«yoshlar yetakchisi» lavozimi qayta joriy qilinsa ularga oylik to‘lanadimi?
Maktablarda yoshlar yetakchisi lavozimi qayta joriy qilinishi mumkinligi haqida
xabar bergandik. Shundan so‘ng ko‘pchilik maktab direktorlari agar shu lavozim joriy qilinsa ularga maosh to‘lash masalasi nima bo‘ladi deb savol yo‘llamoqda.
Ochig‘i bu haqda hozir hech qanday rasmiy ma’lumotlar yo‘q. Ammo O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va Xalq ta’limi vazirligining joriy yil 12 avgust kuni hududiy xalq ta’limi boshqarma boshliqlari va yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlariga yuborgan ko‘rsatma xatida yoshlar yetakchisi lavozimi jamoatchilik asosida tashkil etilishi haqida so‘z borgan.
Odatda jamoatchilik asosida tashkil etiladigan lavozimlar uchun oylik ish haqi to‘lanmaydi. Ya’ni ular katta ehtimol bilan maktablarda jamoatchilik asosida tashkil etilgan kasaba uyushmasi va xotin-qizlar qo‘mitasi raislari kabi faoliyat olib borishadi.
Ammo O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va Xalq ta’limi vazirligi jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan yoshlar yetakchilarini qo‘shimcha rag‘batlantirish choralarini ko‘rishi ham mumkin. Bu haqda rasmiy ma’lumot berilsa, albatta ma’lum qilamiz!
Manba:
Xalq ta’limi InfoJoylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:29