Aziz o`quvñhilar, istiqlol sharofati ila ko`p asrlik musiqiy merosimizga milliyma’naviy qadriyatlarimiz qatorida alohida e’tibor berila boshlandi. Endilikda Siz
ham xalqimizning ajoyib, xilma-xil va bir-biridan go`zal mahalliy musiqiy an’analaridan, mumtoz musiqaning yuksak durdonalari bo`lmish maqom namunalaridan ma’naviy zavq olish, ruhiy bahramand bo`lish imkoniga ega bo`ldingiz. Buning uchun Siz o`zingizda kuy-ohanglarning sof buloqlari bo`lgan xalq kuy-qo`shiqlari-yu mumtoz maqomlarni qalb ila tinglash madaniyatini, ularni zarur darajada ijro eta olish malakalarini hosil etmog`ingiz kerak. Shundagina siz iste’dodli ajdodlarimiz ijodi bois qadimdan davom etib kelayotgan boy badiiy an’analarimiz silsilasiga ma’nan bog`lanishga erisha olasiz. Zero, milliy musiqa xalqimiz boy ma’naviyatining, barkamol ruhiyatining sadolardagi badiiy go`zal ifodasi va, ayni paytda, yangi, Buyuk Davlat bunyodkori bo`lmish jamiyatimizning ruh quvvati va jon ozig`idir