Qiziqarli va mantiqiy savollar, matematik masalalar izlayapsizmi? Fikrlashga chorlovchi, aqlni chalg’ituvchi, yechimi esa oddiy jumboqlar kerakmi? Unday bo’lsa ushbu maqolani kuzating va o’zingizni ham sinab ko’ring.
O’quvchilar va bolalar, ba’zan kattalar ham jumboqli savollarga o’ch bo’lishadi. Mantiqiy savollar kishini noodatiy fikrlashga, aqlini charxlashga, tafakkurini o’stirishga olib keladi. Ushbu savollardan dars yakunida foydalansangiz maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quvchilar mantiqiy savolning javobini topa olmasalar javobni kelasi darsga qoldirsangiz, o’shakun kelguncha qiziqish bilan kutishadi. Javobni birinchi bo’lib topgan o’quvchini esa rag’batlantirishni unutmang. Maqolada mantiqiy savollar, qiziqarli savollar, jumboqli savollar, matematik masalalar, javobi kulgili ammo mantiqiy jihatdan tabiiy savollar, javobi kishini o’yga toldiruvchi, izlashga majbur qiluvchi 100 ta savollar javobi bilan o’rin olgan. Javobini bilish uchun “Javobini ko’rish / Yashirish” lingini bosish lozim. Javobini tezda qaramasdan o’zingizni ham sinab ko’rib keyin natijani kuzatsangiz yaxshi bo’ladi. Savollar bachkanalikdan yiroq, katta yoshdagi insonlarga ham to’g’ri keladi. Ota-onalar ham farzandlariga savollarni o’qib berishlari mumkin. Tayyor bo’lsangiz, boshladik!
1. Shunday insonlar borki, ular otni ham, filni ham qiyinchiliksiz ko’tara oladi, joyini o’zgartira oladi. Ular kimlar?
2. Bir kuni shofyor o’z mashinasining g’ildiraklaridan birini dami chiqib qolganini ko’rdi, lekin parvo qilmay uydan chiqib ketdi va qiyinchiliksiz yurib kechga tomon qaytib keldi. U buni qanday uddaladi?
3. Bu shaxmat donasi sabab o’rta asrlarda arab shohlari bu o’yinni o’ynashni istashmagan.
4. Mashhur sehrgar xonaning o’rtasiga qo’l zo’rg’a sig’adigan shisha qo’yib uning ichiga kira olishini aytdi. U buni qanday uddalashi mumkin?
5. 4 ta 2 dan har xil matematik amallardan 9 chiqarib bering.
6. Ot o’z bo’yniga bog’langan qo’ng’iroqning ovozini eshitmaslik uchun necha km/soat tezlikda chopishi kerak?
7. Bu narsa insonga 2 marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi.
8. Sherlok Xolms ko’chada sayr qilib yurgan edi. To’satdan u yerda jonsiz yotgan ayol tanasiga ko’zi tushdi. Aftidan qotillikka o’xshardi. U ayolning yoniga kelib, uning sumkasini ochdi va uning telefonini oldi. Telefonda uning turmush o’rtog’i raqamini topib, unga qo’ng’iroq qildi va shunday dedi:
– Tezda yetib keling. Sizning ayolingiz jonsiz topildi.
Bir necha daqiqadan keyin ayolning turmush o’rtog’i yetib kelib: “Azizam, senga nima bo’ldi, nega?”, – deya yig’lab yubordi. Shundan so’ng politsiya yetib kelgach, Sherlok barmog’i bilan ayolning turmush o’rtog’iga ko’rsatib: “Bu odamni hibsga oling, u o’z ayolining qotili”, – deb aytdi. Savol: Sherlok nega bunday qarorga keldi?
9. Daraxtning shoxida qarg’a bor. Qarg’ani cho’chitmasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?
10. Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 8:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?
11. Itning bo’yniga 3 metr keladigan arqon bog’langan edi, lekin it to’g’ri yo’nalish bilan 5 metr yura oldi. U bunga qanday erishdi?
11. Qaysi holatda 2 ga qarab, 10 deymiz?
12. Shifoxonadan to’rt muchchasi sog’ bo’lgan odamni qo’lda ko’tarib olib chiqishdi. U mutlaqo sog’lom bo’lsa, nega ko’tarib olib chiqishmoqda?
13. Qaysi yegulikni pishirish vaqtida qancha tuz solsangiz ham sho’r bo’lib ketmaydi?
14. Bir shifoxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshladi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada?
15. Bir inson samolyotdan parashyutsiz sakrab, qattiq yerga hech bir jarohat olmasdan tushdi. Unga hech kim yordam bermadi. Buni qanday izohlash mumkin?
16. Choyga shaker solib qaysi qo’l bilan aralashtirgan ma’qul?
17. Nima oq bo’lganda toza xisoblanadi, yashil bo’lganda tozalash kerak?
18. Jorj Vashington, Sherlok Xolms, Vilyam Shekspir, Lyudvig Van Betxoven, Napoleon Bonapart, Aleksandr Pushkin – ushbu ro’yxatda kim “ortiqcha”?
19. Oqila qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan “ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi” deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
20. Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun?
21. Saudiya Arabistoni mamlakatida nechta daryo o’rin olgan?
22. Balandligi 10 metr keladigan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?
23. Shoh vaziriga menga nok olma anor keltir – deb buyurdi. Zukko vazir bitta meva keltirdi. Bu qaysi meva edi?
24. Xonaning qaysi joyiga qalam qo’yilsa, uning ustidan sakrab o’tib bo’lmaydi?
25. Qaysi oyda 28 kun bor?
26. U sizniki, lekin undan sizdan ko’ra boshqalar ko’proq foydalanishadi.
27. Xomligida iste’mol qilinmaydi, qaynatilganda tashlab yuboriladi.
28. Kim o’tirgan holda yuradi?
29. Ko’p qavatli kiyim kiygan, usti yashil ichi sariq, bolalari qator-qator, pishganda mazali.
30. Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi?
31. Bir oilada 5 qiz bor ekan. 1- kitob o’qiyapti, 2- shaxmat o’ynayapti, 3- ovqat yeyapti, 4- yig’ishtiryapti, 5- nima qilyapti?
32. Shimoldan janubga qarab elektropoyezd ketmoqda, shamol janubdan shimolga qarab esmoqda. Savol tutun qaysi tarafga qarab ketadi?
33. Qanday idishda ovqat yeb bo’lmaydi?
34. Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?
35. Futbolda “Quruq barg” degan termin bor, qaysi holda ishlatiladi?
36. U juda qiyinchilik chog’ida dunyoga keladi. Yoshlik chog’idayoq uydan chiqib ketadi. Tirik qolish uchun qo’shiq aytib kun ko’radi va oz konserti vaqtida joniga qasd qilishadi. Ushbu qahramon va qotilni toping.
37. U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
38. Bir kunda bitta tug’ruqxonada ikki o’g’il farzand dunyoga keldi. Ularning ota-onalari bitta ko’p qavatli uyda yashashardi. Ikkita bola bitta bog’chaga, bitta maktabga borishdi, bir sinfda o’qishdi. Lekin hech qachon bir-birini ko’rmadi. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?
39. Stolning 4 ta burchagi bor. Uning bir burchagini kesib yuborsak nechta burchak qoladi?
40. Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, ushbu soha vakillari chap quloqlarining yaxshi eshitmasligidan ko’p shikoyat qilishadi. Ushbu soha vakillarini toping.
41. Ikkita soat taqib yuradigan kasb egalari kimlar?
42. Undan qancha olsangiz, shuncha kattalashib boraveradi. U nima?
43. Tuyaqush o’zini qush deb atay oladimi?
44. Qanday sharoitda qora mushukka uyga kirish oson bo’ladi?
45. It, jirafa, tuya. Bularning qanday umumiy xususiyatlari bor?
46. Qanday holda 12 sonini teng ikkiga bo’lsak, 7 chiqadi?
47. Traktorchining Farhod ismli akasi bor edi, lekin Farhodning ukasi yo’q edi. Buning sababi qanday?
48. Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
49. Bu xarf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. bu qaysi xarf?
50. Bir kuni chol ikki nabirasi bilan yo’lga chiqibdi. Ular yo’lda ketayotib katta daryoga duch kelibdi. Daryoda qayiq bor ekan. Qayiq esa faqatgina 100 kilogram yukni ko’tara olarkan. Chol o’zi 100 kilo ekan. Nabiralar esa 50 kilodan ekan. Ular daryoni u betiga o’tishlari shart. Qanday qilib o’tib olish mumkin?
51. Bir kishi sochini oldirib bo’lib qancha bo’ladi dedi. Usta esa g’aladanda necha so’m bo’lsa shuncha tashlab 2000 so’m oling dedi .Keyingi odamga ham shu qaytarildi va 3- odam ham g’aladanda qancha bo’lsa shuncha pul tashlab 2000 so’m olib chiqib ketdi va galadanda pul tugadi. Dastlab g’aladonda necha so’m bor bo’lgan?
52. Professor kech soat sakkizda budelnikni 9 ga qo’yib uyquga yotdi. U necha soat uxlaydi?
53. Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi.
54. Qaysi o’simlik yig’ib olinganidan so’ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% esa tashlab yuboriladi.
55. Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?
56. 3 ta archa o’sardi. Har birida 7 tadan shox mavjud. Har bir shoxda 3 tadan olma meva bor. Barcha daraxtning jami mevalari soni nechta bo’ladi?
57. Erkak kishi o’zining bevasining singlisiga uylanishi mumkinmi?
58. Mahmudning 10 ta qo’yi bor edi. 9 tadan boshqa hamma qo’ylari o’lib qoldi. Mahmudning nechta qo’yi qoldi?
59. Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.
60. Bir vaqtlar Nissa shahrida eng chidamli chekuvchi bo’yicha konkurs o’tkazilgandi. Ishtirokchilardan biri ketma-ket 60 dona sigareta chekib, rekord o’rnatdi, lekin sovrin olmadi. Nega?
61. O’rdaklar qator bo’lib suv ichgani ketishayotgan edi. Ulardan biri oldinga qarab 7 ta boshni ortiga qarab 12 ta panjani ko’rdi. O’rdaklar nechta?
62. Juda och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?
63. Sen notanish xonaga kirib qolding. U erda benzin va gaz bilan yonadigan chiroqlar bor ekan. Sen birinchi bo’lib nimani yoqishing kerak?
64. Ota va o’g’il avto halokatga uchrashdi. Otasi shu joyning o’zidayoq halok bo’ldi, o’g’lini esa kasalxonaga yuborishdi. Operasiya vaqtida xirurg bolani
ko’rib: «Voy xudoyim-ey, bu mening o’g’lim-ku-deb baqirib yubordi. Shunday ham bo’lishi mumkinmi?
65. “To’yingda elak bilan suv tashiy” degan ibora mavjud. Bu mumkinmi?
66. Yog’ochni 12 bo’lakka bo’lish uchun uni necha marta arralash kerak?
67. 1 kg tosh og’irmi, 1 kg paxta?
68. 4 ta 4 sonidan turli matematik (qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish) amallarini bajarib 20 sonini chiqaring.
69. Rimliklar sanchqi (vilka) konstruktsiyasiga revolyutsion yangilik kiritishdi. Sanchqilarning barcha keyingi modellari ularning kashfiyoti varianti qilib yasala boshlandi. Bu kashfiyotdan oldin sanchqi qanaqa edi?
70. Qo’llarda 10 ta barmoq bor. 10 ta qo’lda nechta barmoq bor?
71. Kun vat un nima bilan tugaydi?
72. Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, o’ng qo’l bilan umuman ushlab bo’lmaydi.
73. Avtobusda 15 yo’lovchi ketayotgan edi. Birinchi bekatda 3 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda 2 yo’lovchi tushib qolib, 4 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda 4 yo’lovchi tushib 7 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda esa 1 yo’lovchi tushib 6 yo’lovchi chiqdi. Avtobus necha bekat yurdi?
74. Yomg’irda quyon qanday daraxt tagida turishi mumkin?
75. 5 ta yigit 1 ta etikda qolishi uchun nima qilish kerak?
76. Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi.
Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
77. 1 dan 100 gacha sonlar orasida nechta 9 bor?
78. Ikki kishi daryo sohiliga keldilar. Ularning har ikkisi ham daryoning narigi tarafiga o’tishi kerak edi. Sohilda bitta qayiq bo’lib u faqat bir kishini ko’tara olardi. Shunga qaramay ular maqsadlariga yetdilar. Ular buni qanday uddalashdi?
79. 7 ta sham yonib turgan edi. Ulardan 3 tasini o’chirib qo’yishdi. Nechta sham qoldi?
80. Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?
81. 2+2*2 ning javobi necha bo’ladi?
82. Hamma narsani ko’rayotganingizda uni ko’ra olmaysiz, hech narsani ko’rmaganingizda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
83. Qaysi oddiy odam oldida podshohlar ham boshlarini egishgan?
84. 16 qavatli uyda bir liliput (pakana) odam yashaydi. U har kuni ertalab ishga ketayotib liftda pastga tushib, so’ng ishga ketadi, ishdan qaytayotganda esa 10- qavatgacha liftda ko’tarilib, u yog’iga piyoda ketadi. U nimaga shunday qiladi?
85. Qaysi oyda odamlar kam gapiradilar?
86. Ular qanchalik ko’payib ketsa, vazni shunchalik kamayib boraveradi.
87. 100 so’m pulingiz bor. 100 ta hayvon olishingiz kerak. Mol – 10 so’m, qo’y – 3 so’m, xo’roz – 50 tiyin. Qaysi hayvonlardan nechtadan olasiz?
88. Qaysi so’z har doim xato bo’lib eshitiladi?
89. Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi?
90. Bola choynak va uning qopqog’i uchun 11 so’m pul to’ladi. Choynakning narxi qopqog’iga qaraganda 10 so’m qimmat. Qopqoqning narxi necha pul?
91. Men suvman va suv yuzida suzib yuribman. Men kimman?
92. Dengiz tubida qanday tosh bo’lmaydi?
93. Garchi u yengil bo’lsa ham nimani 10 daqiqadan ortiq ushlab turib bo’lmaydi?
94. Uning balandligi ham, eni va bo’yi ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?
95. Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz.
96. Cho’pon karam, qo’y va bo’rini olib ketayotgan edi. Oldidan daryo chiqib qoldi. Qarasa sohilda qayiq turibdi, faqat unga cho’pon o’zi bilan birga uchta narsadan birini olib o’tirishi mumkin edi. Cho’pon qo’y, karam va bo’rini sohilni narigi betiga olib o’tish uchun nima qilishi kerak? (Cho’pon qarovisiz qolganda bo’ri qo’yni, qo’y esa karamni yeb qo’yishi mumkin)
97. Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
yerlari bor – ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor – yulishni iloji yo’q,
dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?
98. Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada?
99. Haydovchi yuk mashinasini haydab ketayotgan edi. Mashinaning yoritgichlari (faralari) o’chgan, osmonda oy ham ko’rinmasdi. Shu vaqt yo’lni bir ayol kesib o’ta boshladi, lekin haydovchi u ayolni uzoqdan ko’ra oldi. Haydovchining bunday muvaffaqqiyati nimaga bog’liq edi?
100. Yerdan osonlikcha ko’tarish mumkin,lekin uni uzoqqa otib bo’lmaydi. Bu nima?