O l t i n ch i b o b
- Hozir bilamiz-da. Yuring, buva, siz bug‘ularni ko‘rgan joyga boramiz, - dedi bola. - Men ham bir ko‘ray.
- Ular axir bir joyda turmaydi-da.
- Biz izidan boramiz. Ularning izidan uzoq-uzoqlarga izlab boraveramiz. Ularga ko‘zimizning qiri tushdi deguncha, qaytamiz. Shunda ular odamlar tegmasligini bilib oladi.
- Go‘daksan-da, - kulimsiradi bobo. - Uyga boraylik, o‘sha yerda ma’lum bo‘ladi.
Ular qorovulxonaga yaqinlashib, uylar ortidagi so‘qmoqdan borishardi. Uylar orqa tomondan - xuddi yelkasini o‘girib turgan odamga o‘xshardi. Uchala uy ham ichida nima bo‘layotganidan hech bir nishon bermay turardi. Hovli ham bo‘m-bo‘sh va jimjit. Mo‘minning yuragini noxush vahm bosdi. «Nima yuz bergan bo‘lishi mumkin? O‘razqul uning baxtsiz qizi Bekeyni urdimikin? Yoki mast bo‘lguncha ichganmikin? Yana qanday falokat yuz berishi mumkin? Nega buncha jimjitlik, nega shu mahalda hovlida hech kim yo‘q? Agar hamma narsa joyida bo‘lsa, bu mash’um yog‘ochni daryodan sudrab chiqish kerak, - o‘yladi Mo‘min. - Qo‘y, shu O‘razqulni, yaxshisi u bilan aloqani uzish kerak. Bilganini qilib, qolgan hammasiga tupurish darkor. Eshakka uning eshak ekanligini isbotlab berolmaysan-ku».
Mo‘min otxonaning oldiga keldi.
- Tusha qol. Mana, yetib ham keldik, - u nabirasiga hayajonlanganini bildirmaslik uchun xotirjam gapirdi. Bola qo‘lida portfeli bilan uyga chopmoqchi bo‘lganida, Mo‘min bobo uni to‘xtatdi: - To‘xta, birga boramiz.
U Olaboshni otxonaga bog‘lab chikdi-da, bolani qo‘lidan ushlab, uyga qarab yurdi.
- Menga qara, - dedi bobo nabirasiga, - agar meni so‘kishsa, sen qo‘rqmagin va u yerdagi har xil gaplarga ahamiyat qilmagin. Buning senga daxli yo‘q. Sening ishing maktabga qatnash.
Biroq aytadigan hech nima sodir bo‘lmadi. Ular uyga kelishganda, faqat kampir Mo‘minga xushlamaygina tikildi-da, labini tishlab, yana o‘zining tikayotgan ishiga berildi. Mo‘min chol ham unga hech nima demadi. U xona o‘rtasida qovog‘ini solgan holda sergak turib, keyin qozondan katta kosadagi un oshini olib, non va qoshiq keltirdi-yu, nabirasi ikkalasi kechikkan tushlikka o‘tirishdi.
Jimgina ovqatlanishdi, buvisi esa hatto ular tomonga qayrilib ham qaramadi. Uning jigarrang so‘lg‘in yuzida g‘azab to‘ngib qolgandi. Bola qandaydir mudhish hodisa sodir bo‘lganini payqadi. Chol-kampir esa jim edi.
Bolaga shunday vahimali, shunday tashvishli tuyuldiki, tomog‘idan ovqat ham o‘tmay qoldi. Ovqat ustida odamlarning jim qolib, o‘zlarining allaqanday yomon va shubhali xayollariga berilishidan yomoni yo‘q. «Balki, bunga biz sababchidirmiz?» - dedi bola xayolida portfeliga. Portfel deraza tokchasida turardi. Bola xayolan portfeli bilan shivirlasha boshladi:
«Sen hech nima bilmaysanmi? Bobom nega buncha g‘amgin? Uning gunohi nima? Bugun nega u kechikdi, nega Olaboshni egarsiz minib bordi? Axir hech qachon bunday bo‘lmagandi-yu. Balki u o‘rmonda bug‘ularni ko‘rib qolib, ushlanib qolgandir?.. Ehtimol, hech qanday bug‘u yo‘kdir. Bu yolg‘ondir? Unda nima? Nega bo‘lmasa gapiradi? Agar u bizni aldagan bo‘lsa, Shoxdor ona bug‘u qattiq ranjiydi-ku...»
Mo‘min ovqatlanib bo‘lgach, bolaga sekingina dedi:
- Sen hovliga chiqavergin, bir ish bor. Menga yordamlashasan. Men hozir chiqaman.
Bola itoatkorona chiqib ketdi. U eshikni yopgan zamon, buvisining ovozi keldi:
- Qayoqqa?
- Yog‘ochni keltirgani boraman. Boya daryoda tiqilib qolgandi, - javob qildi Mo‘min.
- Ha, payqab qoldingmi! - qichqirdi kampir. - Esingga tushdi! Sen borib qizingning holini ko‘r.
Uni Guljamol uyiga olib ketdi. Sening tug‘mas telba qizing kimga kerak endi. Bor, kimga o‘xshab qolganini endi o‘zi aytsin. Eri uni uyidan qutirgan itday haydadi.
- Xo‘sh, nima bo‘pti, haydasa haydapti-da, - dedi qiziq ustida Mo‘min.
- Eh, seni qara! Kimsan o‘zing! Qizlaringni bari sayoq, nabirangni o‘qitib amaldor qilmoqchi
39
bo‘lasanmi? Kutaver. O‘zingni baloga giriftor qilganingga arzisa edi. Tag‘in Olaboshni minib chopibdi. Seni qara-yu! Ko‘rpangga qarab oyoq uzatganingda edi, kim bilan o‘ynashayotganingni bilarding... U sening bo‘yningni sapchaday uzib tashlaydi. Sen qachondan beri odamlarga gap qaytaradigan bo‘b qolding? Qachondan beri botir bo‘lib qolding? Qizingni biznikiga yetaklab kelishni xayolingga ham keltirma. Ostonaga yo‘latmayman...
Bola ma’yus bosh egib hovlida sekin-sekin yurardi. Uydan kampirning qichqirig‘i kelardi, keyin eshik taraqladi va Mo‘min uydan otilib chikdi. Chol Seydahmadning uyiga yo‘l oldi, yo‘lda esa unga Guljamol duch keldi.
- Yaxshisi hozir emas, keyin, - dedi u cholga. Mo‘min bo‘shashib to‘xtab qoldi. - Yig‘layapti. Urdi uni, - pichirladi Guljamol. - Aytadiki, ular endi birga yashamasmish. U sizni qarg‘ayapti. Hammasiga otam aybdor, dedi.
Mo‘min churq etmadi. Nima desin? Endi uni hatto o‘z qizi ham ko‘rishni istamaydi.
- O‘razqul o‘zinikida ichib yotibdi. Hayvon hayvonligini qiladi-da, - pichirlab gapirdi Guljamol. Ular o‘y surib qolishdi. Guljamol achinib xo‘rsindi.
- Hech bo‘lmasa, bizning Seydahmad tezroq kela qolsa edi. Butun qaytishi kerak. Birgalashib shu
yog‘ochni olib chiqsalaring bir balodan qutulardilaring.
- Gap yog‘ochdami? - boshini chayqadi Mo‘min. U o‘ylab qoldi va yoniga kelib turgan nabirasini
ko‘rib, unga:
- Bor, sen o‘yna, - dedi.
Bola nariga ketdi. U molxonaga kirib, yashirgan durbinini oldi. Uni artdi. «Ishlarimiz yomon, - u
durbinga g‘amgin so‘zlay boshladi. - Bunga biz portfel ikkalamiz aybdorga o‘xshaymiz. Biron-bir joyda boshqa maktab bo‘lganda edi. Biz portfelim bilan o‘sha yoqqa o‘qishga ketardik. Hech kimga bildirmasdik. Faqat, bobomga qiyin bo‘ladi, qidiradi. Sen-chi, durbin, kim bilan oq kemaga qaraysan? O‘ylaysanki, men baliq bo‘lolmaymanmi? Mana ko‘rasan. Oq kemaga suzib boraman...»
Bola pichan g‘aramining orqasiga berkinib, durbinda atrofga qaray boshladi. Uzoq qarash ko‘ngliga sig‘madi. Boshqa vaqtda bo‘lsa, qarab ko‘zing to‘ymaydi: kuz o‘rmonlariga qoplangan tog‘lar ko‘rinadi, yuqori oppoq qor, past yal-yal yonadi, qip-qizil cho‘g‘.
Bola durbinni joyiga qo‘yib, saroydan chiqarkan, bobosining egar-jabduqli otni hovlidan olib o‘tib ketayotganini ko‘rib qoldi.
Bola bobosining oldiga chopaman deb turgandi, uni O‘razqulning qichqirig‘i to‘xtatdi. O‘razqul ichki ko‘ylakda, yelkasiga po‘stin tashlagan, basharasi sigirning shishgan yeliniday qip-qizil edi.
- Ey! - dag‘dag‘a bilan qichqirdi u Mo‘minga. - Otni qayoqqa olib ketyapsan? Qani, joyiga kiritib qo‘y. Sensiz olib chiqamiz. Qo‘lingni tegiza ko‘rma. Endi sen bu yerda hech kim emassan. Men seni ishdan bo‘shataman. Xohlagan tomoningga jo‘na.
Bobo alamli kulimsirab otni qaytarib otxonaga olib kirdi. Mo‘min qo‘qqisdan behad keksayib va cho‘kib qolgandek bo‘ldi. U chorig‘ini shapillatib, atrofga boqmay borardi.
Bola bobosi tortgan jabrdan bo‘g‘ilib, yig‘laganini hech kimga ko‘rsatmaslik uchun daryo qirg‘og‘i bo‘ylab chopib ketdi. Oddidagi so‘qmoqni tuman bosganidan goh ko‘z ilg‘amas, goh yana oyog‘i ostida ko‘rinib qolardi. Bola ko‘z yoshlarini oqizib chopib borardi. Mana uning suyukli xarsanglari: «tank», «bo‘ri», «egar», «yotoq tuya». Bola ularga hech nima demadi: ular hech nima tushunmaydi, joyida qotib turgani-turgan. Bola faqat «yotoq tuya»ning o‘rkachini quchoqladi va sarg‘ish toshga engashib, ilojsiz dard-u hasrat o‘tida o‘rtanib ho‘ngrab yig‘ladi. U yig‘lay-yig‘lay yuragini bo‘shatdi va tinchlandi.
Oxiri boshini ko‘tarib, ko‘zini artdi-da, oldinga qarab dong qotib qoddi.
Naq uning ro‘parasida, narigi qirg‘oqda, suvda uchta bug‘u turardi. Haqiqiy bug‘ular. Tirik. Ular suv ichgani kelgan, endi tashnalikni qondirganga o‘xshardi. Bittasi - eng katta shoxlisi yana suvga boshini egib suv simirar ekan, suvga go‘yo shoxlarini oynada ko‘rmoqchi bo‘lib tikilayotgandek tuyulardi. U qo‘ng‘ir tusli, ko‘krakdor va kuchli edi. Boshini silkitganda yungli, oqish labidan
40
tomchilar sachrab tushdi. Erkak bug‘u quloqlarini qimirlatib bolaga diqqat bilan razm soldi.
Lekin hammasidan ham ko‘ra mayda shoxli, ikki biqini do‘ppaygan oq bug‘u bolaga ko‘proq tikildi. Uning shoxlari kaltaroq, lekin juda chiroyli, xuddi Shoxdor ona bug‘uning o‘zginasi edi. Ko‘zlari shahlo, tip-tiniq. O‘zi esa har yili bittadan qulunlaydigan qomatdor biyaga o‘xshaydi. Shoxdor ona bug‘u bu xum kalla, shalpang quloq bolani qaerda ko‘rganini eslayotgan-day, unga ko‘z uzmay qarab turdi. Uning ko‘zlari namli yaltirab, uzoqdan yonib turardi. Burnidan yengil hovur ko‘tarilardi. Uning yonginasida shoxsiz bug‘ucha orqasini o‘girib tolning novdasini kemirardi. Uning hech nima bilan ishi yo‘q. Semiz, g‘ayratli, quvnoq. U birdan novda kemirishni qo‘ydi-da, dikirlab yelkasi bilan ona bug‘uga turtinib ketdi va uning atrofida o‘ynoqlab, erkalana boshladi. O‘zining shoxsiz boshini
Shoxdor ona bug‘uning biqiniga ishqaladi. Shoxdor ona bug‘u bo‘lsa hamon bolaga tikilib turardi. Bola nafasini ichiga yutib, toshlar panasidan chikdi va xuddi tushdagiday, qo‘llarini oldinga cho‘zib qirg‘oqqa, suvning o‘ziga yaqin keldi. Bug‘ular hech bir hurkmadi, narigi qirg‘oqdan unga
bamaylixotir qarab turaverdi.
O‘rtada, suv ostidagi toshlar ustidan irg‘ishlab, tezoqar, ko‘m-ko‘k tiniq daryo qaynab oqib yotardi.
Agar ularni ayirib turgan shu daryo bo‘lmaganda go‘yo bug‘ularning oldiga borib ularga qo‘l tekkizish mumkinday edi. Bug‘ular tekis, toza shag‘al ustida turishardi. Ularning orqasida, shag‘al tugagan joyda zich o‘rmonning kuzgi xazonrezgisi alvon tusda tovlanardi. Undan yuqorida - jar tepasida qarag‘ay va tog‘ teragi yal-yal yonadi. Undan ham yuqoriroqda cheksiz o‘rmon-u tog‘ tizmasidagi oppoq qor ko‘zga tashlanadi.
Bola ko‘zlarini yumdi va yana ochdi. Ko‘z oldida hamon o‘sha manzara, oltin yaproqli daraxtzordan sal berirokda, top-toza shag‘al ustida hamon o‘sha ertaklardagi bug‘ular turardi.
Mana ular burildi-da, tizilgancha shag‘aldan o‘rmon tomonga yurib ketdi. Oldinda - katta bug‘u, o‘rtada shoxsiz bug‘ucha, ular ortida Shoxdor ona bug‘u. U qayrilib, bolaga yana bir bor qarab qo‘ydi. Bug‘ular daraxtzorga kirib, butalar oralab ketdi. Ular tepasida qizil novdalar chayqalar va oltin yaproqlar ularning tarang va silliq yelkasiga to‘kilardi.
Keyin ular so‘qmoqdan jar tomon yuqoriga ko‘tarildi va shu yerda to‘xtadi. Bolaga go‘yo bug‘ular yana qarab turgandek tuyuddi. Katta bug‘u bo‘ynini cho‘zib va shoxlarini orqasiga tashlab xuddi karnayday sado soldi: «Ba-ba!» Uning ovozi jar va daryo ustida uzoq aks sado berib taraldi: «A-a!»
Shundagina bolaning hushi joyiga keldi. U oyog‘ini qo‘lga olib tanish so‘qmoqdan uyga chopib ketdi. U jonining boricha chopardi. Hovlidan g‘izillab o‘tib, eshikni lang ochib, entikkancha, ostonadan turib qichqirdi:
- Bobo! Bug‘ular keldi! Bug‘ular! Ular shu yerda! Bir burchakda g‘amgin va jimgina o‘tirgan Mo‘min bobo unga bir qarab qo‘ydi-yu, hech nima demadi, gap nima haqda ekanligini aniq tushunmadi.
- O‘chir, ovozingni! - do‘q qiddi kampir. - Kelsa kelibdi-da, hozir ulardan ham boshqa tashvish ko‘p.
Bola jimgina chkqib ketdi. Hovli kimsasiz edi. Kuz quyoshi g‘ira-shira yalang‘och tog‘ tizmalari - Qorovultog‘ ortiga botdi. Quyosh haroratsiz quyuq shafag‘i bilan tog‘larni lola rangiga burkardi. Muz qotgan shafaq bu yerdan kuzgi tog‘ cho‘qqilariga beqaror shu’la sochib turardi. O‘rmonga g‘ira-shira qorong‘ilik cho‘kdi.
Izg‘irin turdi. Bola eti uvushib qaltiray boshla-di.
OLTINCHI BOB
To‘shakka kirganida ham eti uvushishi qolmadi. Anchagacha uxlay olmadi. Hovliga allaqachon qorong‘ilik cho‘kkan. Boshi zirqirardi. Lekin u miq etmasdan yotardi. Uning og‘rib qolganini hech kim bilmasdi. Unutgandilar.
Bu yerda uni unutmay ham nima qilishsin!
41
Bobo butunlay tinchini yo‘qotib qo‘ydi. O‘zini qo‘yarga joy topolmasdi. Goh tashqari chiqar, goh ichkari kirar, goho achinish bilan chuqur nafas olib o‘tirib olar, goho turardi-da, qaergadir ketardi. Kampir bo‘lsa cholga dakki berar va ayni paytda u ham tinmay goh u yoqqa, goh bu yoqqa yurar, hovliga chiqar va yana zum o‘tmay qaytib kirardi. Hovlida qandaydir noaniq, uzuq-yuluq ovoz eshitildi, kimningdir shoshilinch oyoq sharpasi, kimningdir so‘kinishi quloqqa chalinardi, aftidan, O‘razqul yana so‘kina boshlagandi, allakim entikib-entikib yig‘lardi...
Bola o‘rinda jimgina yotar, barcha ovoz va oyoq sharpalaridan, uyda va hovlida yuz berayotgan butun voqealardan charchog‘i ortar edi.
U ko‘zini yumib oldi. O‘zining yolg‘izligini, unutilganini sezdirmay, bugun ko‘pdan beri orzu qilib yurgan narsasini ko‘rganini eslay boshladi. U katta daryo qirg‘og‘ida turardi, Suv shunchalik tez oqardiki, unga uzoq tikilib turish mumkin emasdi, ko‘z tinib, bosh aylanib ketardi. Daryoning narigi qirg‘og‘ida esa unga bug‘ular qarab turardi. U kechga yaqin ko‘rgan o‘sha uchala bug‘u hozir ham o‘sha joyida edi. Hamma-hammasi uning ko‘z oldida qayta takrorlana boshladi. Shoxlari katta erkak bug‘u boshini suvdan ko‘targanda uning namli lablaridan yana o‘sha suv tomchilari oqib tushdi. Shoxdor ona bug‘u esa xuddi avval ko‘rgani singari mehribonlik bilan tikilib turardi. Uning ko‘zlari katta-katta, qop-qora va namli edi. Bola hayratda qoldi, Shoxdor ona bug‘u xuddi odamlarga o‘xshab, xuddi bobosi singari g‘amgin va ayanchli xo‘rsinar edi. Keyin ular butalar orqali daraxtzorlarga kirib ketdi. Bug‘ular ustida qizil novda chayqalar va oltin yaproqlar ularning tarang, silliq yelkasiga uchib tushardi. Ular jar bo‘yiga ko‘tarilib, shu yerda to‘xtadi. Katta bug‘u bo‘ynini cho‘zib, shoxlarini yelkasi osha orqasiga tashlab «Ba-ba!» deya karnayday sado soldi. Bola uning ovozi daryo ustida uzoq yangrab turganini eslab, o‘zicha jilmayib qo‘ydi. Shundan keyin bug‘ular o‘rmonga kirib, g‘oyib bo‘ldi. Lekin bola ulardan ajralishni istamasdi. U o‘zi istagan narsalarni yana ko‘rish uchun xayol sura boshladi.
Yana tezoqar ulkan daryo ko‘zi oldidan shiddat bilan oqib o‘ta boshladi. Oqim tezligidan uning boshi aylandi. U bir sakradi va daryo ustidan uchib o‘tdi. Hamon qumloqda yotgan bug‘ular yaqiniga yengil va ohista qo‘ndi. Shoxdor ona bug‘u uni yoniga chaqirdi:
- Sen kimning bolasisan?
Bola indamadi. U kimning bolasi ekanligini aytishga uyalardi.
- Biz bobom bilan seni juda yaxshi ko‘ramiz, Shoxdor ona bug‘u. Biz seni anchadan beri
kutayotgan edik, - dedi.
- Men ham seni bilaman. Sening bobongni ham. U yaxshi odam, - dedi Shoxdor ona bug‘u.
Bola sevinib ketdi. Lekin o‘z minnatdorchiligini qanday bayon etishni bilmasdi.
- Istasang, baliqqa aylanaman-u, daryo bo‘ylab suzib Issiqko‘lga, oq kemaga yetib boraman, - dedi
bola to‘satdan.
U buning uddasidan chiqa olardi. Biroq Shoxdor ona bug‘u unga hech nima demadi. Shunda bola
yechina boshladi va xuddi yozdagidek, daryo yoqasida tolning shoxidan ushlab, suvga tushdi. Suv issiq va dimiqqan edi. U ko‘zi ochiq holda suv tagidan suzib ketdi. Son-sanoqsiz oltin qum donachalari mayda suv osti o‘tlari bilan qo‘shilib girdob hosil qilardi. Uning nafasi bo‘g‘ila boshladi. Issiq oqim esa uni hamon olib ketardi.
- Yordam ber, Shoxdor ona bug‘u, yordam ber menga, men ham sening farzandingman, Shoxdor ona bug‘u! - deya baqirdi u.
Shoxdor ona bug‘u uning ortidan qirg‘oq bo‘ylab yugurdi. U shunday tez yugurdiki, havo vizillab ketdi.
Bola ustidagi ko‘rpani otib tashladi va darhol yengil tortdi. U terlab-pishgan edi. Lekin bunday paytlarda bobosi uni yana yaxshiroq o‘rab qo‘yishini eslab, ko‘rpaga o‘ralib oldi. Uyda hech kim yo‘q edi. Chiroq piligi yonib tugagan, shuning uchun ham u xonani xiragina yoritib turardi. Bola o‘rnidan turmoqchi, suv ichmoqchi bo‘ldi, lekin tashqaridan qandaydir keskin ovoz zshitildi. Kimdir birovga baqirdi, allakim yig‘ladi, kimdir uni yana yupantirdi. G‘ala-g‘ovur, oyoq sharpasi eshitildi. Keyin naq
42
deraza tagidan uh tortib ikki kishi o‘tdi. Ular bir-birini yetaklab borayotgandek edi. Eshik taraqlab ochildi, kampir jahl bilan harsillaganicha Mo‘min boboni uy ichiga itarib yubordi. Bola bobosining bunchalik qattiq qo‘rqqanligini hech qachon ko‘rmagan edi. Aftidan, u hech narsani anglamasdi. Cholning ko‘zlari besaranjom javdirardi. Kampir uni ko‘kragidan itarib, o‘tirishga majbur qildi:
- O‘tir, o‘tir, ahmoq chol, so‘ramasa aralashib nima qilasan. Birinchi marta shunday bo‘lyaptimi ularda. Hammasi yaxshi bo‘lsin desang, tumshug‘ungni suqmay tek o‘tir. Nima desam, shuni qil. Eshityapsanmi? U biz bilan do‘stlashmoqchi emas, balki dunyodan bezdirmoq-chi, tushunyapsanmi? Keksayganda qaerga ham boramiz? Qaerga? - Kampir shunday dedi-yu, zshikni taraqlatib yopib, shoshganicha chiqib ketdi.
Uy yana jimib qoldi. Faqat cholning xirillagan, uzuq-yuluq nafas olishi eshitilib turardi. U o‘choq yonida cho‘nqaygancha boshini qaltirayotgan qo‘llari orasiga olib o‘tirardi. Birdan chol tiz cho‘kdi va qo‘llarini cho‘zib, kimgadir zorlangancha iltijo qila boshladi:
- Ol meni, olib ket, bu tolei pastni! Unga farzand ato qil! Unga qarasam yurak-bag‘rim qon bo‘ladi. Hech bo‘lmasa bittagina tirnoq ato et, rahming kelsin bizga...
Chol yig‘lagancha gandiraklab o‘rnidan turdi-da, devorni ushlab borib, eshikni ochdi. U tashqari chiqdi, eshikni yopdi va eshik ortida kafti bilan og‘zini berkitib ich-ichidan o‘ksinib yigladi.
Bola nochor ahvolda qoldi. U yana qaltiray boshladi. O‘zini goh issiqqa, goh sovuqqa otardi. U turmoqchi, bobosi yoniga bormoqchi bo‘ldi. Lekin qo‘l-oyoqlari unga itoat qilmas, boshi zirqirab og‘rirdi. Chol eshik orqasida yum-yum yig‘lar, hovlida esa yana badmast O‘razqul to‘polon ko‘tarardi, Bekey xola dod-faryod solib yig‘lardi. Ikki tomonni ham Guljamol bilan buvi yalinib-yolvorib tinchitishdi.
Bola o‘z xayol daryosiga cho‘mgan edi.
U yana o‘sha tezoqar daryo yoqasida. Ikkinchi sohilda, shag‘al ustida esa xuddi o‘sha bug‘ular turibdi. Shunda bola iltijo qildi: «Shoxdor ona bug‘u, Bekey xolaga shoxingda beshik olib kel. Sendan o‘tinib so‘rayman, ularga beshik olib kel. Ularda ham farzand bo‘lsin». O‘zi bo‘lsa suv yuzasidan Shoxdor ona bug‘u tomon yugurgilab ketdi. U suv yuzasidan chopib borar ekan, qulab tushmasdi, shu bilan birga, sohilga ham yaqinlasholmasdi, xuddi bir joyda depsinib turib qolgandek edi. U hamma vaqt Shoxdor ona bug‘uga yalinib-yolvorardi. «Sen shoxingda beshik olib kel. Shunday qilginki, bobomiz yig‘lamasin, shunday qilginki, O‘razqul amaki Bekey xolani urmasin, shunday qilginki, ularda farzand tug‘ilsin. Men hammalarini sevaman, O‘razqul amakini ham sevaman, sen unga faqat farzand ber. Ularga shoxingda beshik olib kel...»
Bolaga uzoqdan qo‘ng‘iroqcha jaranglaganday eshitildi. U tobora kuchliroq jaranglardi. Ona bug‘u tog‘ bo‘ylab yugurardi, u beshikni - qayindan yasalgan qo‘ng‘iroqchali bola beshigini bandidan shoxlarida ko‘targancha keltirayotgan edi. Beshik qo‘ng‘iroqchasining jarangi hammayoqqa tarala boshladi. Shoxdor ona bug‘u juda shoshilayotgan edi. Qo‘ng‘iroqcha ovozi tobora yaqinlasha boshladi.
Bu nimaning ovozi? Qo‘ng‘iroqcha jarangiga motorning uzoqdan gurillagan ovozi jo‘r bo‘ldi. Qaerdadir yuk mashinasi kelardi. Mashinaning gurillashi tobora kuchayib, aniqroq eshitilardi, qo‘ng‘iroqchaning jarangi esa xuddi undan cho‘chiganday uzuq-yuluq eshitila boshladi, ko‘p o‘tmay esa uni motorning gurillashi butunlay bosib ketdi.
Bola temirlarni sharaqlatib, hammayoqni larzaga solib hovliga og‘ir mashina kelib to‘xtaganini eshitdi. It hurigancha tashqariga otildi. Deraza oynasiga bir zum chiroq yorug‘ining aksi tushib turdi- yu, shu zahotiyoq o‘chdi. Ayni chog‘da motorning ovozi ham jimib qoldi. Kabina eshigi taraqlab yopildi. Kelgan kishilar, aftidan, uchovlon bo‘lsa kerak, o‘zaro gaplashib, bola yotgan deraza yonidan o‘tib ketishdi.
- Seydahmad keldi, - birdan Guljamolning quvonchli ovozi yangradi, uning eri tomon shoshilayotgani eshitilib turardi. - Biz bo‘lsak kutaverib, toqatimiz toq bo‘ldi!
- Assalomu alaykum, - javob qilishdi unga notanish kishilar. - Xo‘sh, tinch o‘tiribsizlarmi? - so‘radi Seydahmad.
43
- Shukur. Nega muncha kech?
- Shunisiga ham shukur. Sovxozgacha yetib keldim, yo‘lovchi mashinalarni kutaman-kutaman, qani kela qolsa. Hech bo‘lmasa Jilisoygacha yetib olsam deyman. Bir mahal mana bular yog‘och olib ketgani bizning tomonimizga kelishayotibdi, - deya hikoya qilardi Sey-dahmad. - Tog‘ oralig‘i qorong‘i. Yo‘lni o‘zing bilasan...
- O‘razqul qani? Uydami? - qiziqib so‘radi kelganlardan biri.
- Uyda, - ikkilanib dedi Guljamol. - Sal tobi qochibdi. Tashvishlanmanglar. Bizda tunab qolasiz, joy bo‘lsa bor. Yuringlar.
Ular rozi bo‘lishdi. Lekin bir necha qadam bosgach, to‘xtab qolishdi.
- Assalom, oqsoqol. Assalomu alaykum, boybicha. Kelganlar Mo‘min bobo va kampir bilan salomlashishdi. Chol bilan kampir ham uyatga qolmaslik uchun ularni hovlida kutib olishdi. Balki O‘razqul ham uyalar? Ishqilib, o‘zini va boshqalarni uyatga qo‘ymasin-da.
Bola bir oz tinchlandi. Umuman, u o‘zini yengil his eta boshladi. Boshi ham unchalik og‘rimayotgan edi. Hatto o‘rnidan turib, mashinani ko‘zdan kechirmoqchi bo‘ldi: u qanaqa, to‘rt g‘ildiraklimi yoki olti g‘ildiraklimi? Yangimi, eskimi? Pritsepi qanaqa? O‘tgan yozda ularning uyiga hatto harbiy yuk mashinasi ham kelgandi - g‘ildiraklari baland, xuddi tumshug‘i kesib olingandek edi. Yosh soldat shofyor bolani kabinaga o‘tirg‘izgan edi. Qanday yaxshi! Oltin rang pogonli harbiy kishi esa O‘razqul bilan birga o‘rmonga tushib ketishdi. Qanaqasi bu? Hech bunaqasi bo‘lmagandi-ku.
- Sizlar josusni izlayapsizmi? - so‘radi bola soldatdan. U jilmayib qo‘ydi. - Ha, josusni izlayapmiz.
- Biznikiga hali bironta ham josus kelgani yo‘q, - dedi bola g‘amgin. Soldat kulib yubordi.
- Nimaga kerak u senga?
- Men uni izidan quvlab, tutib olardim.
- Obbo izquvar-e, hali yoshlik qilasan.
• Oltin rangli pogonli harbiy kishi O‘razqul bilan o‘rmonni aylanib yurishganda, bola shofyor bilan
gaplashib oldi.
- Men hamma mashinalarni, hamma shofyorlarni yaxshi ko‘raman, - dedi bola.
- Nima uchun? - qiziqib so‘radi shofyor,
- Mashinalar - yaxshi, kuchli va tez yuradi. Ulardan yoqimli benzin hidi keladi. Shofyorlar bo‘lsa
yosh, ularning hammasi ham Shoxdor ona bug‘uning bolalari.