Perevod bo‘yicha ma’lumotlar mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi
📌 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 80 182 nafarni tashkil etdi.
Bu haqda DTM xabar bermoqda.
Mazkur 80 182 nafar talabgorning ma’lumotlari Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi.
👨🏻‍💻 Endilikda mandat.dtm.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat etganligini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish bali qanchani tashkil etishini ko‘rish mumkin.
❇️ Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:52