O‘zingizni xunuk deb hisoblaysizmi? U holda buni o‘qing!
Yaqinda tishimdagi muammo sabab stomatologlarga ko‘p ishim tushdi. Shuning bahonasida qiziqarli narsalarni ham bilib oldim.
Xususan, ko‘pchilik yuz go‘zalligini tug‘ma deb hisoblaydi. Aslida esa bu fe’l-atvor mahsuli ekan. Quyidagi o‘qiydiganingiz hech qanday plastik jarrohliklarsiz, shunchaki fe’l-atvorni o‘zgartirib, go‘zal bo‘lishni istaganlar uchun! Yanayam batafsil esa Toshkent shahridagi xususiy stomatologik klinikalardan birining tajribali shifokori Izzatbek Salomov so‘zlab beradi.
– Dastavval, tishlarning noto‘g‘ri rivojlanishi yuzga qanday ta’sir qilishi haqida aytib bersangiz.
– Tishlar jag‘ anatomiyasi va yuz suyuklari tuzilishiga katta ta’sir o‘tkazadi. Bolalikda tishlarning noto‘g‘ri shakllanishi keyinchalik yuz sohasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Xususan, iyak sohasida ikki iyakning paydo bo‘lishi, chuqur tishlov va hokazolar salbiy holatlar bilan tavsiflanadi. Iyakning ingichka yoki katta bo‘lib ketishi, burun va ko‘z chakkalaridagi suyaklarning nomutanosib shakllanishi shu kabi turli asoratlar keltirib chiqaradi. Biroq hamma ham ushbu nuqsonlar tishlarga e’tiborsizlik tufayli kelib chiqqanini bilavermaydi – buni shunchaki tug‘ma yuz tuzilishi deb hisoblashadi. Aslida esa, bizga arzimas bo‘lib tuyilgan kichik odatlar yuz estetikasini yillar davomida noto‘g‘ri shakllantirib boradi.
– Bu arzimasdek kichik odatlarga nimalar kiradi?
– Avvalo, bolani go‘daklikda noto‘g‘ri emizish, uzoq muddat so‘rg‘ichdan foydalanish jag‘ suyaklarining to‘g‘ri shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi. Bunda chuqur tishlov (tepa tish qatori va pastki tish qatori birlashtirilganda teng birikmasligi), tishlarning noto‘g‘ri, qiyshiq o‘sishi kuzatiladi. Bu esa jag‘ va iyakka, u orqali esa butun yuz tuzilishiga ta’sir o‘tkazadi. Ayrim bolalar o‘tish davrida xayolparast bo‘lib qolishadi: ko‘pincha darsda qo‘llarini iyakka tirab, uzoq vaqt xayol surib qolishadi. Bu ham yuz suyaklariyu tish holati o‘zgarishiga olib keladi. Boshqalarining esa (kattalarda ham) yozayotganda ruchkani og‘ziga solish odati bor. Bu ham chuqur tishlovga olib keluvchi omillardan. Ba’zilar qo‘rquv, o‘ychanlik sabab tepa yo pastki tishlarini tishlab turishga o‘rganib qolishadi. Jag‘ anatomiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi narsalardan biri ham shu. Jag‘dagi asoratlar hech qanday og‘riqsiz, sezilmay o‘taveradi. Hatto bir umr! Oxir-oqibat noto‘g‘ri chaynov paydo bo‘ladi.
Ovqat og‘izda me’yorda maydalanmasligi (chaynalmasligi) oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Yuz estetikasi ham nuqsonli shakllana boradi. Keyinchalik noto‘g‘ri nafas olishga olib kelishi mumkin. Bu o‘pkaning havo bilan to‘liq to‘yinmasligiga, natijada esa o‘pka va yurak kasalliklarini keltirib chiqarishiga «hissa qo‘shadi».
– Demak, tishlarning noto‘g‘ri shakllanishi nafaqat ularning ko‘rinishiga, balki butun yuz tuzilishiyu ichki organlar faoliyatiga ham ta’sir qilar ekan-da?
– Albatta, chunki har bir tish yuz suyaklari bilan bog‘liq.
– Yuz estetikasi risoladagidek bo‘lishi uchun qanday maslahat va tavsiyalar berasiz?
– Avvalo, yuqoridagi arzimasdek ko‘ringan salbiy odatlardan tiyilish zarur. Oilada tibbiy tushunchaga ega bo‘lish, farzandlarning tishiyu og‘iz sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq qaramaslik kerak. Tish shifokori ko‘rigidan o‘tayotganda tishlar to‘g‘ri rivojlanyaptimi, boshqa shifokorga ham zarurat bormi – shular ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
– Bugungi kunda nuqsonli tishlarni yoki noto‘g‘ri shakllangan tishlov (prikus)ni davolash mumkinmi?
– Albatta. Bugun bu kabi muammolarni breketlar (tishga maxsus temirlar tortilishi) va operatsiya orqali to‘g‘rilash mumkin. Breket qo‘yilgach, yuz tuzilishi sezilarli darajada ijobiy tomonga o‘zgaradi. Muhimi – o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish. Bolalikda – hali suyaklar rivojlanishi davrida tish va jag‘dagi nuqsonlar breket bilan qisqa muddat (6 oy)da to‘g‘rilanadi. Yosh ulg‘aygan sari jarayon qiyinlashadi: 6 oydan 2 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Ba’zida esa operatsiya qilishga ham to‘g‘ri keladi. Ammo har qanday yosh va holatda ham, bugungi zamonaviy tibbiyotda ushbu muammoni bartaraf etish yo‘llari mavjud.
Demak, turli zararli odatlardan tiyilish orqali ham sog‘lom va benuqson yuz tuzilishi sohibiga aylanish mumkin ekan. U holda hozirdanoq xatti-harakatlarimizga e’tiborli bo‘lib, jag‘ va yuz suyaklari benuqsonligini ta’minlashni unutmaylik.
Maftuna Karimova suhbatlashdi.
В частности, многие считают красоту лица врожденной. По сути, это продукт характера. То, что вы читаете ниже, предназначено для тех, кто хочет изменить свое поведение и выглядеть красиво без всяких пластических операций! Подробнее расскажет Иззатбек Саломов, опытный врач частной стоматологической клиники в Ташкенте.
— Прежде всего, расскажите о последствиях аномалий развития зубов на лице.
— Зубы имеют большое влияние на анатомию челюсти и строение лицевых костей. Неправильное формирование зубов в детстве может впоследствии повлиять на лицевую область. В частности, неблагоприятными явлениями характерно появление двух челюстей в области челюстей, глубокие прикусы и т.п. Истончение или увеличение челюсти, а также непропорциональное образование костей в области носа и век могут вызвать аналогичные осложнения. Но не все знают, что эти дефекты вызваны небрежным отношением к зубам — это просто считается врожденным строением лица. На самом деле маленькие привычки, которые могут показаться нам тривиальными, уже много лет искажают эстетику лица.
— Что это за тривиальные маленькие привычки?
— Во-первых, неправильное грудное вскармливание в младенческом возрасте, длительное использование пустышки могут негативно сказаться на правильном формировании костей челюсти. Характеризуется глубоким прорезыванием зубов (неравное сочетание зубов верхнего и нижнего ряда), неправильным, кривым ростом зубов. Это затрагивает челюсть и подбородок, а через него и все лицо. Некоторые дети в переходный период становятся мечтательными: часто кладут руки на подбородок на уроках и подолгу медитируют. Это может привести к изменению состояния лицевых костей и зубов. Другие (даже взрослые) имеют привычку класть ручку в рот, когда пишут. Это тоже один из факторов, приводящих к глубоким укусам. Некоторые люди привыкают кусать верхние или нижние зубы из-за страха и беспокойства. Это одна из наиболее распространенных причин анатомии челюсти. Осложнения в челюсти безболезненны и незаметны. Даже всю жизнь! В конце концов, неправильное жевание появится.
Недостаточное пережевывание пищи во рту может привести к желудочно-кишечным расстройствам. Эстетика лица также несовершенна. Позже это может привести к неприятному запаху изо рта. Это «способствует» тому, что легкие не полностью насыщаются воздухом, что может привести к заболеваниям легких и сердца.
— Значит, неправильное формирование зубов влияет не только на их внешний вид, но и на всю структуру лица и внутренние органы?
«Конечно, потому что каждый зуб связан с костями лица».- Каковы ваши советы и приемы, чтобы ваше лицо было похоже на то, что в брошюре?
— В первую очередь необходимо избегать упомянутых выше, казалось бы, незначительных вредных привычек. Важно иметь медицинское представление о семье и не быть равнодушным к изменениям зубов и рта у детей. Не следует упускать из виду, правильно ли развиваются ваши зубы, когда вы посещаете стоматолога, и есть ли необходимость в другом враче.
— Можно ли сегодня вылечить дефектные или деформированные зубы (прикус)?
— Конечно. Сегодня такие проблемы можно исправить с помощью брекетов (брекетов) и хирургического вмешательства. При установке корсета структура лица значительно меняется в лучшую сторону. Важно своевременно обратиться к врачу. В детском возрасте, еще в период развития костей, дефекты зубов и челюсти исправляются в короткие сроки (6 месяцев) с помощью брекетов. По мере взросления процесс усложняется: он может занять от 6 месяцев до 2 лет. Иногда требуется хирургическое вмешательство. Но в любом возрасте и в любой ситуации у современной медицины есть способ справиться с этой проблемой.
Это означает, что вы можете иметь здоровый и безупречный цвет лица, избегая различных вредных привычек. В таком случае, давайте с этого момента обратим внимание на наше поведение и убедимся, что челюсть и лицевые кости целы.
С ним поговорила Мафтуна Каримова.
Источник: соф.уз.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:50:37
Abituriyentlar uchun onlayn repetitor TV darslar namoyishi boshlandi Abituriyentlar uchun onlayn repetitor TV darslar namoyishi boshlandi
Bolani insho yozishga qanday o’rgatish mumkin Bolani insho yozishga qanday o’rgatish mumkin
Qancha maktabda an’anaviy ta’lim boshlangani ma’lum qilindi Qancha maktabda an’anaviy ta’lim boshlangani ma’lum qilindi
Milliarderlardan tavsiyalar: muvaffaqiyatsizlik va qo‘rquvni yengish sirlari Milliarderlardan tavsiyalar: muvaffaqiyatsizlik va qo‘rquvni yengish sirlari
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi yo‘nalishlarga qabul ochildi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi yo‘nalishlarga qabul ochildi
Abituriyentlarga imtiyoz beruvchi qarorlar to’plami Abituriyentlarga imtiyoz beruvchi qarorlar to’plami
Baxt va’da qiluvchi SMSlar ortida nima maqsad bor? Baxt va’da qiluvchi SMSlar ortida nima maqsad bor?
UniRank O‘zbekistonning eng yaxshi universitetlari nomini ma’lum qildi UniRank O‘zbekistonning eng yaxshi universitetlari nomini ma’lum qildi
Uyda ta’lim, yana muhim savollarga javoblar Uyda ta’lim, yana muhim savollarga javoblar
O‘z joniga qasd qiluvchi insonlarning miyasi boshqalarnikidan qanday farq qilishi aniqlandi O‘z joniga qasd qiluvchi insonlarning miyasi boshqalarnikidan qanday farq qilishi aniqlandi
Muvaffaqiyatga erishishning eng muhim sirlari Muvaffaqiyatga erishishning eng muhim sirlari
Magistraturada oʻqiyotgan xotin-qizlar kontrakt puli toʻlab beriladi Magistraturada oʻqiyotgan xotin-qizlar kontrakt puli toʻlab beriladi
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi kimlarga tayinlanadi? Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi kimlarga tayinlanadi?
San’atkor va rassomlar videodarslarga jalb etilmoqda San’atkor va rassomlar videodarslarga jalb etilmoqda
Vatan haqida qo’shiqlar to’plami Vatan haqida qo’shiqlar to’plami
Odobnoma fanidan electron darsliklar, odobnoma kitoblari 1-4-sinf Odobnoma fanidan electron darsliklar, odobnoma kitoblari 1-4-sinf
Mustaqillik kuni she'rlar, eng yangi bayramona she’rlar Mustaqillik kuni she'rlar, eng yangi bayramona she’rlar
Iqtisod fanidan 2020-2021 yillik ish rejalar to’plami Iqtisod fanidan 2020-2021 yillik ish rejalar to’plami
O‘qituvchining jamiyatdagi o‘rni haqida maqola O‘qituvchining jamiyatdagi o‘rni haqida maqola
O‘qituvchilar berilishi kutilayotgan imtiyozlardan mahrum qilinibdi O‘qituvchilar berilishi kutilayotgan imtiyozlardan mahrum qilinibdi