Abituriyentlar testga kirish uchun vaksina olgan bo‘lishi kerakmi?
❓Abituriyentlar testga kirishi uchun vaksina olgan bo‘lishi kerakmi?
✅ JAVOB: yo‘q, bunday talab belgilanmagan.
Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev
yozmoqda.
Yuqoridagi savolga javob olish maqsadida DTM rasmiylari bilan bog‘landik. Ularning ma’lum qilishicha, hech bir hujjatda bunday talab yo‘q. Demak, bugungi kun holatida aytish mumkinki, abituriyentlarning kirish imtihonlarida ishtirok etishi uchun vaksina olganlik yoki koronavirus-testini topshirganlik talabi qo‘yilmagan. Agar iyul oyida yurtimizda epidemiologik holat yomonlashmasa, bunday talab qo‘yilmasa ham kerak.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:09