11 - BOB
bo‘ldi. Keyin xutba o‘qigan juma quni oyoq kiyimini olib kelib to‘g‘rilab qo‘ygan yigitni esladi. Oradan to‘r? yil o‘tgandi, shu paytgacha uchrashib qolishganlarida so‘rashib- salomlashib o‘tishardi. Demak, askar bo‘libdi.
Husayin onasining mozoridan g‘amgin holda ketmadi deyish insofsizlik bo‘lar edi. To‘g‘ri, Fotimaxonim o‘ziga munosib onalik qildi, ammo o‘z onasining loaqal yuzini xotirlashni naqadar istardi. Zehni shu o‘ylar bilan bir muddat mashg‘ul bo‘ldi. Unnng ko‘zlari namlandi. Qayg‘urnshning marhumga foydasi yo‘qligini, unga rahmat tilash ma’yuslikdan, g‘ussadan foydaliroq ekanini o‘yladi.
***
Oliy Islom Ma’hadiga imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan Husayin ketishi bilan uyda ikki qizidan boshqa hech kimi qolmagan Fotimaxonim bir tarafdan o‘g‘lini sog‘insa, ikkinchi tarafdan uning o‘zi istagan o‘qishga kirganini o‘ylab ovunardi. O’g‘li yonida bo‘lib, tahsnl chala-yarim qolsa, bu ham yaxshi emas. Faqat chidash qiyin bo‘lgan ayriliq. Ammo bu ham muammo emas. U bunday qiyinchiliklarning ozmunchasiga bardosh etmaganmi-di?! Ora-sira maktublari kelib turardi. Otasiga yozgan xatlaridan tashqari onasiga ham alohida maktub yozib ahvolini va duo qilishini so‘rardi. Mana bu maktub ketganidan ikki oy o‘tgandan so‘ng kelgandi:
Sevimli onajonim!
Kecha asrdan so‘ng choyxonadachoy ichay dedim. Choyxonachining yordamchisi choy keltirdi va cho‘ntagidan bir xat chiqarib, «shuni o‘qib bersangiz, eshitsam»,—dedi. O’qidim. Tugagach, maktabga nega bormaganini so‘radim. U oh tortdi:
— Ular yubordilaru, men qochdimmi, birodar, — dedi. So‘ngra tushuntira boshladi. O’gay ona qo‘lida o‘sibdi. Undan ona sifatida uch narsa ko‘rdim deydi: tundliq yomon so‘z, tayoq...
— Bu uchalasidan ortiq biron naraa ko‘rdim desam, yolg‘on bo‘ladi. U ko‘zlari yoshlanganini yashirish uchun derazadan tashqariga qaradi. Men devordagya rasmlarga qaragan bo‘ldim.
Aytishicha, otasi asabiy odammish. «Har oqshom dasturxon atrofiga yig‘ilganimizda o‘gay onam:
— Bugun badbaxt o‘g‘il u ishni qildi, bu ishni qilmadi, — deb to‘kib solardi. Otam:
— Xonim, besh daqiqa sabr et, bola ovqat-povqatini yeb olsin, so‘ng xohlaganingday uraman, —desa:
— Men uring demayapman, faqat qilganini aytayapman, holos. Qancha majburlasam ham to‘xtatolmadim, mana o‘zining yuzi, — deb meni ko‘rsatdi. Men endi ikki barobar tayoq yeyishimni ismimni bilganday aniq bilib, indamadim. Otam:
— Xonim, asabimga teg‘ma, jahlimni qo‘zg‘ama! Qonimni qaynatsang, sening bolang ham xaqqini oladi. Bu ayb qnladi-yu, seniki tinch turadimi? Sening bolang osmondan tushganmi? Qaysi kun o‘g‘lingning xatosini aytding? Hudodan qo‘rqmaysanmi?
— Mening farishta o‘g‘lim nima qildi? Yashiriladigan aybi bormi uning? Yo tuxmat qilayinmi bolamga?
— Xo‘p, meniki har kun ayb qiladimi? Hech to‘g‘ri ishi yo‘qmi bechoraning? Bir kun bo‘lsa ham qo‘nglim uchun yaxshi bir ish qildi desang, nima qiladi? — deya yolvorsa ham o‘gay onamning men haqnmdagi yaxshi gapni otam hech eshitmadi.
— Har qun shu! Yolg‘on gapiraymi? Qilganini qilmadi deymi?
Otam dasturxondan ko‘l tortib turadi:
— Har kun tayoq yeb to‘ymadingmi, aqling kirmadimi! Yetar endi! — deb rosa uradi. So‘ng onamga tashlanadi,
70
— Bu yetim bola sen tufayli shuncha tayoq yedi. Men buning javobini qanday beraman, — deb mendan ikki barobar ko‘proq uni ham uradi. Keyin:
— Endi yumshadingiz. O’tiringlar, — deb bizni dasturxon atrofiga o‘tqizadi. Ko‘zyoshlari bilan yemagan ovqatimizni yednradi. O’gay onamning yuzlari gezarib ketgan. Ora-sira menga qarab Qo‘yadi. Bu ertaga senga ko‘rsatib ko‘yaman degani. Haqiqatan ko‘rsatadi. Otam bo‘lmaganida:
— Razil bola, sen tufayli kaltak yedim, — deb ustimga bostirib keladi. Ushlab olsa, to‘yguncha uradi.
Mana, uka, senga bir oqshom voqeasini aytdim. Bu har oqshom davom etishini aytsam senga g‘alati tuyulishi mumkin, balki ishonmassan, Ammo bularning hammasi mening boshimdan o‘tgan... Otam yo‘q paytlarda ovqatlanishga o‘tiramiz. O’gay onam, o‘gay ukam va men. Agar ovqatda mening oddimdan go‘sht bo‘lagi chiqib qolsa, u zudlik bilan ukamning oldiga surib qo‘yiladi. Uyda biron tansiqroq taom tayyorlansa, ovqat pishar mahali meni uni keltir, buni keltir deb yugurtirardi. Ishlar bitgach, dasturxon boshiga kelib ukamdan qolgan ovqatnigina ko‘rardim. Ba’zan ukam ga xitoban:
— Ol ko‘zichog‘im, sen ham hamma qatori yeyaver, qorning ochqab ketganini ko‘rib turibman,—deredi. «Hamma» men ekanligimni bilib turardim.
Bir kuni otamningu bilan gaplashayotganini eshitib qoldim. Gap mening o‘qishim xususida edi, O’gan onam ming bir bahona keltirib otamni bundan qaytarishga urinardi. Oqbatda meni maktabga bermadilar.
Bir kuni holam menga bir-ikki narsalarni o‘rgatdi. «Bularni hech kim yo‘q payti otangga ayt, mening aytganligimni unga bildirma», — dedi. Rozi bo‘ldim. Bir kun otam bilan boqqa ketayotgandik. Otam gaplashmasdi, boshini yerga osiltirgancha vazmin yurib borardi. «Ayni vaqti», — deb o‘yladim:
— Ota.
U menga o‘girildi:
— Nima deysan, o‘g‘lim.
— Jaxlingiz chiqmasa, sizga bir gap aytardim.
— Ayt, jahlim chiqmaydi.
— Onam bo‘lsaydi, men sen uchun bir gul misoli xushbo‘y taratardim. Hozir esa tikanman, senga botib turaman, to‘g‘rimi?
Otamning ko‘zlarini yosh qopladi. Meni quchoqladi, bag‘riga bosdi, hidladi va hiqillab yig‘lay boshladi. Bir muddat shunday turganidan sung:
— Toychog‘im, kurib turibsan-ku, sendan ko‘proq uni do‘pposlayman. To‘g‘ri aytding, ammo ne qilay, kuchim yetmayapti,—dedi.
Men yana holam o‘rgatganidek:
— Menga kuchingiz yetadi-ku, ota, — dedim.
Bu so‘zlar otamga qattiq ta’sir qildi, Bu gaplarni kim o‘rgatganini so‘radi, aytmadim. O’sha kundan keyin otamning menga nisbatan muomalasi o‘zgardi. Onam chaqsa, avvalgidek sapchib turib urmaydigan, faqat do‘q-po‘pisa bilan, nasihat bilan kifoyalanadigan bo‘ldi:
— Boshqa bunday qila ko‘rma, abjag‘ingni chiqaraman, bola...
O’gay onam otamdagi bu o‘zgarishni ko‘rardi, faqat sababini bilmasdi. Menga ba’zan «o‘g‘lim, bolam» deb, ba’zan yeguliklar berib avrasa ham bunga muvaffaq bo‘lolmadi. Saodatli hayotim ikki yilcha davom etdi. Saodatli kunlar deganim, ota-onasi bor bola uchun tikanlar ustida yotish bilan teng. Ikki yildan so‘ng — otam vafot etgach, ahvol o‘zgardi. Boshimda qora bulutlar aylana boshlagach, qochdim. Mana shu yerda xizmat qilyapman...»
71
Mening bir dona onam, bularni tinglagach, qadringizga ko‘proq yetadigan bo‘layapman, sizni yanada ko‘proq yaxshi ko‘rib qolyapman. Qaysi bolaning o‘z onasi sizning menga ko‘rsatgan yaxshiligingizni ko‘rsata oladi?! Bu yerda talabalar o‘z ota-onalaridan oyda- yilda bitta maktub olishadi. Holbuki mening onajonim o‘z qo‘llari bilan bitilgan maktubni har hafta jo‘natadilar. Maktubni olib yuz-ko‘zlarimga suraman, «farishtasifat onamning qo‘llari tekkan, buyozuvni nurli barmoqlari yozgan»,—deb to‘yib-to‘yib hidlayman. Boshingizni og‘ritmadimmi? Kamchiligimga e’tibor bermang. Sizga uzun xat yozmasam, ko‘nglim tinchlanmaydi. Yozarkanman, yoningizda o‘tirganday, yuzlaringizga to‘yib qarayotganday tuyulaman. Besh daqiqa bo‘lsin sizni yonimda his etmoq uchun, maktubni cho‘zib yuborganim uchun meni avf eting. To‘yib-to‘yib qo‘llaringizni o‘pish umidi bilan, sizga sog‘inchli salomlar yo‘llayman.
O’glingiz Husayin.
Husayinning maktubiga Fotimaxonimning shaxsan o‘zi javoblar bitardi. Javoblarida Turkiyada bironta musulmon odam qolmaganda ham yolg‘iz o‘zi bu ehtiyojni qarshilay oladigan darajada bilimli, yangi musulmon bo‘lgan bir odamga «mana sen o‘rnak oladigan musulmon», deya ko‘rsatadigan darajada axloqli, ilmiga amal qilgan-qilmagani so‘ralganda uyalmaydigan darajada ibodatga bog‘liq bo‘lishga undardi. Yoshligini qanday kechirgani to‘g‘risida Allohga hisob berishini unutmasligini, agar yoshlik g‘ayri shar’iy yo‘llarga undasa, u tarafga bir qadam qo‘ya ko‘rmasligini aytib, ogohlantirishni ham unutmaodi.
Husayinning hayoti Cho‘rumda — ota-onasi huzurida qanday kechgan bo‘lsa, ularning nazoratidan uzoq Istambulda ham shunday davom etardi. U yerda ham odob-axloqini muhofaza etar, darsdan boshqa narsalarga chalg‘imasdi. Chunki u o‘z maslagidan kelib chiqib birinchi navbatda Alloh rizosi uchun, Allohning diniga yordam bermoq uchun harakat qilardi. Ibodatini o‘zgalar ko‘rsin deb emas, Uning rizosini qozonmoq uchun, tark etgan yomonligini odamlar yomonlashidan chekinish uchun emas, Kun kelib Alloh huzurida javob berish uchun, har neni ko‘rguvchi, eshitguvchi, bilguvchi Allohdan qo‘rqqani uchun yomonliklarni tark etdi. Alloh qilma degan ishni qilmasligiga sabab odamlarga yaxshi ko‘rinish emas, Uning amrini ado etish shartligini, farzligini bilgani uchundir. Bunday fikr va ishonchdagi insonga nazorat shart emas.
Ikkinchi kursga o‘tganida kelgan bir maktubda Odnlaning Ismoil ismli bir yigit tarafidan so‘ralgani, bola yetim o‘sgani, kosiblik qilayotgani eslatilib, axloqi haqida «yomon emas» deyilgandi. Husayin bu ish ko‘proq ota-onasi va Odila orasida hal etilishi, agar axloqi yaxshi bo‘lsa, berilishi uchun jiddiy to‘siq yo‘qligini bildirdi.
***
Fotimaxonim Ismoilni unutgan edimi? Bir so‘z bilan aytsak, yo‘q. Unutgan emas. Ora- sira onasinikiga borgan-da, neish bilan mashg‘ulligini surishtirar va uni duolar qilardi. Bugun o‘z farzandiday yetishtirgan ikki yetimiga qandaydir xizmat qilolgan bo‘lsa, agar Alloh rizosi yo‘lida bir-ikki odim otgan bo‘lsa, bunda Ismoilga achinish tuyg‘usining, yoshligini uning ko‘zyoshlarini ko‘rib kechirganining buyuk hissasi bor. Ta’bir joiz bo‘lsa, Ismoil dard chekdi, bu darddan olingan ibratlar, hamdardlik tuyg‘usi Fotimani yaxshi yo‘l tutishga yo‘lladi. Ismoilni shuninguchun duo qiladi, yomonliqdan saqlashi uchun Tangriga yolvoradi.
Tan olish lozimki, Fotimaxonim ikki yetim bilan ovora bo‘lib, Ismoil o‘zini izlab, o‘ylaganidek Ismoil haqida o‘ylayolmadi. Bu oqibatsizlikdan emas, ikki yetim oldidagi burchini yaxshiroq o‘tash tuyg‘usidandir, Shu sababdan eshigi oldidan ko‘p bor o‘tgan yuz-qo‘li kir teshikkulcha sotuvchi bolani balki Ismoildir deb diqqat bilan
72
kuzatolmagandir. Uning Ismoil ekanini xayoliga keltira olmasdi. Qolaversa, o‘ylaganida nima ham qila olardi? Uni o‘z uyiga, o‘z tasarrufiga olishi mumkin emasdi-ku?! Kunlarning birida Odilani so‘rab Ismoil tomondan sovchilar keldi. G’alati bo‘ldi. Kelganlarning ko‘pini bilardi. O’z mahallasining ayollari. «Ismoilni o‘zing yaxshi bilasan», — deyishdi. Biladi, albatta, ulardan ziyodroq biladi. Shu bilan birga otasi bilan Odilaning fikrini so‘ramasdan biror narsa deyolmasdi. Shuni aytdi. «Ismoil uylansa alohida yashaydimi yo yana o‘sha onasi(!) bilan birga turishadimi?» — deb so‘radi. Tabiiyki, Odilani Sanihaxonimning qo‘liga topshirib ko‘yolmasdi. Ismoil alohida turmoqchi ekan. Bundan ajablanmasa ham bo‘ladi. Demak, yillar davomida chekkan azobini qayta tortmoqchi emas... Ularga otasi bilan bir bor uchrashishlari kerakligini bildirdi. Mehmonlar ketgach, Odila bilan suhbatlashdi. Odilaga Ismoilning yetim ekanligi xush kelmayotgandi.
— Meni yetimga bermoqchimisiz?! — dedi. Bunday demasligi kerak edi. Balki o‘zi yetimligini bilmagan, yetimlik hayotini yashamagan, ona mehriga yo‘g‘rilgan Odila adashgandi: yetim ham o‘zi kabi inson ekanligini, balki yetim bo‘lmaganlarga qaraganda insonni ko‘proq qadrlashini bilmasdi... Vayana bilmasdiki, Ismoil Odilaga Fotimaxonimning qizi bo‘lgani uchun uylanmoqchi edi, Uning tarbiyasida axloqli qiz bo‘lib yetishganini taxmin etgan Ismoil umr bo‘yi Fotimaxonimning hurmati uchun Odilani hurmat qilishini qaydan bilsin?! Bu azamat yigit bir kun ko‘chada o‘ziga teshikkulcha uzatgan kichkina sotuvchi ekanini qayoqdan taxmin etolsin?!
Odila kibrli bir qiz emas. Aslida bu uyda olingan tarbiya tartib-intizomni sevishga, poklikka ahamiyat berishga qaratilgan. Yetimni yoqirmaslik odat emas. Ammo qarangki, turmush qurishni taklif etayotgani nogoh yetim chiqib qolgani g‘alati ta’sir qildi va eshitishi bilan «meni yetimga bermoqchisiz?» deb yubordi. Fotnmaxonim yetimning ham inson ekani, x;atto boshqalardan ham qimmatli bo‘lishi mumkinligini tushuntirdi. Agar bu taklifni qabul etishni istamasa, buni yetnmni xushlamaslik kabi bir sababga bog‘lamasligini aytdi.
Odilbek ham Odilani Ismoilga berilishga rozi edn. Uning fikricha, axloqi durusg, ishi- kuchi joyida yigitning xushlanmaydigan tarafi biroz faqirligiyu, yetimligi, holos. Ammo bu o‘ylaydigan ish emas. Faqirlik kelib-ketadigan hol. Yetimlik odamning ixtiyorida emas. Ixtiyoriga zid tarzda o‘z qizi ham yetim emasmi?! Gap faqat faqirliqda bo‘lsa, Xudo xohlasa bu to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan muammo. Ismoilni yoniga olib, unga qo‘maklashsa, hammasi ko‘ngildagidek bo‘lib ketadi.
Xullas, Odilani Ismoilga beradigan bo‘lishdi. Ismoilning sevinchini tasvirlash uchun so‘z ham, ta’rif ham yo‘q. Buni uning o‘rnida bo‘lib ko‘rganlar yaxshi bilishadi. Asal yemaganga asal lazzatini anglatish mushkulligini tan olganlar, uni bu hususda ma’zur qo‘rurlar .
Xusayin katta ta’tilga chiqib,uchinchi sinfga o‘tgani haqidagi xushxabarni olib keldi. To‘yning shu ta’tilda o‘tishi belgilandi. Kuyovning do‘konini ta’riflashdi, tushuntirishdi. Bordi. Qarshisida o‘zi avvaldan tanigan chehrani ko‘rib, biroz shoshganday bo‘ldi. Suhbatlashdilar.Suhbatlashgandagi tortinchoqliq ovozidagi g‘arib ohang va shikastalik hanuz Ismoilning yetimligini bildirib turardi. G’aroyib voqea deb o‘yladi: yetimlik mashaqqati ovozidan bilinib turgan bir erkak bilan, yetimlik neligini bilmagan bir ayolning kurajak turmushi... Bu oilaga ichida chin ko‘ngildan yaxshiliklar tiladi. Saodat faqat O’zidan qutiladigan Parvardigoriga ko‘ngildan duolar, niyozlar etdi va ketdi.
To‘y musulmonga yarashadigan dilxushliklar, tartib bilan o‘tkaziladigan bo‘ldi. To‘yda Odilbek va Fotimaxonim Ismoilga og‘ir keladigan shartlar qo‘ymaganligi nur ustiga a’lo nur edi. Hatto Odilbek va Fotimaxonim Ismoilga puldan yordam ham qilishdi, xijolat bo‘lmasligini, buni o‘zidan boshqa hech kim bilmasligani tushuntir-di. Ismoilning ko‘zlari
73
yoshlanmay qolmadi. Dunyoda Fotima onalar bo‘lganidek, Odilbeklarning ham topilishidan qanoat hosil qildi. Eridagi bu fazilat Fotimaxonimning yillar oshaqilgan mexnati samarasidir, balki Majido‘zu sayohatida bir tanimagan ayolga yo‘l haqini to‘lagan domlaning ta’siridir. Balki bu fazilatlar unda avvaldan bo‘lgandiru, shular ta’sirida nish otgandir.
Yetimini yetimga bergan Fotimaxonim bir kun Odilbekka iltimos qildi: «Hech kimga bildirmasdan Ismoilga biroz yordam bersak». Odilbek ma’qul topdi. Shunday yaxshilikni tashviq qilgani uchun xonimiga tashakkur izhor etdi. Ammo o‘zi buni bir necha kun avval amalga oshirib bo‘lganini aytishni ep ko‘rmadi. Chunki bu ishni Fotimaxonim bilsin deb emas, ajrini Allohdan kutib, ado etgandi.
***
Odila bir kun Ismoilning kiyimlarini tozalarkan ich cho‘ntagidan, bir paytlar rangi qirmizi bo‘lgani bilinib turgan bo‘z parchasini topib olib, hayron bo‘ldi. Kuyovlik libosi cho‘ntagiga solingan bu bo‘z parchasi nima edi? Bilolmadi. Poyabzal tozalagich bo‘lsa, ich kissaga solinmasdi. Sevimli eri buni cho‘ntagida olib yurishidan bir maqsadi bo‘lsa kerak, deya tag‘in joyiga qaytarib solib ko‘ydi. Oqshom so‘raganda Ismoil bergan javob uni o‘lguday xijolat qnldi: «rahmatli onamning libostsdan olingan bir parcha...» Odila bunia ytgan Ismoilning ko‘zlariga qaramaslikni afzal bilib, boshini egdi.
Odilbek avval o‘ylab ko‘yganidek Ismoilni o‘z yoniga oldi. Do‘kondagi ish kundan-kun yaxshilanib, qizib borar, yonida bir yordamchi bo‘lishini taqozo etardi. Bunga kuyovidan boshqani loyiq ko‘rmadi. Har yil muntazam zakotini hisoblab berar, balki yanglish hisob bo‘lgandir, vijdonim, ko‘nglim tinch bo‘lsin, deb ustiga bir mikdor qo‘shardi ham. Sandiqni keltirgan hammol albatta xizmat haqqiga qo‘shimcha choy puli olar va xursand bo‘lib, duolar qilib ketardi. Odilbek do‘kondan ko‘rayotgan barakasini mana shu yaxshiliklar hisobiga deb bilardi. «Alloh uchun berganga Alloh berar», degan lavhani do‘koniga ostirib qo‘ygandi. Bu do‘konning moddiy bo‘lmasa ham, ma’naviy bezagi edi, undagi ma’no Odilbek tijorat ishlarida qat’iy amal qiladigan aqidalardan biridir.
To‘g‘rilik aytishga oson, to‘g‘rilikka amal qilish, uni asos qilgan tarzda ish yuritish esa juda mushkuldir. Do‘konida hiyladan boshqa ish qilmaydigan kimsalar yuzi qizarmasdan haqiqatdan so‘z ochib, to‘g‘riliqdan lof urishadi. «Sendan boshqasiga bu narxda bermayman»,— deganlar, ayni mollarini shu bahoda, hatto arzonroqqa ham o‘zgalarga berib yurishadi va vijdonlari ham qiynalmaydi. Shunday bnr davrda Odilbekning axloqiga ishonib, aldanmasliklarini bilib, uning do‘koniga baxuzur keladilar. Uni bilmaganlar ham bu do‘kondan chiqarkanlar aldanmaganlariga amin bo‘ladilar.
Uning do‘konida har narsaning o‘z narxi, o‘z bahosi bor. Bu baho vijdon va qanoat kabi ikki hakam qarori bilan tasdiqlangan. Tanigan ham tanimagan ham bir narsani bir narxda oladi. Ba’zi mol bahosi past qo‘yilishi xaridorning g‘alati-g‘alati qarab ko‘yishiga sabab bo‘ladi. So‘raydi va kamchiligi borligini biladi. Kamchilik bir qarashda sezilmas darajada. Natijada xaridor u molni oladi. Ketayotib bu qusur aytilmaganda bilmasligini, dunyoda yaxshi odamlar borligini va yana do‘konga kelishini o‘ylab, xursand bo‘lib ketadi. Do‘konda esa, molining kusurini aytib sotadigan, Allohga va insonlarga nisbatan axloqiy vazifani yaxshi o‘taydigan, o‘zini to‘g‘rilikka yo‘llaydigan, Allohga shukr etmoq bilan mashg‘ul bo‘lgan bir Odilbek qolgandi.
Boshqalarda topilmaydigan mollarning bahosi ham uning do‘konida ziyoda ko‘rsatilmaydi. Yoki kamyob mol bahosini oshirish uchun saqlab qo‘ymaydi. Chet el mahsulotiga alohida joy qilib qo‘ygan. Xaridorga agar xohlasa, Turkiyada ishlangan, puli
74