Milliy sertifikat imtihonlari o‘qituvchilar uchun alohida o‘tkaziladimi?
❔ Ko‘pchilik o‘qituvchilar tomonidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari abituriyentlar uchun alohida, o‘qituvchilar uchun alohida o‘tkaziladimi degan mazmunda savollar berilmoqda.
✅ Milliy sertifikat imtihonlari barcha uchun yagona formatda o‘tkaziladi va unda o‘qituvchilar, o‘quvchilar, abituriyentlar, umuman o‘z bilimini sinab ko‘rish istagini bildirgan barcha talabgorlar ishtirok etishi mumkin.
👩‍🏫 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama to‘lanishi esa ular qaysi tizimda faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchilar mazkur holatga o‘zi ishlaydigan tashkilotdan aniqlik kiritishi lozim.
Bu haqda Davlat test markazi ma’lumot berdi
Mavzuga doir:
Milliy sertifikat imtihonlarida kimlar qatnashishi mumkin?
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari
DTM milliy sertifikat boʻyicha savollar tarqab ketganiga izoh berdi.
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:19