Maktablarda haftada 5 kunlik o‘qish taklif qilindi
⚡️Maktablarda o‘qish kunlarini bir kunga qisqartirish taklif qilindi.
Joriy yilning 21 noyabr kuni «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov maktablarda o‘qish kunlarini bir kunga qisqartirish kerakligi haqida
taklif bildirdi.
«Maktablarda o‘qish kunlarini bir kunga, ya’ni shanba kunini qisqartirib, besh kunlik qilish kerak. Bu ham o‘qituvchilarga, ham o‘quvchilarga foyda. Xorijda besh kunlik ta’lim yaxshi natija beryapti.» — deya fikr bildirgan Alisher Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra hozirda o‘quv haftasining davomiyligi — 6 kun, pedagogik kengashning qaroriga ko‘ra I-IV sinflar uchun 5 kun etib belgilangan.
Mavzuga doir:
Qozog‘iston maktablari besh kunlik formatga o‘tadiO‘qituvchilarning ish vaqti qanday hisoblanadi?O’qituvchi bir kunda necha soat ishlashi kerak?Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:43