Ye t t i n ch i b o b
Bu katta boshli, shalpangquloq bolaning Shoxdor ona bug‘u avlodi ekanligi uni qiziqtirib qo‘ydi.
Nima? Nima? - tushunmadi soldat. - Qanday Shoxdor ona? Sen hali bilmaysanmi?
Yo‘q. Bunaqa g‘aroyibotni hech qachon eshitmaganman.
Sen o‘zing kimsan?
Men qarag‘andalik qozoqman. Shaxtyorlar maktabida o‘qiganman. Buni so‘rayotganim yo‘q, sen kimning farzandisan?
Ota-onamni.
Ular kimniki?
Ular ham ota-onasining farzandlari. Ular-chi?
Ey, og‘ayni, shu zaylda to‘xtovsiz savol berib, surishtiraverish mumkinmi, axir. Men bo‘lsam Shoxdor ona bug‘u farzandlarining farzandiman.
Buni kim aytdi senga?
Bobom.
Harqalay, to‘g‘ri emas, - soldat ikkilanib, bosh chayqadi.
Soldat o‘z avlodi qaerdan tarqalganini bilmasligi ma’lum bo‘lib qolganligidangina emas, hatto yetti
44
pushtini bilmasligidan bir oz xijolat ham tortdi. Soldat faqat o‘z otasini, bobosini va bobokalonini bilardi, xolos. Boshqalari-chi?
- Senga yetti ota-bobolarning nomlarini esda tutishni o‘rgatishmaganmi? - deb so‘radi bola.
- O‘rgatishmagan. Nimaga kerak bu? Men ular haqida hech nimani bilmasam ham, hamma qatori binoyidek yashayapman.
- - - - -
- Bobong qiziq ekan-ku! - Soldat chinakam hayratda qoldi. - G‘aroyib. Ammo u sening boshingni bo‘lmag‘ur narsalar bilan gangitib qo‘yayotganini bilmasa kerak. Axir, sening boshing katta-ku... Quloqlaring ham shunchalik kattaki, xuddi bizning poligonimizdagi lokatorlarga o‘xshaydi. Sen uning gaplarini tinglama. Kommunizmga boryapmiz, kosmosga uchyapmiz, u bo‘lsa seni nimaga o‘rgatyapti? Uni bizga, siyosiy mashg‘ulotga olib borishsa bormi, bir zumda ma’lumotli qilib qo‘yardik. Sen o‘sib, o‘qib-o‘rganib olganingdan so‘ng bobongdan voz kechib qo‘ya qol. U nodon, madaniyatsiz kishi.
- Yo‘q, men hech qachon bobomni tashlab ketmayman, - e’tiroz bildirdi bola. - U yaxshi.
- Hozircha shunday. Keyinroq tushunib olasan. Hozir ovozlarga quloq solib turar ekan, bola o‘sha harbiy mashinalarni esladi. U o‘shanda soldatga nima uchun bu yerdagi shofyorlar, ayniqsa, u bilgan shofyorlar Shoxdor ona bug‘uning farzandlari ekanligini yaxshilab tushuntirib berolmagan edi.
Bola unga to‘g‘risini aytdi. Uning so‘zlarida hech qanday uydirma yo‘q edi. O‘tgan yili xuddi shunday kuz pallasida, ehtimol, sal kechroqmidi, pichan olib ketish uchun toqqa sovxoz mashinalari kelgan edi. Ular qorovulxonaning yonidan emas, balki unga bir oz yetmasdan Archadaraga olib boradigan yo‘lga burilishdi so‘ng yuqorilab borib, yozda o‘rib qo‘yilgan pichanlar tomon ketishdi. Qorovultog‘dagi motorlarning mislsiz gurillashini eshitgan bola yo‘lning ayrilishiga qarab chopib ketdi. Birdaniga shuncha mashina! Birining ketidan biri tizilishib ketgan. Butun bir kolonna. U mashinalardan o‘n beshtachasini sanadi.
Havo aynib turibdi. Bugun-erta qor yog‘ib qolish siyoqi bor. Unda «xayr, xashaklar, kelgusi yilgacha» deyaverish mumkin. Bu joylarda pichanni o‘z vaqtida tashib olmasang, keyin dog‘da qolasan. O‘tib kelolmaysan bu yerga. Aftidan, sovxozda turli xil ishlar ko‘payib, vaqt ziq kelib qolganligi uchun o‘rib tayyorlab qo‘yilgan pichanni bir yo‘la tashib keltirishga qaror qilingan edi.
Biroq bola buni bilmasdi. To‘g‘risini aytganda, uning nima ishi ham bor? U hovliqib, quvonganidan har bir mashinaning qarshisiga chikdi, bir oz kim o‘zarga chopdi, so‘ng boshqasini qarshi ola boshladi. Yengil yurib borayotgan yuk mashinalarining hammasi yap-yangi, kabinalari chiroyli, oynalari esa keng edi. Kabinada yosh yigitlar o‘tirishibdi. Ularning hammasi bir xilda murtsiz, ayrim kabinalarda esa ikkitadan o‘tirishibdi. Bu sherik bo‘lib o‘tirganlar pichanni yig‘ish va bog‘lash uchun borishayotgan edi. Ularning hammasi bolaga chiroyli, quvnoq, jasur bo‘lib tuyuldi.
Umuman-ku, bola yanglishmagandi. Haqiqatda ham shunday edi. Mashinalar soz edi, ular Qorovultog‘dagi shag‘alli, zarang yo‘ldan o‘tgach, yelday uchib borardi. Bolalarning vaqti chog‘ edi - havo ham yomon emasdi, bu yerda yana qayoqdandir paydo bo‘lib qolgan shalpangquloq, katta boshli tirmizak bola yoshlik sho‘xliklarini ichiga sig‘dirolmay quvonganidan har bir mashina qarshisida girdikapalak bo‘lardi! Bola yana ko‘proq sevinsin va sho‘xlik qilsin uchun uning xatti-harakatlariga kulmasdan, hazil aralash qo‘l silkib, po‘pisa qilmasdan bo‘larmidi...
Eng oxirida kelayotgan yuk mashinasi hatto to‘xtadi ham, kabinadan pogonsiz, harbiy furajkasiz, ammo kepka kiyib olgan soldat kiyimidagi yosh shofyor yigit boshini chiqarib qaradi.
Bobom, agar odamlar o‘z ota-bobolarini bilmasalar, ular aynib ketadi, deydi. Kim ayniydi? Odamlarmi?
Ha.
Nima uchun?
Bobom aytadiki, unda hech kim yomon ishlardan hazar qilmaydi, chunki bolalar va bolalarning bolalari ham uni eslamaydi. Shuningdek, hech kim yaxshi ish ham qilmaydi. Chunki, baribir, bolalar uning yaxshi ishlari haqida eslamaydi-da.
45
- Yaxshimisan, nima qilib yuribsan bu yerda, a? - Ochiq yuz bilan bolaga ko‘z qisib qo‘ydi u. - O‘zim, shunday, - bamaylixotir javob berdi bola.
- Sen Mo‘min boboning nabirasi emasmisan?
- Ha-
- O‘zim ham shunday deb o‘ylagan edim. Men ham Bug‘uboy avlodidanman. Bu borayotgan bolalarning hammasi Bug‘uboy avlodidan. Pichanga boryapmiz. Endigi Bug‘uboy avlodlari bir-birini bilishmaydi ham, tarqalishib ketgan... Bobongga salom ayt. Qulibekni, Cho‘tboyning o‘g‘li Qulibekni ko‘rdim deb aytgin. Qulibek armiyadan qaytib kelib, sovxozda shofyor bo‘lib ishlayapti ekan, degin. Xayr, omon bo‘l, - xayrlashish oldidan u bolaga qandaydir harbiy znachok sovg‘a qildi. Juda g‘alati. Ordenga o‘xshab ketadi.
Mashina qoplon kabi bo‘kirib sheriklari ortidan shamolday uchib ketdi. Nogahon bolada Bug‘uboy avlodidan bo‘lgan akasi - bu oq ko‘ngil, mard yigit bilan birga ketish ishtiyoqi tug‘ilib qoldi. Ammo yo‘l huvillab qolgan bo‘lib, u uyga qaytishga majbur bo‘ldi. Qaytarkan, bobosiga uchrashuv haqidagi taassurotlarini gapirib berdi. Znachokni bo‘lsa ko‘kragiga taqib oldi.
O‘sha kuni kechqurun osmon gumbazi ostidagi tizma tog‘lardan qattiq shamol - San-Tosh shamoli tura boshladi. U bo‘ronga aylandi. O‘rmon yaproqlari quyundek osmonga uchib chiqib tobora ko‘kka o‘rlar, guvillagancha tog‘ cho‘qqisida o‘ynardi. Zum o‘tmay havo shunday buzildiki, ko‘z ochib bo‘lmay qoldi. Birdan qor uchqunlay boshladi. Ana-mana deguncha yer yuzi oq choyshabga burkandi, o‘rmonlar chayqaldi, daryo jo‘sh urdi. Qor tushdi, u buralib-buralib yog‘ardi.
Bir amallab mollarni haydashga, hovlidagi u-bu narsalarni yig‘ishtirishga, iloji boricha uyga mo‘l o‘tin olib kelishga zo‘rg‘a ulgurishdi. Keyin esa uydan chiqmay qamalib olishdi. Bunday erta tushgan izg‘irin sovuqda kim ham eshikka chiqadi deysiz.
- Buning kimga keragi bor? - hayratlanib tashvishlanardi Mo‘min bobo o‘choqqa o‘tin qalarkan. U shamolning hushtak chalishiga hamon quloq tutar, deraza oldiga borib tashqarini kuzatardi. Darcha ortida gir aylanib yog‘ayotgan qor hash-pash deguncha uyulib qolgan edi.
- O‘tir o‘rningga! - ming‘illadi buvi. - Birinchi marta shunday bo‘lyaptimi? «Buning kimga keragi bor?» emish, - takdid qilib masxaraladi kampir. - Qish qishligini qilishi kerak-da.
- Bir kunda-ya...
- Bo‘lmasa-chi? Sendan so‘rab o‘tirarmidi? Vaqt-soati kelibdi, yog‘adida.
O‘choq mo‘risi uvillay boshladi. Bola oldin bobosiga xo‘jalik ishlarida yordam berib, sovuqqa
qotdi, biroq o‘tin tezda qizishib yonib ketgandan so‘ng uy ichi isib qoldi. Hammayoqni dud aralash qarag‘ay smolasining hidi qopladi. Isinib olgach, bolaning ham ko‘ngli joyiga tushdi.
Keyin ovqatlanishdi. So‘ng uxlash uchun o‘ringa kirishdi. Hovlida esa qor bo‘ralar, shamol uvillardi.
«O‘rmonda balki juda qo‘rqinchlidir», - o‘yladi bola oyna ortidagi guvillashga quloq solib, u banogoh qandaydir anglab olish qiyin bo‘lgan ovozlarni, shovqin-suronlarni eshitib, o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi. Kimdir birovni chaqirdi, kimdir unga javob qaytardi. Dastlab bolaga shunday tuyulayotganday bo‘ddi. Shunday paytda qorovulxonaga kim ham kelardi? Biroq Mo‘min bobo va kampir hushyor tortishdi.
- Odamlar, - dedi kampir.
- Ha, - ishonqiramay dedi chol. Keyin bezovtalana boshladi: - Bemahalda kim bo‘ldi? - u tezgina kiyina boshladi.
Kampir ham shoshib qoldi. Turib, lampa chiroqni yoqdi. Bola ham nimadandir cho‘chib, turib kiyindi. Bu orada odamlar uyga yaqinlashib kelishdi. G‘ovur-g‘uvur, oyoq tovushlari. Noma’lum odamlar qorni g‘archillatib bosib, ayvonga kelganlarida oyoqlarini qoqib, taqillata boshladilar.
- Oqsoqol, eshikni oching! Sovqotdik! - Kimsizlar?
- O‘zingizniki.
46
Mo‘min eshikni ochdi. Qorda, izg‘irin shamodda sovqotgan kishilar uyga bostirib kirib kelishdi. Bular kunduzi Archadara tomonga pichan ortishga ketgan o‘sha yosh shofyorlar edi. Bola ularni darhol tanidi. Unga harbiy znachok taqdim qilgan Qulibek ham bor edi. Ular birovni qo‘ltig‘idan ushlab olib kirishdi. U ingrardi, oyog‘ini sudrab bosardi. Uyda birdan qiy-chuv ko‘tarildi.
- Astag‘firullo! Nima bo‘ldi sizlarga? - Mo‘min bobo bilan kampir baravar tashvishlanib so‘rashdi.
- Keyin gapirib beramiz! U yokda yana bizdan yetti kishi kelyapti. Yo‘ldan adashishmasa bo‘lgani. Qani, bu yerga o‘tirchi. Oyog‘i qayrilib ketdi, - oqsoq yigitni pechka yoniga o‘tqizarkan, tez gapirdi Qulibek.
- Qolgan odamlaringiz qaerda? - Shoshib qoldi Mo‘min bobo. - Men hozir borib, ularni boshlab kelaman. Sen esa yugur, - dedi u bolaga. - Seydahmadga ayt, tezlik bilan elektr fonarini olib kelsin.
Bola uydan otilib chiqdi va hovliqqanidan nafasi bo‘g‘ziga tiqilib qoldi. Umrining oxirigacha u bu dahshatli daqiqani esdan chiqarmadi. Qandaydir hurpaygan, basharasi sovuq, chinqirib dahshat soluvchi bahaybat maxluq uning tomog‘idan bo‘g‘ib olib siltay boshladi. Lekin bola o‘zini yo‘qotmadi. U dahshatli changaldan sitilib chikdi va qo‘li bilan boshini to‘sib himoya qilgancha Seydahmadning uyiga yugurdi. Hammasi bo‘lib yigirma-o‘ttiz qadamlik yo‘l unga xuddi uzokdek bo‘lib tuyuldi. Go‘yo jangchilarga ko‘maklashmoq uchun olis yerga shamoldek yelib borayotgandek edi. Uning qalbi mardlik va jasurlik ko‘rsatish ishtiyoqi bilan to‘lib-toshgan edi. U nazarida o‘zini qudratli va yengilmas kuchga ega ekandek his etdi, hatto Seydahmadning uyiga yetib borguncha ham shunday qahramonona ishlar qilishga ulgurdiki, qoyil qolmay iloj yo‘q. U tubsiz jarliklar orqali tog‘dan toqqa sakrab o‘tdi, qilich bilan dushman to‘dasini yakson qildi, daryoda cho‘kayotganni, o‘tda kuyayotganni xalos etdi, qizil bayrog‘i hilpirab turgan reaktiv qiruvchi samolyotda dara va qoyalar sari undan qochib borayotgan dahshatli qora maxluqni quvdi. Uning reaktiv qiruvchi samolyoti maxluq ortidan o‘qdek uchib o‘tardi. Bola ggulemyotdan o‘q uzib, «fashistlarni qir!» deb qichqirardi. Hamma joyda Shoxdor ona bug‘u uni qo‘llab-quvvatladi. Bug‘u o‘z farzandi bilan faxrlanardi. Bola Seydahmadning uy eshigiga kelib yetganda, ona bug‘u unga: «Endi mening bolalarimni, yosh shofyorlarni qutqarib qol!» - dedi. «Men ularni qutqaraman, Shoxdor ona bug‘u, azbaroyi xudo, qasam ichaman!», - dedi bola ovoz chiqarib va eshikni qoqa boshladi.
- Tezroq, Seydahmad amaki, biznikilarni qutqarib qolaylik, yuring! - U bu so‘zlarni shunday ta’sirli qilib aytdiki, Seydahmad va Guljamol qo‘rquvdan joyida turgancha turib qolishdi.
- Kimni qutqarish kerak? Nima bo‘ldi?
- Bobom elektr fonari bilan tezda chopib kelsin, sovxozdan kelgan shofyorlar yo‘lda adashib qolishibdi deb aytgin, dedilar.
- Ahmoq, - so‘kib berdi uni Seydahmad. - Shunday desang bo‘lmaydimi? - U otlanish uchun yugurib ketdi.
Lekin bu holat bolani hech qancha ranjitmadi. Seydahmad uning bu yerga kelguncha qanchalik jasorat ko‘rsatganini, qasam ichganini qaerdan bilsin. Bola shofyorlarning yettalovi ham Mo‘min bobo bilan Seydahmad tomonidan qorovulxonaning yonidan tezda topilib uyga olib kelinganda ham unchalik ajablanmadi. Shunday uchrashuv sodir bo‘lmasligi ham mumkin edi-ku! Xatarning oldi olinsa u yengil ko‘chishi mumkin... Umuman olganda, bu adashgan kishilar ham topildi. Seydahmad ularni uyiga olib ketdi. Hatto O‘razqulnikida tunash uchun ham besh kishi yuborildi. - Uni ham uyg‘otishga to‘g‘ri keldi. Boshqalari esa Mo‘min boboning uyiga tiqilib qolishdi.
Qor bo‘roni tog‘da hali ham to‘xtamagandi. Bola ayvonga yugurib chikdi va daqiqa o‘tmay o‘ng va so‘li qaysi, baland va pasti qaysi, tupguna olmay qoldi. Havoning qovog‘i soliq, go‘yo doira shaklida aylanayotgandek edi. Qor esa tizza bo‘yi bo‘lib qolgandi.
Mo‘min bobo sovxoz shofyorlarining hammasi topilib, isinib olgach va sovuqdan, xavf-xatardan qutulib ko‘ngillari tinchigach, voqea tushunarli bo‘lsa ham yo‘lda, qor bo‘ronida qanday hodisa yuz berganini sekin-asta surishtira boshladi. Yigitlar hikoya qilib berishdi, chol-kampir esa xo‘rsinib- xo‘rsinib qo‘yishardi.
47
- Bay, bay-ey, - deya sodir bo‘lgan hodisadan hayratda qolishar va qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib xudoga shukronalar aytishardi.
- Bunchalik yengil kiyinmasalaring-a, bolalar, - o‘pkaladi kampir issiq choydan quyarkan. - Toqqa shunday kiyim bilan kelish mumkinmi, axir. Bolasizlarda, bola. O‘zingizga zeb berasiz, shaharliklardek bo‘lay deysiz. Agar yo‘l topa olmay ertalabgacha qolib ketganlaringizda bormi, xudo ko‘rsatmasin? Naq muzlab qolardilaringiz.
- Kim bilsin bunday bo‘lishini, - deb javob berdi Qulibek. - Issiq kiyinish nega kerak? Biron narsa bo‘lsa ichkarida mashina isitib qo‘yadi. Xuddi uyingdagidek o‘tirib, barankani aylantiraver. Samolyotdachi, mana bu tog‘lar u yerdan tepachalardek ko‘rinadi - bort tashqarisida qirq daraja sovuq bo‘lsa, ichkarida odamlar ko‘ylakchan yurishaveradi.
Bola po‘stinga o‘ralib shofyorlar o‘rtasida yotardi. U Qulibekning yoniga tiqilib olib kattalarning suhbatini butun vujudi bilan tinglardi. Birdan bo‘ron ko‘tarilib, bu yigitlar ularning uyidan boshpana izlashga majbur qilganidan hatto u xursand bo‘lganini hech kim xayoliga ham keltirmadi. U bo‘ron uzoq kunlar, hech bo‘lmaganda uch kun davom etishini ich-ichidan juda istardi. Mayli, ular shu yerda yashayversinlar. Ular bilan vaqt o‘tkazish qanday yaxshi. Qiziqarli. Bobosi, aftidan, hammasini tanirkan. O‘zlarinigina emas, otalari va onalarini ham bilarkan.
- Mana, ko‘rdingmi, - bobo nabirasiga hatto bir oz g‘ururlangandek dedi, - o‘z akalaringni, Bug‘uboy avlodlarini ko‘rding. Ularning kimligini bilib olasan. Qara, qanday ular! Ey, hozirgi yigitlar bo‘ychan bo‘lib o‘sishyapti-da. Xudoyim sizlarni o‘z panohida asrasin. Qirq ikkinchi yili qishda bizni Magnitogorskka qurilishga olib kelishgani esimda...
Bobo nabirasiga yaxshi tanish bo‘lgan tarixni hikoya qilishga tutinib, ularni mamlakatning turli burchaklaridan chaqirilgan mehnat armiyasini bo‘yga qarab uzayib ketgan safga tortishganida qirg‘izlarning deyarli hammasi past bo‘yli bo‘lganligi va safning oxiriga tushib qolganligi haqida so‘zlab berdi. Yo‘qlama o‘qib bo‘linganidan so‘ng papiros chekishga ruxsat berildi. Sarg‘ishdan kelgan davangirdek bir yigit kelib, baland ovozda:
- Bular qaerdan? Manjurlarmi yo? - dedi. Ularning orasida keksa o‘qituvchi ham bor edi. U shunday javob berdi:
- Biz qirg‘izlarmiz. Biz bu yerdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda manjurlar bilan jang qilganimizda Magnitogorskdan nom-nishon ham yo‘q edi. Bo‘yimiz esa xuddi senikidek edi. Urushni tamomlaganimizdan so‘ng yana o‘samiz...
Bobo o‘sha o‘tmish voqeani esga oldi. Jilmayib, qoniqish bilan yana bir bor o‘zining tungi mehmonla-riga ko‘z tashladi.
- O‘sha o‘qituvchi to‘g‘ri aytgan ekan. Shaharda bo‘lganimda yoki ko‘chada kelayotib nazar tashlayman: hozirgi avlod ilgarigisiga o‘xshamay, bo‘ychan va ko‘rkam bo‘lib yetishmokda.
Tushungan yigitlar sekin kulib qo‘yishdi - chol chaqchaqlashishni yaxshi ko‘radi.
- Ha, bo‘ychanmiz, bo‘ychan, - dedi ulardan biri. - Mashinani bo‘lsa pastlikka ag‘darib yubordik. Shuncha kishi bo‘la turib kuchimiz yetmadi...
- Xashak yuklangan bo‘lsa, buning ustiga yana shunday qor bo‘ronida uddasidan chiqib bo‘larmidi, - ularni oqlay boshladi Mo‘min bobo. - Shunaqasi ham bo‘ladi. Xudo xohlasa, ertaga hammasi joyida bo‘ladi. Eng muhimi, shamol tinsin.
Yigitlar boboga yuqoridagi, Archayassi tog‘idagi pichanlarga mashinada qanday yetib borganlarini gapirib berishdi. U yerda uchta katta pichan g‘arami turardi. Uchala g‘aramni ham bir yo‘la yuklashga kirishdilar. Yuklaganda ham baland qilib, hatto tomdan ham baland qilib yuklashdi. Keyin yuqoridan arqonga osilib tushishga to‘g‘ri keldi. Shunday qilib, birin-ketin hamma mashinalarga pichan yuklandi. Kabina ko‘rinmas, faqat old oynalar, kapot va g‘ildiraklar ko‘rinib turardi. Kelarga kelindimi, yana ovora bo‘lib yurmasdan, hammasini birato‘la olib ketishmoqchi bo‘lishgandi. Ular hozir olib ketishmasa bu pichanlar kelgusi yilgacha qolib ketishini bilardilar. G‘ayrat bilan ishladilar. Kimning mashinasi tayyor bo‘lsa, chetga chiqarib qo‘yib boshqasiga yuklashga yordamlashar edilar. Ular qariyb
48
hamma xashakni yuklashdi, biroq ikki aravachasi qoldi, xolos. Chekib olishdi, kim kimning ortidan haydashini kelishib olishdi va hammalari tizilib yo‘lga tushishdi. Mashinani sekin-asta haydashdi. Qorong‘ida tog‘dan sirg‘alib ketishlariga oz qoldi. Pichan yengil yuk bo‘lsa ham olib borish qiyin, ayniqsa, tor joylarda, burum yo‘llarda xavfli.
Ular borisharkan, oldinda nima kutayotganini xayollariga ham keltirishmasdi.
Ular Archa tepaligidan tushib, dara bo‘ylab ketishardi. Daradan chiqishda esa kechga yaqin bo‘ronga duch kelishdi. Qor ura boshlagan edi.
- Shundan boshlab birpasda yelkalar uvib qoldi, - deya hikoya qila boshladi Qulibek. - Birdan qorong‘ilik bosib, shunaqangi shamol urib berdiki, naq bo‘lmasa qo‘lingdan barankani tortib olgudek edi. Ana-mana deguncha mashinani ag‘darib yuborayotgandek odamni vahima bosadi. Yana buning ustiga yo‘l shunaqa yomon-ki, hatto kunduz kuni ham yurish xavfli.
Bola nafasini ichiga yutib, chaqnoq ko‘zlarini Qulibeqdan uzmay jimgina tinglardi. Hikoya qilinayotgan o‘sha shamol, o‘sha qor oyna ortida avjiga chiqmoqda edi. Ko‘pchilik shofyorlar va yuk tashuvchilar etiklarini ham yechmay polda yotib uxlashmoqda. Ular nimani boshidan kechirgan bo‘lsalar, buni qiltiriq bo‘yinli, katta boshli, shalpangquloq bu bola ham qayta boshidan kechirdi.
Bir necha minutdan so‘ng yo‘l ko‘rinmay qoldi. Mashinalar chetga chiqib ketmaslik uchun bir- birining izidan qolmay nuqul signal berardi. Mashina derazalarini va faralarini qor bosdi. «Tozalagichlar» esa oynadagi qorni tozalab ulgura olmasdi. Kabinadan bosh chiqarib haydashga to‘g‘ri keldi. Biroq bu ahvolda qancha ham yo‘l bosish mumkin? Qor bo‘lsa zaptiga olib yog‘ardi! G‘iddiraklar og‘irlashib, deyarli joyidan jilmasdi. Kolonna tikka tepalikka yetganda to‘xtadi. Motorlar o‘kirardi - lekin foydasiz edi... Mashinalar toqqa chiqa olmay taqqa to‘xtab qoldi. Kabinadan sakrab tushishib, bir-birlariga ovoz qilganlaricha bir mashinadan ikkinchisiga chopib o‘tishib, kolonna boshida to‘planishdi. Nima qilish kerak? Gulxan yoqish mumkin emas. Kabinada o‘tirilaversa, qolgan yonilg‘i ham yoqib bitiriladi. Usiz ham sovxozgacha arang yetib borish mumkin. Kabina isitilmasa muzlab qolish hech gap emas. Yigitlar nima qilishlarini bilmay dovdirab qolishdi. Hamma narsaga qodir bo‘lgan texnika hozir ojiz. Nima qilish kerak? Kimdir mashinalardan birining xashagini ag‘darib, ichiga kirib yotishni taklif qildi. Biroq arqonni bo‘shatish bilanoq xashakdan bir tutam ham qolmasligi aniq edi: ko‘z ochib-yumguncha bo‘ron uchirib ketardi. Bu orada mashinalar qor uyumiga tobora chuqurroq kirib borar, g‘ildiraklar ostidagi qor ancha ko‘tarilib qolgan edi. Yigitlar o‘zlarini butunlay yo‘qotib qo‘yishdi, izg‘irin suyak-suyaklaridan o‘tib ketdi.
- Bir mahal esimga tushib qoldi, oqsoqol, - deb hikoya qilardi Qulibek Mo‘min boboga. - Biz yo‘lda Archadaraga ketayotib mana bu Bug‘uboy avlodidan bo‘lgan ukamizni uchratdik. - U bolani ko‘rsatdi va erkalab uning boshini siladi. - Yo‘lda chopib yurgan ekan. Men uni to‘xtatib salomlashdim. Gaplashdik. To‘g‘rimi? Nima, hali uxlaganing yo‘qmi? Obbo, azamat-e!
Bola jilmayib bosh irg‘adi. Uning qalbi quvonch va iftixordan gursillab urayotganini birov bilganda edi. Buni yigitlar ichida eng kuchlisi, eng botiri va eng chiroylisi - Qulibekning o‘zi gapirib berdi. Mana shunaqa bo‘lsa kishi.
Bobo ham o‘choqqa o‘tin tashlarkan, uni maqtab qo‘ydi:
- U shunaqa. Gap tinglashni yaxshi ko‘radi. Angrayib quloq solishini ko‘ryapsanmi?
- O‘sha daqiqada u qanday esimga tushib qoldi, o‘zim ham bilmayman, - davom etdi Qulibek. -
Bolalarga deyarli baqirib gapiraman, ovozimni bo‘lsa shamol olib qochadi. Kelinglar, qorovulxonaga yetib olaylik. Bo‘lmasa, nobud bo‘lamiz deyman. Bolalar bo‘lsa qanday yetib boramiz, deb shundoqqina yuzimga kelib qichqirishadi. Piyoda borib bo‘lmaydi. Mashinani ham tashlab ketish mumkin emas. Men bo‘lsam kelinglar, mashinani itarib dovondan olib o‘tamiz, u yog‘i qiyalik deyman. San-Toshgacha yetib borsak bo‘lgani, u yog‘iga piyoda borish ham mumkin, o‘rmonchilarimizning uyi yaqin qoladi deyman. Bolalar buni ma’qul ko‘rishdi. Qani, boshla deyishdi. Ish shunday bo‘lgach... Birinchi mashinadan boshladik: «Usmonali, kabinaga chiq!» Boshqa hammamiz mashina ortidan yelka tirab itara boshladik. Dastlab ish yurishgandek bo‘ldi. Keyin
49
darmonsizlanib qoldik. Orqaga chekinish ham mumkin emas. Biz mashinani emas, butun tog‘ni yuqoriga ko‘tarayotgandek sezardik o‘zimizni. Ortilgan yuk ham qanaqa deng - pichan g‘arami! Faqat kuchimning boricha: «Qani! Qani!» deb baqirganimni bilaman, lekin ovozimni o‘zim ham eshitmayman. Shamol, qor - hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi. Mashina xuddi joni bordek ingrab nola qiladi. Mashina ham, o‘zimiz ham so‘nggi kuchni sarfladik. Go‘yo yurak yorilib parcha-parcha bo‘lib uchib ketadiganga o‘xshaydi. Bosh aylanadi.
- Bay, bay, bay, - achindi Mo‘min bobo. - Rosa qiynalibsiz-da. Shoxdor ona bug‘u o‘z farzandlarini panohida asrabdi. Palokatdan qutqaribdi. Bo‘lmasa, kim bilsin... Eshityapsanmi? - Tashqarida hamon bo‘ron quturadi, bo‘ralab qor yog‘yapti. Bolani uyqu bosa boshladi. U uxlamaslikka harakat qilsa ham, baribir ko‘zlari yumilib ketaverdi. Uyqu aralash ora-sira chol bilan Qulibekning suhbatini tinglar ekan, bola sodir bo‘lgan voqea bilan tasavvuridagi manzarani aralashtirib yubordi. Go‘yo o‘zini ham tog‘dagi bo‘ronga kelgan bu yosh yigitlarning orasida his qildi.
Uning ko‘z oldida oppoq qor bilan qoplangan tog‘ tomon yuqorilab ketgan yo‘l gavdalanardi. Qor bo‘roni yuzni achishtiradi, ko‘zga qadaladi. Ular tom bo‘yi pichan ortilgan ulkan avtomashinani yuqoriga qarab itarishardi. Ular dovon tomon arang ko‘tarilishadi. Mashina endi butunlay jilmay qoldi, tisarila boshla-di, shunday qo‘rqinchli, shunday qorong‘i. Shamol etni junjitadi. Bola qo‘rqqanidan g‘ujanak bo‘lib oldi, u mashinaning orqaga surilib, yanchib ketishidan cho‘chirdi. Biroq shu payt qayoqdandir Shoxdor ona bug‘u paydo bo‘ldi. U shoxini mashinaga tirab, uni yuqoriga olib chiqishga yordam qildi. «Qani, qani, qani!»- deb qichqira boshladi bola. Mashina sekin-asta siljiy boshladi. Ular dovonga chiqib olishdi so‘ng pastga qarab mashinaning o‘zi yurib keta boshladi. Ular shu zaylda ikkinchi mashinani, keyin uchinchisini, xullas, ko‘pgina mashinalarni yuqoriga itarib chiqishdi. Har gal ham ularga Shoxdor ona bug‘u yordam qildi. Uni hech kim ko‘rmasdi. Hech kim u bilan yonma-yon turganini bilmasdi. Bola esa ko‘rib, bilib turardi. U har gal ilojsiz qolgan paytda, kuch yetmasdan qo‘rqinchli bo‘lib qolgan chog‘da Shoxdor ona bug‘u chopib kelib shoxi bilan mashinani yuqoriga surib chiqarishga yordam berganini ko‘rdi. «Qani, qani, qani!» - madad berardi bola. Har gal ham u Qulibekning yonida turdi. Keyin Qulibek unga: «Rulga o‘tir» - dedi. Bola kabinaga chiqdi. Mashina silkinib guvillardi. Rul bo‘lsa uning qo‘lida yengilgina, o‘z-o‘zidan xuddi u yoshligida mashina qilib o‘ynagan bochka halqachasi singari aylanardi. Bola xijolatdan aziyat chekardi, rul unga o‘yinchokdek bo‘lib tuyulgandi. Bir mahal mashina yonboshga qarab og‘a boshladi. U gumbirlab yiqildi va parchalanib ketdi. Bola qattiq yig‘lab yubordi, Juda mulzam bo‘ldi. Qulibekning ko‘ziga qarashga uyalardi.
- Nima bo‘ldi, a, senga nima bo‘ldi? - Qulibek uni uyg‘otdi.
Bola ko‘zini ochdi. Ko‘rganlarining hammasi tushida ekanligini anglab quvonib ketdi. Qulibek bo‘lsa uni qo‘lida ko‘tarib, bag‘riga bosdi.
- Tush ko‘rdingmi? Qo‘rkdingmi! Seni qara-yu, yana qahramon emish! - u bolaning shamolda qotib yorilib ketgan lablaridan o‘pdi. - Kel, men seni o‘rningga yotqizib qo‘yay, uxlash kerak.
U bolani kigiz solingan polga, uxlab yotishgan shofyorlar o‘rtasiga yotqizdi va o‘zi ham uning yoniga yotdi. Qulibek bolani o‘ziga yaqinroq tortib, po‘stinining bari bilan o‘rab qo‘ydi.
Ertalab bolani bobo uyg‘otdi.
- Tura qol, - sekingina gapirdi chol. - Issiqroq kiyingin. Menga yordamlashasan. Tura qol.
Deraza ortida hali tong pardasi ko‘tarilganicha yo‘q. Uydagilar hali ag‘anashib, uxlab yotishardi.
- Ma, kigiz etikni kiyib ol, - dedi Mo‘min bobo. Bobodan yangi xashak hidi kelib turardi. Demak,
u otlarga xashak solib kelgan. Bola kigiz etikni kiydi va ular tashqari chiqishdi. Qor binoyigina yoqqan edi. Shamol ham tinchigandi. Faqat ahyon-ahyonda achchiq yel esib turardi.
- Sovuq! - seskanib tushardi bola.
- Hechqisi yo‘q. Havo ochilayotganga o‘xshaydi, - ming‘irladi chol. - Buni qara-ya! Birinchisidayoq shunchalik qahriga olmasa. Ha, mayli, falokat yuz berma-di...
Ular qo‘yxonaga kirishdi. U yerda Mo‘min boboning beshta qo‘yi bor edi. Chol qorong‘ida ustunni
50