- Hay, mayli, chiy baxmal ol, yangi shim tiktirib olasan.
- Olgan bo‘lardim, Shoxdor ona bug‘u haqqi!
- E-e, sen bilan tortishib o‘tirishdan foyda yo‘q, - sotuvchi qo‘l siltadi. - Bekor kelibman.
O‘razqul qayoqda?
- Ertalab barvaqt Oqsoyga ketgandi. Cho‘ponlarda ishi bor...
- Mehmondorchilikda yurgan, chiqar, - o‘zicha tushungan bo‘ldi sotuvchi.
Noqulay jimlik cho‘qdi.
- Sen xafa bo‘lmagin, chirog‘im, - yana gap boshladi Mo‘min. - Kuzda, xudo xohlasa, kartoshkani
sotamiz...
- Kuzgacha uzoq.
- Bunday bo‘lsa, kechirgin. Xudo xayringni bersin, uyga kir, choy ichib ketasan.
- Choy ichgani kelganim yo‘q, - rad etdi sotuvchi. U furgonning eshikchasini yopib turib,
cholning
yonida ko‘ppagining qulog‘idan ushlab mashina orqasidan chopishga shay bo‘lib turgan bolaga
ko‘zi tushdi-da, dedi:
- Hech bo‘lmasa portfel olgin. Bola hademay maktabga borar, albatta? Yoshi nechada?
Mo‘minga bu maslahat ma’qul tushdi: hafsalasi pir bo‘lgan sotuvchidan nimadir xarid qilishi shart
edi, qolaversa, nabirasiga chindan ham portfel kerak, bu yil kuzda maktabga boradi.
- To‘g‘ri aytasan, - bezovtalanib qoldi Mo‘min, - mening xayolimda ham yo‘q edi. Bo‘lmasa-chi,
yetti-sakkizga chikdi. Qani, bu yoqqa kel, - nabirasini chaqirdi u.
Bobo cho‘ntagini kovlashtirib, yashirib yurgan besh so‘mlikni chiqardi. Ko‘pdan beri yonida
yurgan bo‘lsa kerak, g‘ijimlanib ketibdi.
- Ushla, shalpang quloq, - sotuvchi bolaga ayyorona ko‘z qisib portfelni uzatdi. - Endi o‘qishni
qotirgin. Xat-savodingni chiqarmasang, bobong bilan mana shu tog‘larda abadiy qolib ketasan.
- O‘qiydi! Uning zehni o‘tkir, - qaytimni sanarkan, javob qildi Mo‘min. Keyin yangi portfelni avaylab ushlab turgan nabirasiga ko‘z yugurtirdi-da, uni bag‘riga bosdi. - Mana, yaxshi bo‘ldi. Kuzda
maktabga borasan, - deb qo‘ydi sekingina.
Bobosi qadoq qo‘lini bolaning boshiga mayingina qo‘ydi. Shu dam bolaning tomog‘iga nimadir
tiqilganday bo‘ldi va qotma bobosi kiyimlarining o‘ziga tanish hidi dimog‘iga urildi. Undan quruq pichan va mehnatkash kishining ter hidi kelardi. Sadoqatli, ishonchli, mo‘tabar kishi u. Ehtimol, yer yuzida bolani jon-dilidan yaxshi ko‘radigan, aqllilik balosiga uchragan kishi - Mo‘min chaqqon deb atalgan bu chol shunday sodda, afandife’l edi... Xo‘p, nimasi yomon buni? Har nima bo‘lmasin, o‘z bobong bo‘lgani yaxshi.
Cheksiz quvonchga to‘lishini bola xayoliga ham keltirmagandi. Shu paytgacha maktab haqida o‘ylab ko‘rmagandi. Shu paytgacha faqat bobosi bilan bug‘u avlodidan mashhur keksalarning ma’rakasiga borgandi - tog‘lar ortidagi Issiqko‘lda qishloqlaridan maktabga qatnagan bolalarni ko‘rgandi.
Bola shu ondan boshlab portfeldan ayrilmay qoldi. Shodligidan terisiga sig‘may maqtanib qorovulxonaning butun hovlisini aylanib chiqdi. Avval buvisiga ko‘rsatdi. Mana, bobom olib berdi! Keyin Bekey xolasiga ko‘rsatdi. U ham portfelni ko‘rib xursand bo‘ldi va bolani maqtab qo‘ydi.
Bekey xolaning xushnud damlari kamdan-kam bo‘lardi. Ko‘pincha g‘amgin va tajang yurar, jiyaniga e’tibor ham qilmasdi. Bunga vaqti ham bo‘lmasdi. Uning o‘z dardi bor. Buvisi, farzandi bo‘lganda butunlay o‘zgacha yurardi, derdi. Eri, O‘razqul ham, Mo‘min bobo ham hozirgiday emas, balki boshqacha odam qiyofasida yurgan bo‘lardi. Uning ikkita qizi - Bekey xola va bolaning onasi bo‘lsa-da, baribir, cholga og‘ir edi; o‘z bolang bo‘lmasa - bir balo, bolangda bola bo‘lmasa - ming balo. Buvisi shunday deb zorlanadi. Kim bilsin...
Bola Bekey xolasidan so‘ng olgan narsasini ko‘rsatish uchun yoshgina Guljamol bilan uning qizchasi oldiga yugurdi. Bu yerdan esa pichan o‘rayotgan Seydahmad oldiga tupgab ketdi. Jigarrang
7


«tuya» oldidan chopib o‘tarkan, uning o‘rkachlariga urib qo‘yishga ham vaqti bo‘lmadi, «egar» yonidan, «bo‘ri» va «tank» yonidan o‘tib, keyin qirg‘oq bo‘ylab yugurib borardi. Yopishqoq butazor orasidagi so‘qmoq yo‘ldan chopib o‘tdi. So‘ngra esa o‘tloqdagi uzun yo‘lakdan Seydahmadning oddigacha chopqillab keldi.
Bugun bu yerda Seydahmadning yolg‘iz o‘zi edi. Bobo allaqachon o‘zining tegishini, bir yo‘la O‘razqulning ham tegishini o‘rib qo‘ygandi. Pichanni ham allaqachon tashib bo‘lishdi - buvisi bilan Bekey xola tashib turdi, bobosi bosaverdi, u esa bobosiga yordamlashdi. Molxonaning oldiga ikkita g‘aram uyishdi. Bobosi ularni shunday ixcham bosdiki, bir tomchi yomg‘ir ham o‘tmasdi. G‘aramlar xuddi taroq bilan tarab qo‘yilgandek silliq edi. Har yili pgu. O‘razqul pichanga qo‘lini urmaydi, hammasi qaynotasining bo‘ynida - harholda u amaldor. - Istasam, - deydi u, - senlarni bir zumda ishdan haydab yuboraman. - U bobo bilan Seydahmadga pgunday do‘q qilardi. Bu ham mastlikning kasofati. Boboni haydab bo‘pti. Unda kim ishlaydi? Bobosiz ishlab ko‘rsinchi! O‘rmonda ish oshib- toshib yotibdi, ayniqsa, kuzda. Bobom aytadiki, o‘rmon qo‘y suruvi emas, tarqalib ketmaydi, lekin tashvish undan oz emas. Shunga ko‘ra o‘t tushsa yoki tog‘dan sel quyilsa bormi - daraxt biryoqqa sakray olmaydi, joyidan qo‘zg‘almaydi, turgan joyida nobud bo‘laveradi, Kimki daraxtlarni asrab qololsa, o‘sha haqiqiy o‘rmonchi bo‘la oladi. O‘razqul Seydahmadni haydab bo‘pti, unday yuvosh odam bormi, Hech nimaga aralashmaydi, talashib-tortishmaydi. Biroq Seydahmad har qancha yuvosh, baquvvat yigit bo‘lmasin, yalqov, uyquni yaxshi ko‘radi. O‘rmonchilikka ham shu vajdan kelib qolgan. Bobo, bunday yigitlar sovxozda mashina quvib, traktorda yer ag‘darib yurishibdi, deb kuyinadi... Seydahmad esa tomorqasidagi kartoshkani sho‘raga bostirib yubordi. Guljamolning bir o‘zi qo‘lda bolasi bilan tomorqada ishlashiga to‘g‘ri keldi.
Seydahmad pichan o‘rimini ham kechiktirib yubordi. Bobo hatto o‘tgan kuni uni koyib berdi. «O‘tgan qishda, - dedi u, - senga emas, mollarga ichim achidi. Shuning uchun pichan berdim. Agar yana men keksa cholning pichaniga ko‘z tikadigan bo‘lsang, hoziroq ayta qol, sen uchun ham o‘rishga tayyorman».
Gap ta’sir qildi. Seydahmad bugun zrtalabdan o‘rimga tushib ketdi.
Orqadan kelayotgan qadam tovushini eshitib, Seydahmad qayrildi, ko‘ylagining yengi bilan yuzini artdi.
- Nimaga kelyapsan? Meni chaqirishyaptimi?
- Yo‘q. Portfel oldim. Mana. Bobom olib berdi. Men maktabga boraman.
- Shunga shunchalik chopib keldingmi? - Seydahmad xaxolab kuldi. - Mo‘min boboning esi
kirarli-chiqarli bo‘lib qolgan, - u barmog‘ini chakkasiga bosib aylantirdi, - sen ham shunaqa chog‘i! Qani, qanaqa portfel? - U qulfchasini shiqillatib, portfelni u qo‘lidan bu qo‘liga oldi-da, kallasini liqillatgancha kulimsirab qaytarib berdi. - To‘xta, - xitob qildi u, - sen qaysi maktabga ham borarding? Qaerda senga maktab tayyor turibdi?
- Qaerda bo‘lardi? Fermadagi-da.
- Jilisoyga qatnamoqchimisan? - hayratlandi Seydahmad. - Axir u yoqqa tog‘ osha besh kilometrcha yurish kerak, bundan kam zmas.
- Bobom, otda olib borib kelaman, dedi.
- Har kuni u yoqqa borib, bu yoqqa kelarkanmi? Esini yebdi chol. Uning o‘zini ham o‘qitish kerak. Sen bilan bir partaga o‘tiradi, dars tugadimi - qaytaveradi. - Seydahmad Mo‘min boboni nabirasi bilan bir partada o‘tirishini ko‘z oddiga keltirib qotib-qotib kuldi.
Bola o‘yga tolib jim qoldi.
- Ha, men buni shunchaki kulgi uchun aytyapman-da! - tushuntirdi Seydahmad.
U bolaning burniga og‘ritmaygina chertib, boshidagi bobosining furajkasini tortib, qoshi ustiga
bostirib qo‘ydi. Mo‘min o‘rmon mahkamasining odatdagi furajkasini kiyishga or qilardi. («Nima, men biron-bir boshliqmanmi? Men o‘zimning qirg‘iz qalpog‘imni boshqa hech qanaqasiga almashmayman».) Yozda ham Mo‘minning boshida qora sidirg‘a satin bilan hoshiyalangan yo‘l-yo‘l
8


oq qalpoq - almisoqdan qolgan eski kigiz qalpoq, qishda ham shunday daqqiyunusdan qolgan teri taqiya bo‘lardi. O‘rmon ishchilarining odatdagi yashil furajkasini u nabirasiga berardi.
Seydahmadning yangilikni masxaraomuz qarshi olishi bolaga yoqmadi. U xo‘mrayib furajkasining soyabonini manglayi ustiga ko‘tardi va Seydahmad yana burniga chertmoqchi bo‘lganda boshini burib g‘ijindi:..
- Tegishma!
- Obbo sen-ey, jahling tez ekan-ku! - miyig‘ida kuldi Seydahmad. - Ha, sen xafa bo‘lmay qo‘ya qol. Portfeling ajoyib. - Keyin uning yelkasiga qoqib qo‘ydi. - Endi tuyog‘ingni shiqillat. Hali men ancha-muncha o‘rishim kerak...
Seydahmad kaftiga tufladi-da, yana o‘rishga tushib ketdi.
Bola esa yana chopganicha o‘sha so‘qmoqdan, yana o‘sha toshlar yonidan uyga qaytdi. Toshlar bilan ovunishga hali-beri vaqti yo‘q edi. Portfel - jiddiy narsa.
Bola o‘z-o‘zi bilan so‘zlashishni yaxshi ko‘rardi. Lekin bu safar o‘ziga emas, portfeliga so‘z qotdi: «Sen uning gapita ishonma, bobom unaqa emas. Uning sira shumligi yo‘q, shuning uchun ham undan kulishtani-kulishgan. Chunki quvlik-shumlikni bilmaydi. U biz ikkalamizni maktabga olib borib yuradi. Sen hali maktab qaerdaligini bilmaysan-a? U unchalik uzoq emas. Men senga uning qaerda ekanligini ko‘rsataman. Biz unga Qorovultog‘dan durbinda qaraymiz. Men yana, senga oq kemani ko‘rsataman. Faqat biz avval molxonaga kirib chiqamiz. U yerda durbinimni yashirib qo‘yganman. Men unda buzoqchamni kuzatib turishim kerak, lekin men, har kuni oq kemani ko‘rishga chopaman. Buzog‘imiz katta bo‘lib qoldi, tortib ketsa to‘xtatolmaysan, sigirni emib qo‘yadigan odat chiqardi. Sigir uning onasi, sutini undan ayarmidi. Tushunding-mi? Onalar hech qachon, hech nimani ayashmaydi. Mana, Guljamol shunday deydi, uning qizchasi bor... Tezda sigirni sog‘ib bo‘lishadi, keyin biz buzoqni yaylovga haydaymiz. O‘shanda biz Qorovultoqqa chiqamiz-da, tog‘dan turib oq kemani ko‘ramiz. Men axir durbin bilan ham xuddi ana shunday gaplashaman. Endi biz uchtamiz - men, sen va durbin...»
U shu zaylda uyga qaytdi. Portfel bilan gaplashish unga juda yoqib qoldi. U bu suhbatni davom ettirib, hali portfeliga noma’lum bo‘lgan o‘zi haqidagi voqealardan so‘zlab bergisi kelib turganda, unga xalaqit berishdi. Yon tomonda otning dupur-dupuri eshitilib qoldi. Qishloq tarafdan bo‘z otliq kelardi. Bu - O‘razqul. U ham uyga qaytayotibdi. Uning o‘zidan boshqa hech kimga minishga ruxsat etmaydigan Olabosh bo‘z otiga to‘y-hashamlarda uriladigan mis uzangili egar urgan, ko‘krak qayishlari tortilib, qo‘ng‘iroqli popukchalar osilgandi.
O‘razqulning qalpog‘i ensasiga surilib tutdib, soch qoplagan bir enli qizil past manglayi ochilib qolgan. Issiq elitgan uni. Rayon rahbarlari kiyadigan nusxadagi uncha kelishtirib tikilmagan chiy baxmal kitelining tutmalari boshdan oxirigacha yechilib ketgandi. Oq ko‘ylagi kamari tagidan chiqib yotardi. Qorni to‘q, kayfi baland. Bundan sal oldin mehmonda o‘tirib, qimizga to‘ygan, burnidan chiqquncha go‘sht yegan edi.
Yon-atrofidagi cho‘ponlar va yilqichilar yozda yaylovga kelishlari bilanoq O‘razqulni tez-tez mehmonga chaqirishardi. Uning eski oshna-og‘aynilari bor edi. Lekin bu takliflar tama bilan qilinardi. O‘razqul kerakli odam. Ayniqsa, tog‘da yashab uy qurmoqchi bo‘lganlar uchun u judayam kerak: molni tashlab biron yerga ketolmaysan, qurilish materiallarini qaerdan qidirasan, birinchi navbatda o‘rmonga kelishga majbursan. O‘razqulning ko‘nglini topsang, qarabsanki, daraxt kesish taqiqlangan o‘rmondan ikkita-uchta yog‘ochni tanlab olib ketasan-da.
Aks holda tog‘da bir umr molning orqasidan sarson-sargardon bo‘lib yuraverasan, uy qurishing ham bir umr cho‘ziladi...
Lohas bo‘lgan karaxt O‘razqul xrom etigining uchini uzangiga ehtiyotsiz tirab, egarda mudrab borardi.
Bola qo‘lidagi portfelini silkitib ro‘parasidan chopqillab chiqib qolganda, bu tasodifdan uning otdan uchib ketishiga sal qoldi.
9


- O‘razqul amaki, portfelimni ko‘ring! Men maktabga boraman. Mana mening portfelim! - Obbo palakat-e! - O‘razqul seskanib jilovni tortarkan, koyiy boshladi.
U bolaga uyqu aralash qizargan, shishgan, shirakayf ko‘zlarini tiqdi:
- Nima qilib yuribsan, qayoqdan kelyapsan?
- Uyga ketyapman. Portfelimga qarang, uni Seydahmadga ko‘rsatib kelyapman, - dedi bola ming‘irlab.
- Mayli, o‘ynayver, - to‘ng‘illadi O‘razqul va egarda omonatgina tebranib yo‘lida davom etdi. U o‘z takdiridan ranjib yurgan, xudo uni farzand dog‘ida kuydirib, boshqalarga saxiylik bilan besh- o‘ntalab bola berib qo‘ygan bir paytda, bu ahmoqona portfel-u, ota-onasi tashlab ketgan, xotiniga jiyan bo‘lmish bu bola bilan qanchalik ishi bor...
O‘razqul pishillab, xo‘rsinib qo‘ydi. Afsus-nadomat va qahru g‘azabdan u bo‘g‘ilib borardi. U ich- ichidan zzilardi, negaki umri zoe o‘tyapti, shularni o‘ylaganda, befarzand xotiniga nisbatan g‘azabi qaynab-toshardi. Buning bariga o‘sha la’nati xotini aybdor, mana bir necha yildirki tug‘mayapti...
«Shoshmay tur hali!» - O‘razqul go‘shtdor mushtlarini siqib, xayolan do‘q urdi va ho‘ngrab yig‘lab yuborishdan o‘zini arang tutib qoddi. U uyga yetishi bilan xotinini tutib urishni bilardi. O‘razqul mast bo‘lganda hamisha shunday qilardi; bu ho‘kiztabiat erkak g‘am va jahldan aqlini yo‘qotib qo‘yardi...
Bola so‘qmoqdan izma-iz bora turib, oldinda birdan O‘razqulning g‘oyib bo‘lganiga hayron qoldi. O‘razqul esa daryo tomon burilib, otdan tushdi-da, jilovni tashlab, o‘siq o‘tlarni bosib-yanchgancha pastga tushib ketdi. U chayqalib va bukilib, yuzlarini qo‘llari bilan siqqanicha boshini yelkalari ichiga tortib borardi. O‘razqul qirg‘oq bo‘yida cho‘nqayib o‘tirib oldi. Daryodan hovuchlab suv olib yuziga sepa boshladi.
«Balki, issikdan boshi og‘rigandir», - O‘razqulning qilayotgan harakatidan shunday xulosaga keldi bola. O‘razqulning yig‘layotganini va hech o‘pkasini bosib ololmayotganini u bilmasdi. U shuning uchun yig‘ladi-ki, unga peshvoz chiqqan bola uning o‘g‘li emas, shuning uchun yig‘ladiki, u portfelli bu bolaga hech bo‘lmaganda bir og‘iz shirin so‘z aytish uchun o‘zida kuch topolmadi.
IKKINCHI BOB
Qorovultog‘ cho‘qqisidan hammayoq yaqqol ko‘rinib turardi. Bola qorni bilan yotib olib durbinni ko‘ziga to‘g‘riladi. Bu o‘tkir dasht durbini edi. Qachonlardir boboga qorovulxonadagi uzoq yillik xizmatlari uchun mukofotga berishgandi. Chol durbinni olib yurishni yoqtirmasdi. O‘zimning ko‘zlarim undan qolishmaydi, derdi. Biroq durbin nabirasiga yoqib qoldi.
Bu safar u tog‘ga durbin va portfel bilan birga keldi. Boshda hamma narsa yumaloq oynachada sakrab aralashib ketaverdi, keyin birdan tinikdik va turg‘unlik kasb etdi. Mana shunisi hammasidan zavkdi edi. Bola topilgan fokusni buzib qo‘ymaslik uchun nafasini ichiga yutar, manzaralarni go‘yo o‘zi yaratayotgandek mahliyo boqardi. Keyin u nigohini boshqa nuqtaga tikdi, yana hamma narsa aralashib ketdi, tiniqlik yo‘qoldi. Bola yana okulyarni aylantirishga tushdi.
Bu yerdan atrofdagi hamma narsa, hatto osmono‘par yuksak qorli cho‘qqilar ham ko‘rinib turardi. Ular hamma tog‘larning ortida, hamma tog‘lardan baland, butun yer uzra yuksaklikka bo‘y cho‘zgandi. Qorli cho‘qqilar poyidagi o‘rmonzor tog‘lar, pastroqdagi serbarg butazorlar, yuqorida qalin qarag‘ayzorlar bilan burkangan tog‘lar ham ko‘rinib turadi. Kunga qaragan Kungay tog‘i ham shunday edi; Kungayning pastki tomonlarida o‘tdan bo‘lak hech nima o‘smasdi. Tog‘ning ko‘lga qaragan tomonidan yanada pastroq tushilganda nuqul mayda toshlar ko‘chmasiga duch kelinardi. Bu ko‘chmalar vodiyga quyilib tushgan, vodiy esa ko‘l bilan tutashib ketgandi. Bu tarafda dalalar, bog‘lar, qishloqlar yastanib yotardi... Yam-yashil ekinzorlarning u yer-bu yeri sarg‘ish tus olgan, o‘rim payti yaqinlashyapti. Yo‘llarda zig‘irday ko‘rinayotgan mashinalar xuddi sichqonlardek g‘izillar, ular orqasidan uzun dum - chang-to‘zon ko‘tarilardi. Dalaning arang ko‘z ilg‘ab oladigan uzoq chekkasida, qumlokdan, tasma tortgan qirg‘oq ortida ulkan ko‘l to‘q samoviy rangda tovlanardi. Bu - Issiqko‘l. U
10


yerda suv bilan osmon bir-biriga tutashib turardi. Undan narida hech nima yo‘q. Ko‘l harakatsiz, shu’lador, kimsasiz. Faqat qirg‘oqqa urilayotgan to‘lqinlarning oppoq ko‘pigini arang ilg‘ab olish mumkin.
Bola o‘sha tomonga uzoq qarab turdi. «Oq kema hali ko‘rinmayapti, - dedi u portfelga. - Kel, yana bir marta maktabimizga qaraylik».
Bu yerdan tog‘ning ortidagi qo‘shni pasttekislik ravshan ko‘rinardi. Hatto durbinda uy oldidagi deraza ostida o‘tirib olib, qo‘lda kalava yigirayotgan kam-pirgacha kuzatsa bo‘lardi.
Jilisoy bag‘ri daraxtsiz, faqat onda-sonda qirqilmay qolgan, yakkam-dukkam qarag‘aylar o‘sib yotardi. Qachonlardir bu yerlar o‘rmonzor bo‘lgan. Endi usti shifer bilan yopilgan qator molxonalar turar, katta qoramtir go‘ng va somon uyumlari ko‘zga tashlanardi. Bu yerda sut fermasining zotdor buzoqlarini saklashar va boqishardi. Molxonalardan uncha uzoq bo‘lmagan joyda bir parchagina qishloq - chorvadorlar posyolkasi joylashgan. Qishloqcha tepalikdan pastga tomon cho‘zilib tushgan edi. Qishloqning eng chekkasida, ko‘rinishdan turar joyni eslatmaydigan kichkinagina uy turardi. To‘rt yillik maktab mana shu edi. Yuqori sinflarning o‘quvchilari sovxozga, maktab-internatga qatnashardi. Bu yerda esa kichkintoylar o‘qishardi.
Bola tomog‘i og‘riganda bobosi bilan shu posyolkadagi feldsher huzuriga kelgandi. Endi u kulrang cherepitsa bilan yopilgan, yolg‘iz trubasi qiyshayib turgan, qo‘lda yasalgan taxta-lavhada: «Mektep» deb yozib qo‘yilgan kichkinagina maktabga durbindan uzoq tikilib turdi. U o‘qiy olmasa-da, xuddi shu so‘z yozilganini faraz qildi. Durbindan hamma mayda-chuyda narsalar aniq-tiniq ko‘rinib turardi. Devor suvog‘iga tirnab yozilgan allaqanday so‘zlar va deraza romlariga yelimlab yopishtirilgan oynalar, ayvonning g‘adir-budur taxtalari ko‘zga chalinardi. U qo‘lda portfeli bilan bu yerga kelishni va hozir kattakon qulf osig‘liq turgan anovi eshik ostonasidan qanday hatlab o‘tishini tasavvur qilib ko‘rdi. O‘sha eshik orqasida nima bor, nima bo‘ladi?
Bola maktabni tomosha qilib bo‘lgach, durbinni yana ko‘lga to‘g‘riladi. Lekin u yerda hamma narsa ilgarigidek edi. Oq kema hali ko‘ringancha yo‘q. Bola teskari o‘girildi-da, durbinni bir chetga qo‘yib, pastga, tog‘ tubiga qaray boshladi. Pastda, shundoq tog‘ning tagida cho‘zinchoq pastqamlik bo‘ylab jo‘shqin serostona daryo kumushdek tovlanib oqardi. Qirg‘oqdan daryo bo‘ylab yo‘l ketgan va u daryo bilan birga qoya burilishida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Ro‘paradagi qirg‘oq jarlik va o‘rmonzor edi. Naq tog‘lar tepasidagi qorlargacha cho‘zilib ketuvchi noyob San-Tosh o‘rmonzori mana shu yerdan boshlanardi. Eng tepada qarag‘aylar o‘sardi. Ular toshlar va qorlar orasida tog‘ tizmalarining qirrasidaga qoramtir taroqlardek dikkayib turardi.
Bola uylarga, bostirmalarga, qorovulxona hovlisidagi qurilishlarga masxaraomuz qarab chiqdi. Ular yuqoridan kichkina va omonat ko‘rinardi, Qorovulxonadan nariroqda, qirg‘oq bo‘yida u o‘zining tanish toshlarini topdi. «Tuya», «bo‘ri», egar», «tank» - hammasi joyida, ularning hammasini birinchi marta durbinda mana shu yerdan - Qorovultog‘dan turib kuzatgan, o‘shanda ularga ot qo‘ygandi-da.
Bola miyig‘ida kulib o‘rnidan turdi va uylar tomonga tosh yumalatdi. Tosh shu yerning o‘zida, tog‘ning ustidayoq qola qoldi. Bola yana joyiga o‘tirdi-da, durbindan qorovulxonaga qaray boshladi. Avval linzalarning kattasidan kichigi tomonga tutib qaray boshladi - uylar uzoq-uzoqlarga siljib, o‘yinchoq qutichalarga aylanib qoldi. Xarsanglar kichkina toshchalar holiga keldi. Daryoning qirg‘oqqa yaqin yerdagi sayoz joyida bobosi qilgan ko‘lob esa kulgili, chumchuqning inicha kelardi. Bola bosh chayqab kulimsiradi-da, durbinni tez aylantirib, okulyarni to‘g‘rilay boshladi. Uning ulkan shaklga kengaygan suyukli xarsang toshlari durbinning oynalariga manglayini tirab turganday tuyuldi. «Tuya», «bo‘ri», «egar», «tank» kemtik-yoriklari, yon-veridagi sarg‘aygan otquloqlari bilan juda haybatli va eng muhimi, ular haqiqatan ham bola atagan narsalarga juda o‘xshardi. «Eh, sen qanday zo‘r «bo‘ri»san! «Tank»ni qara, dahshatli!..»
Xarsang toshlar ortidagi sayozlikdan bobo ko‘lob qilgandi. Durbindan qirg‘oqdagi mana shu joy yaqqol ko‘rinib turardi. Shitob bilan oqqan suv bu yerdan, keng toshloq sayozlikdan qiyalab o‘tar va toshlar ustidan ko‘pirib o‘tardi-da, yana shiddatli oqimga kelib qo‘shilib ketardi. Sayozlikdagi suv
11


tizzadan kelar, lekin oqimi shunchalik kuchli ediki, bolalarni daryoga oqizib ketishi hech gap emasdi. Oqim surib ketmasligi uchun bola qirg‘oq bo‘yidagi tolning shoxini ushlab olardi. Tol butalari ayni qirg‘oqning chekkasida o‘sib chiqqan bo‘lib, bir shoxi yerda, bir shoxi suvda, naq suvga botib turardi. Buning nimasi cho‘milish? Bog‘lab qo‘yilgan otdan farqi yo‘q, Buning ustiga yana qancha dilsiyohlik, so‘kish eshitishlar! Buvisi bobosiga uqtirardi:
«Daryoga oqib ketsa o‘zidan ko‘rsin - qo‘limni cho‘zmayman. Endi shunisi yetmay turgan edi. O‘z ota-onasi tashlab ketdi, Menga boshqa tashvishlar ham yetib ortadi, majolim yo‘q».
Unga nima deb bo‘ladi? Kampir bu hisobda to‘g‘ri gapirayotir. Lekin bolaga ham rahming keladi- da: daryo yonginasida, naq zshigining ostida. Kampir qancha qo‘rqitmasin, bola baribir suvga tushaverdi. Mana shundan keyin Mo‘min chol bola bexatar cho‘milsin, deb, sayozlikda toshlardan ko‘lob qilishga qaror qildi.
Mo‘min chol oqim yumalatib ketmasligi uchun qanchadan-qancha katta toshlarni tanlab ko‘tarib keldi. Ularni qorniga qo‘yib tashidi, toshlar orasidan suvning bemalol o‘tib turishini hisobga olgan holda ularni suvning ichida tik turib, shunday taxlab terdiki, suv haqiqatan ham bemalol oqadigan bo‘ldi. Siyrak soqolli qotma chol ho‘l ishtonlari badaniga yopishgan, kulgili holda kun bo‘yi shu to‘siq bilan ovora bo‘ldi. Kechqurun esa zo‘riqib yo‘taldi, belini ololmay qoldi. Shunda buvisi javrab berdi:
- Kichkina ahmoq-ku - o‘z oti bilan kichkina, katta ahmoqqa kim qo‘yibdi bu ishlarni? Namuncha jon kuydirmasang? Yedirasan, ichirasan, yana nima kerak? Buncha erkalatmasang. Eh, bu yaxshilikka olib bormaydi...
Nima bo‘lmasin, sayozlikda ajoyib ko‘lob paydo bo‘ldi. Endi bola hech qo‘rqmasdan cho‘milardi. Shoxchadan ushlaganicha qirg‘oqdan pastga tushar va oqimga o‘zini otardi, otganda ham hamisha suvga ko‘zini ochgan bo‘yi tushardi. Shuning uchun ko‘zini ochiq tutardiki, baliqlar ochiq ko‘z bilan suzib yuradi-da. Uning g‘alati orzusi bor: u baliqqa aylanib qolishni va uzoq-uzoqlarga suzib ketishni xayol qilardi.
Bola hozir durbindan ko‘lobga qarab turib, ko‘ylak-ishtonini yechib, qip-yalang‘och junjikib suvga tushishini tasavvur qildi. Tog‘ daryolarining suvi hamisha sovuq, entiktiradi, lekin keyin ko‘nikib qolasan. Tolning shoxchasini ushlab, oqimga yuzi bilan otilishini ko‘z oldiga keltirdi. Boshi uzra suv shovullagancha qo‘shilib ketadi, qorni ostidan, yelkalari, oyoqlari ustidan suv qaynab oqib o‘tadi. Suv ostida tashqaridagi hamma tovushlar tinib, quloqlarda faqat suvning shildirashi qoladi. U ko‘zlarini katta-katta ochib, suv ostida nimaiki ko‘rinsa, bariga jon-jahdi bilan tikiladi. Ko‘zlari sanchib ketadi, og‘riydi, lekin u mag‘rur jilmayadi, hatto suvda turib tilini ko‘rsatadi. Buni u buvisiga ko‘rsatmoqchi. Bilib qo‘ysin, u hech qaerda ham cho‘kmaydi va hech qaerda hech nimadan qo‘rqmaydi. Keyin u qo‘lidagi shoxchalarni qo‘yib yuboradi, toki u oyoqlari bilan to‘siqdagi toshlarga tiralib qolmagunga qadar suv uni surib ketaveradi. Shu yerda nafasi ham qaytadi. U suvdan sapchib turadi, qirg‘oqqa chiqadi va yana tol shoxchasi tomon chopqillab ketadi. Bu takrorlanaveradi. U bobosi yasagan ko‘lobda kuniga yuz marta cho‘milishga ham tayyor. Xullas, baliqqa aylanmaguncha cho‘milaveradi. Qanday bo‘lmasin, uning baliqqa aylanishi shart...
Bola daryo qirg‘og‘ini tomosha qila turib, durbinni o‘zlarining hovlisiga to‘g‘riladi. Tovuqlar, kurka tovuqlar jo‘jalari bilan to‘nkaga suyab qo‘yilgan bolta, tutab yotgan samovar, hovlidagi turli- tuman narsalar aql bovar qilmaydigan darajada kattalashib, shunday yaqinga kelib qoldiki, bola beixtiyor ularga qo‘lini cho‘zdi. Shu payt, falokat bosib arqonga yoyilgan kirni bamaylixotir yamlayotgan qo‘ng‘ir buzoqcha durbinda filday ko‘rinib qoldi-yu, jon-poni chiqib ketdi. Buzoqcha huzur qilganidan ko‘zlarini qisib olgan, lablaridan so‘lak oqib turardi - u kampirning ko‘ylagini og‘iz to‘ldirib chaynashda maza qilayotgandi.
- Eh, sen jinni! - Bola durbinni ushlagancha o‘rnidan turdi va qo‘lini silkiy boshladi. - Qani yo‘qol, eshityapsanmi, yo‘qol naryoqqa! Baltek, Baltek! (Kuchuk ob’ektivda uyning tagida pinagini buzmay yotardi.) Tishla, tishla uni! - jon achchig‘ida itga buyruq qilardi u, Lekin Baltek parvo ham qilmay, go‘yo hech nima bo‘lmagandek soyada cho‘zilib yotardi.
12


Xuddi shu mahal uydan buvisi chiqib qoldi. Nima bo‘layotganini ko‘rib qolgan kampir qars urdi. Supurgini qo‘liga oldi-da, buzoqqa tashlandi. Buzoq qochdi, kampir orqasidan quvdi. Bola durbindan ularga tikilgan bo‘yicha tog‘dan ko‘zga tashlanib qolmaslik uchun o‘tirib oldi. Buzoqni quvgan kampir alamdan va yugurishdan bo‘g‘ilib javragancha uyga jo‘nadi. Bola uni xuddi yonma-yon turgandek, hatto yonma-yon turganidan ham yaqinroq ko‘rdi. Bola buvisini xuddi ob’ektivda biror kishini katta qilib ko‘rsatgandek ravshan ko‘rib turdi. Bola uning jahldan qisilgan sarg‘ish ko‘zlarini, qat-qat burishgan ajinli yuzining qizarib ketganini ko‘rdi. Xuddi birdan ovozi yo‘qolib qolgan kinodagidek, durbinda kampirning yakkam-duk-kam tishlari ko‘rinib, lablari ovozsiz tez-tez qimirladi. Kampirning nima deb qichqirayotganini uzoqdan eshitib bo‘lmasdi, lekin bola uning so‘zlarini xuddi qulog‘i ostida jaranglayotgandek aniq va barala eshitardi. Uh, kampir uni rosa koyirdi! Bola nima deb qarg‘ayotganini yoddan bilardi: «Qani, qarab tur. Qaytib kelarsan-ku. Dodingni beraman. Bobongga ham qaramayman. Necha marta aytdima, shu jinnilarning o‘yinchog‘ini yo‘qotgin deb. Yana toqqa qochib ketgan. Xudo ko‘tarsin o‘sha kemangni, o‘t tushsin, cho‘kib ketsin».
Bola tog‘ tepasida og‘ir xo‘rsindi. Portfel olgan, maktabga qanday otlanishni orzu qilib turgan shunday bir kunda buzoqni ko‘zdan qochirsaya...
Kampir javrashni qo‘ymasdi. U koyib turib, chaynab tashlangan ko‘ylagiga tikilib qaradi. Uning oldiga Guljamol qizchasini olib chiqdi. Buvi unga shikoyat qila turib, tutoqib ketdi. Mushtini tugib tog‘ tomonga do‘laytirdi. Uning qoq suyak bo‘lgan johil mushti okulyar oldida uzoqdan dag‘dag‘a solib turardi. «Ermak topding o‘zingga. Xudo ko‘tarsin kemangni. O‘t tushsin, cho‘kib ketsin...»
Hovlidagi samovar qaynadi. Qopqoq ostidan burqsib ko‘tarilayotgan bug‘ durbinda ko‘rinib turardi.
Bekey xola samovarni olib ketgani chikdi. Buvisining yana jazavasi tutdi. Ma, jiyanchangning qilmishini ko‘rib qo‘y degandek, chaynab tashlangan ko‘ylagini uning burniga tiqdi.
Bekey xola uni tinchitmoqchi, yupatmoqchi bo‘ldi. Bola uning nimalar deb taskin berayotganini bilib turardi. Har qachongidek, bu safar ham shunday deyayotgandir: «Xafa bo‘lmang, znajon. Esi yo‘q, go‘dak hali - nimasidan xafa bo‘lasiz. Bu yerda bironta jo‘rasi yo‘q, bir o‘zi. Qichqirish, go‘dakni qo‘rqitishdan nima foyda». Bunga buvining ham javobi shubhasiz, aniq: «Sen menga o‘rgatma. Sen oldin o‘zing tug‘ib ko‘r, bolalarni tergashni o‘shanda bilasan. U nima qilib tog‘da sanqib yuribdi? Buzoqni arqonlab qo‘yishga vaqti yo‘q. Tog‘da u nimaga buncha tikilgani-tikilgan? Sayoq ota-onasining yo‘ligami? Uni tuqqanlar turli tarafga qochib ketishdi. Senga yaxshi-da, bepusht...»
Bola hatto shunday uzoq masofadan turib durbinda Bekey xolaning ich-ichiga botgan yuzlarining qanday oqarib-bo‘zarib ketganini, butun vujudi bilan titrab-qaqshab o‘gay onaning yuziga - bola xolasining qanday javob qilishini aniq bilardi - to‘rsillatib gapirib tashlaganlarini bilib turdi: «Sen o‘zing jodugar kampir, qancha o‘g‘il-qiz o‘stirib qo‘yding? O‘zing kim bo‘libsan?»
G‘ala-g‘ovur boshlandi! Buvi jahldan uvvos sola boshladi. Guljamol ayollarni yarashtirishga urinib, buvini quchoqlab, yupatgani uyga olib kirmoqchi bo‘lar, u esa, battar tutoqib, hovlida jinnilardek u yoqdan bu yoqqa zir yugurardi. Bekey xola qaynab yotgak samovarni ko‘targancha dog‘ suvni to‘kib-sochib, chopgak ko‘yi uyga olib kirib ketdi. Buvi esa toliqib, mollarga suv quyiladigan nov tomonga tushib ketdi. U ho‘ngragancha yig‘lab o‘z taqdiridan qattiq kuyinardi. Bolani unutdi, zndi yaratgan parvardigorning o‘ziga, bu foniy dunyoning beparvoligiga yopishib ketdi. «Hali menga osilyapsanmi? Sen mening kimligimni so‘rayapsanmi? - buvi o‘gay qizning orqasidan g‘azablanardi.- Agar meni xudo jazolamaganda, agar u mening besh go‘dagimni bag‘rimdan yulib olmaganda, yolg‘iz o‘g‘lim o‘n sakkiz yoshida urushda o‘qqa uchmaganda, cholginam, mehribonginam Tayg‘ar suruv bilan bo‘ronda qotib qolmaganda, men siz, o‘rmon odamlarining orasida yurarmidim? Men senga o‘xshaymanmi, senga-ya, tug‘mas? Men qarigan chog‘imda sening jinnisifat otang Mo‘min bilan yashab yurarmidim? Qaysi aybim - gunohlarim uchun sen meni buncha qiynading, la’nati xudo?
Bola ko‘zdan durbinni olib, g‘amgin bosh egdi. «Biz endi uyga qanday qaytamiz? - Sekingina portfelga so‘z qotdi u. - Buning hammasiga men sababchi, jinni buzoq sababchi. Yana sen ham
13