chiqaradi. Rafinadlangan (qayta ishlangan) uglevodlar (asosan, oq un): Rafinadlangan uglevodlar qalbaqi ozuqalar hisoblanadi, chunki ular aslida sizni oziqlantirmaydi. Bularga oq non, oq un, oq undan makaron, shirin pishiriqlar, tayyor nonushta (cereals), oq guruch kabilar kiradi. Gidrogenlashtirilgan yogʼlar va margarin: Gidrogenlashtirilgan yogʼlarda trans yogʼlar mavjud boʼladi, trans yogʼlar esa yurak kasalliklari, hazm tizimi muammolari va boshqa koʼplab muammolarni keltirib chiqaradi. Margarin, gidrogenlashtirilgan yogʼlar, soya yogʼi, kanola yogʼi kabilarni isteʼmol qilmang.
Manba: http://uzshifo.info