bilarmikan? Husayin bu samimiy, azamat yigitga ham o‘z onasi Fotimaxonim mehr- shafqat ko‘rsatganini seza olarmikan? Hatto, Fotimaxonimdan ko‘rgan mehriga shu yigit sabab bo‘lganini kashf etishga imkon bormikin?
***
Otasi Ismoilni qabristondan topgan kundan e’tiboran uning hayoti yaxshilanishga yuz tuta boshladi, ammo bu bir yilgina — otasining vafotiga qadar davom etdi. Otasi ham onasiday bir uyum tuproqqa aylandi. Sanihaxonim, Ismoil va Salima qoldilar. Uyni idora etish mutlaq Sanihaxonimning hokimiyatiga o‘tdi.
Ismoil otasi topshirgan boshlang‘ich maktabni amallab tugatgan bo‘lsa-da, ota-onali bolalar uchun butunlay yot bo‘lgan qiyinchiliklarga duch keldi. Bitta daftar uchun ham Sanihaxonimdan pul olishni istamaganidan Chorsuda teshikkulcha sotdi, bozordan qaytayotganlarning yuklarini uylarigacha eltib berdi. Shunday yo‘llar bilan tirikchilik qilishga kirishdi.
Maktabda har kun istaganini olib yeydigan boy bolalarining yonida ularday ovqatlanolmas, lekin uzun iztirobli hayot tajribasi o‘zini to‘q ko‘rsatishga majbur etishi shunga o‘xshash turmush kechirganlarga ma’lum.
Tanaffuslarda o‘ynab-kulayogan sinfdoshlari orasidan sekin sirg‘alib bir chetga chiqib, mahzuillgini ko‘rsatmaslik uchun ularni tomosha qilganday bo‘lar, aslida onasining qabri tomondan esayotgan shamoldan ko‘ksini to‘ldirib nafas olar, ko‘zlari yoshlanardi. Bu holni ko‘rganlar nechun ko‘zi yoshli ekanini, o‘yinlarga qatnashmayotganini so‘rashardi. Ismoilning ko‘ziga shamol tufayli tuproq kirganmish, shu sababli yoshlanibdi. Balki ko‘rib chiqarish mumkindir». Ayni maqsaddauning ko‘zlariga sinchiklab qaragan sinfdoshi qanchalik tikilmasin, ko‘zida changdan nishon ko‘rmasdi.
Ba’zan uni doim tomosha qilayotgan holda ko‘rgan sinfdoshlari nechun o‘ynamayotganini bilishni istardilar. Javob oddiy: «tomosha qilishni yaxshi ko‘raman, o‘ynamoqni xushlamayman». Ba’zan bir jo‘rasi uni ko‘lidan tutib bog‘chaning boshqa tarafiga olib o‘tardi. Buni qasddan qilmasdi. Shunchaki, aylanish uchun... Lekin Ismoilning bir pasda bog‘ning avvalgi, o‘zi turgan tarafiga o‘tib qolganini bilmay qolardi. Qabriston tarafda laydo bo‘lgan bulutlar unga g‘alati zavq bag‘ishlar, lekin u bu g‘arib zavq tabiatini tushunolmasdi. Maktabdan qaytarkan, har kuni bo‘lmasa-da, g‘amgin qunlarida «qabriston tomondan Chorsuga borish kulayroq ekan», deya aylanib ketgan bu boladagi nozik tuyg‘ularni anglaydigan bormidi? Tashqaridan yuzaki qaraganlarga ko‘lida sumka ko‘tarib maktabdan chiqqan, Tim tagidan o‘tib ketayotgan bir bola. Lekin u qabriston eshigiga yaqinlashishi bilan tomog‘iga tugilgan achchiq tuyg‘ularni, egik boshini, mushtdek, balki g‘unchadek yuragida qo‘zg‘algan hayajon to‘lqinlariyu toshqinlarni va shularning barchasi bir bo‘lib ko‘ksidan ko‘tarilib kelayotgan yig‘ini bosish uchun tishini tishiga ko‘yib turishlarini anglaydigan kimsa bormi?
Uning bu holini ko‘rguvchi, bnlguvchi yolg‘iz bir Borliq bor... Har kimning holini bilguvchi, hatto kimsaning o‘zi uchun-da maxfiy bo‘lgan har narsadan xabardor Allohdir. O’zini bu holda ko‘rsa, nimalarnidir sezadigan, uning dardiga hamdard bir inson bor yorug‘ dunyoda... Bu inson shu onda nimalar qilayotgan ekan, o‘zi qay holda ekan? Xabari yo‘q. Oradan shuncha yillar o‘tdi, balki u ham unutgandir? Yoki ko‘rsa tanirmikin? Buni bilmaydi. Lekin Chorsuda, bozorda kezarkan har ayolga e’tibor berar, uni axtarar, qaysi mahallada, qay uyda ekanini bilishni istardi.
Bir kun teshikkulcha sotayotib bir deraza pardasi ortddan ko‘zga chalingan bir bosh uning aqlini shoshirar darajada sevintirdi. O’sha kundan so‘ng boshidagi teshik-kulcha solingan taxta bilan ko‘chadan o‘tayotgan yuz-qo‘li kir kulchachining boshqa sayyoh
63


sotuvchilar kabi baqirib-chaqirmasligi Fotimaxonimning diqqatini nega tortmadi? Eshik oldida o‘ynab yurgan Odilaga teshikkulcha uzatganda olmadi. Balki bu onasi bergan tarbiya sababli, balki sotuvchining yuz-ko‘li qoraligi tufaylidir.
Ismoil nechun o‘zini tanitishni istamadi, aksincha, yuz-ko‘zini tanimas holga solib, o‘sha ko‘chadan o‘tishni afzal ko‘rdi? Buning sababi undagi g‘ariblik, yolg‘izlik tuyg‘usidir. Balki Fotimaxonimdan avvalgi mehrni ko‘rmas... Bu uniumidsiz holga boshlardi. Balki tanisa ichkariga taklif etar, balki kirishini boshqalar istamas va u ham tez-tez kelishdan uyalar?! Holbuki, tanimasdan kelib-ketgan bu ko‘chada unga ahamiyat bergan yo‘q. Yuz- ko‘li kir bir kulchachi... Ha kelibdi, ha ketibdi, Kimning nima ishi bor?!
Uning irkitligini ko‘rganlar kulcha yeyish maqsadidan darhol voz kechardilar. Uning esa parvoyi falak. Zotan, u bu taraflarga teshikkulcha sotgani kelayotgani yo‘q-ku... Uning yagona muddaosi deraza oldida o‘tirishini Xudodan yolvorgan bir kimsasining oldidan o‘tib, unga uzoqdan, ikki lahza bo‘lsin boqmoq, unga yaqinlashgach esa bosh egib sekin- sekin uzoqlashmoqdir.
Uning eshigi oldida uymalashishga jasorati yo‘q. Go‘yo tanib, chaqirib qoladiganday. Uning eshigi oldida boshqa ko‘chalarda baqirgani kabi baqirish yo‘q. Balki ovozini bir necha yil oldingi Ismoilning tovushiga o‘xshatib yuborar. Ammo qayg‘uga cho‘mgan kechalari chiqib shundoq qabriston eshigigacha va o‘sha ko‘chagacha kelish, bu kimsasiz ko‘chada kezish, Fotimaxonim bosgan izlardan yurish, Fotimaxonimning oyog‘i tekkan ostona yonida turish, uyquga ketganida uyi oldida qorovullik qilish hollari yo‘q emas edi. Bunga kim nima derdi?! Bormi bunga monelik qilguvchi?!
Bir kun shu ko‘chadan o‘tayotganda o‘zidan kichikroq bir bola tirg‘aldi. Fotimaxonimning qo‘shnisi bo‘lgani uchun uni avf etdi.
Odilbekning do‘konini bilib oldi. Ko‘p vaqt u yerda «balki uyiga biror narsa berib yuborar», degan umidda aylanib yuradigan bo‘ldi. Keyin Fotimaxonim tanib qolishini o‘ylab bu fikrdan voz kechdi. Boshlang‘ich maktabni sinfda qolmasdan bitirdi. Ammo tirikchilik to‘rlariga bandi etilganidan bundan buyog‘nga o‘qiyolmasdi. Zero, o‘qishni davom ettirish uchun faqat istakning o‘zigina kifoya qilmasdi. Bunnng imkoni yo‘q edi. Na ota-onasi tiriladi, na Sanihaxonim tushunadi. Tushunsa ham o‘qitishni xohlashi gumon edi, Teshikkulcha bilan qorin to‘ydirib bo‘lmaydi, shuning uchun boshqa bir ish qilish kerak degan o‘yda edi.
Bir kosib qarindoshiga shogird tushdi, Uydagi ahvoli bilan solishtirganda, shogirdlik unga unchalik og‘irlik qilmasdi. U yerdan tegadigan bir necha tiyin uning uchun muhim emas. Kasbni yaxshiroq o‘rganish uchun jon holatda tirishar, Sanihaxonimning osilgan qovog‘i, tund vajohatidan kutuladigan kunlarini xayol etib ishga kirishardi. Ustozi namoz o‘qshasa tayoq yeyishini, ish uchun urmasa ham namoz uchun urishini avvaldan ogohlantirgani sababli ibodatni kanda qilmas, ularda ota-onasini duo qilishni unutmasdi. Bu duolar ularga foyda keltirishini, onasining ruhi dunyoda qoldirgan yetimidan borgan hadya bilan sevinishini o‘ylab, bir oz bo‘lsada ko‘ngli rohatlanar edi. Ba’zan orttirgan bir necha chaqasi bilan bir faqirning ko‘nglini olmoqqa chiqar, ota-onasi uchun duo qilishini so‘rardi.
Kunlar shunday o‘tardi. Jome’da Husayinning xutbasini eshitib iztirob cheqdi, havas qildi. Shunday bo‘lmoqni qanchalar istagandi. Balki Fotimaxonimday bir onasi bo‘lganda ana shu xutba o‘qigan o‘zi bo‘lishi ham mumkin edi. Jamoat chiqkuncha kutdi. Husayin oyoq kiyimini olmoqchi bo‘lganda Ismoil avvalroq harakat qilib, to‘g‘rilab qo‘ydi. Bu oyoq kiyimlarga Fotima onasining ham qo‘llari tekkan bo‘lishi mumkin. Zotan, uning o‘g‘li bo‘lishining o‘zi yetarli edi. Unga qilingan xizmat, Fotimaxonimga qilingan xizmat demakdir .
64


***
Bolasiga yetarlicha mol-mulk qoldirgan, katta boylik to‘plagan ota o‘zi yaratishga mas’ul bo‘lgan kelajakni ta’minlagan sanaladimi?
Insonning ruh va badandan paydo bo‘lgan bir mavjudot ekanlngini qabul qilgan, uning faqat oddiy bir moddiy borliq emasligini tan olganlar bu savolga ha deb javob berishlari mumkin emas. Oqshom tushgach, hisobsiz mol-mulk ustida boyo‘g‘lidek tunaganlar bunga misoldir. Ammo bolasini qoldirgan moliga, undan ham muhimrog‘i shaxsiga, nafsiga hokim bo‘ladigan odob-axloqqa o‘rgatganlarga e’tiroz yo‘q. Bular zurriyotlari istiqbolini ta’minlash yo‘lida ilk qadam tashlaganlar, ularni borishlari zarur mo‘ljal, manzil sari yo‘llaganlar.
Farzandiga taom yeyish odobini o‘rgatish o‘rniga ovqatni o‘zi yedirib qo‘ygan, velosiped haydashni o‘rgatish uchun go‘dagini velosipedga mindirib qiyaliqdan pastga qo‘yib yuborgan otaning harakatlari qanchalik xato bo‘lsa, mulkni boshqarishni bilmagan bolasini boyligaga boshliq qilib qo‘yish ham shunchalik xatodir. To‘g‘ri, bola yiqilib-turib velosiped minishni o‘rganar, ammo u o‘rgangunicha velosipedning mingulik holi qolmaydi. Otasi qoldirgan boylikdan boshqa hech narsaga ega bo‘lmaganlar xushlarini boshlariga to‘plashlari, qo‘llaridagini sochib-sovurmasliklari uchun yana bir boylikka extiyojmandlarki, bu boylik osongnna qo‘lga kirmaydi. Bu: «Yana kelin bo‘lsam, ro‘zg‘or tutishni o‘rganardim», — deb ikkinchi marta kelin bo‘lishga ko‘z tutgan tul xotinning holatini eslatadi.
Otaning farzandiga qoldirishi mumkin bo‘lgan eng go‘zal, qimmatli merosi odob va tarbiyadir. Bu haqiqatni bilganlar, bolalarini urish o‘rniga adab xivichi bilan tartibga chaqirishadi, intizomga keltiradilar.
Fotimaxonim Husayin, Odila va Samihaga nima bera olishi mumkin? Otasidan qoladigan katta boyliknimi? Yo‘q. Undana otasidan qoladigan boylikka, na bunday boylikning insonga saodat keltirishiga ishonchi bor. Agar boylik saodat deyilsa, faqirlardan badbaxtroq kimsalar bo‘lmasdi. Fotimaxonim ertaga ularni jamiyat oldida va Yaratgan huzurida uyalmaydigan darajada tarbiyalab yegashtirsa, eng qimmatli merosni qoldirgan bo‘ladi. Jamiyat avlodiga, farzandiga mol-mulq boylik qoldirganlarni muborakbod etmaydi. Lekin ularni odob-axloqsiz, vijdonsiz qilib yetishtirsa, tanqid va tahqir etadi. Fotimaxonim shunisiga ishonadi. Ishongani uchun o‘g‘lini haqiqiy o‘g‘il bola, haqiqiy farzand, qizlarini ota-onasiga gap tekkizmaydigan tarzda o‘stirish, tarbiyalash yo‘lidan boradi. Bu oson yo‘l emas. Aks holda, hammaning bolasi ham haqiqiy farzand bo‘lib yetishardi. Hamma ham qoshiq yasay oladi, ammo faqat ustasigina uning sopini qoq o‘rtasidan chiqarishga qodir.
Barcha ayollar ham Fotimaxonim kabi farzand tarbiyalashning, uni iftixor krlingudek bir tarbiyaga sohib qila olishning lozimligiga ishonmaydi. Bir ona bolasi och qolsa kasallanishi va oxir-oqibat nobud bo‘lishiga ishonadi. Shu ishonch tufayli har kech, har saxar uyqudan qolib unga ko‘krak tutadi. Issiq to‘shagini tark ettiradigan, uyqudan ko‘z ocholmaydigan, uyqudan totli narsa bo‘lmagan paytlarda ko‘z ochdiradigan bir tuyg‘u va ishonch bor — bu shafqat, «agar emizmasam bolam qiynaladi», degan ishonch. Bu his, shu tuyg‘u onani issiqni-issiq, sovuqni-sovuqdemas-dan bola xizmatiga yo‘llaydi. Fotimaxonimning fikricha, beshikdagi bola sutga qanday ehtiyojmand bo‘lsa, beshikdan turgach tarbiyagaham shunday ehtiyoji bordir.
Tarbiya hech kimga hech qachon zarar keltirmaydi. kesilgan daraxt mehmonxonaga kiritilmaydi.
65


U daraxt maxsus dastgohlarda qayta nshlanib, jihoz shaklida mehmonxonaga kirishi mumkin. Tarbiya hatto hayvonga ta’sir ko‘rsatar ekan, nechun u insonni farishtaga yaqinlashtirib, ulardan ham yuksak maqomlarga ko‘tarmasin?!
Fotimaxonim tarbiyaning ahamiyatiga qisqacha shunday izoh beradi. Shuning uchun bolalarining dars tayyorlashidan tortib, to yaxshi axloq sohiblari bo‘lgunga qadar qo‘lidan kelganicha g‘ayrat qilishiga shubha yo‘q. Masalan, Husayin «tayyorlaydigan darsim qolmadi», deb o‘yinga berilganda shunday derdi:
— Otang do‘konni ochib, uch soat ishlab keyin yopib, aylanib yursa, bo‘ladimi?
— Ona, do‘kon ham yopiladimi?
— Nega yopilmas ekan?! Axir uch soat ichida o‘sha kun tirikchiligiga yetgulik pul ishlash mumknn.
— Mumkin, ammo bu bilan ish bitmaydi. Ertaga chiqadigan qo‘shimcha ehtiyojlar yoxud dam olish kunlaridagi xarajatlar uchun ham ishlash kerak-ku.
— Barakalla, sen ham ertaga bir musulmon muhtoj bo‘ladigan bilimga hozirdan tayyorlan. Bir musulmon uchun bugunga qadar olgan bilimlaring yetib-etmasligini o‘ylab ko‘r. Bilim insonga foydadan boshqa narsa emas. O’g‘lim, o‘ynamoq har kimning qo‘lidan keladi, ammo o‘tirib Allohning qullariga Allohga eltguvchi yulni ko‘rsatish niyati bilan harakat qilmoq har kim bajara oladigan ish emas. Inson qancha harakat qilsa, barakati ham shuncha, — deb Husayinni dars tayerlashga o‘tqizardi.
Boshqa kun do‘konlardagi shogirdlarni misol keltiradi. Ularning ertadan-kechgacha tinmasliklarini, hatto ba’zan ovqatlanishga ham vaqt topolmasliklarini, ularning ham onalarining jondek bolasi ekanini, undan ortiq, yo kam joyi yo‘qligini aytib, ular qanday harakat qilsalar, talaba ham shunday qilishi kerakligini uqdiradi.
Husayin onasining tashviqi bilan darslarni sinfdoshlariga qaraganda yaxshiroq o‘zlashtirdi. Maktab darslari tugashi bilan maslagiga aloqador kitoblar o‘qir, ba’zi narsalarni daftariga qayd etib qo‘yar, onasi aytganiday bundan doim foydalanardi. Ba’zan bir sinfdoshi darsga emas, maslagiga aloqador savol berib sinfdoshlari javob berolmasa, bilganlarini aytar yoki shu savolga daxldor kitoblarni tavsiya qilardi. Boshqa o‘rtoqlari kabi dars tugar-tugamas o‘yinga chopmas, o‘qir, darsda javob berish uchun emas, Alloh rizosi uchun, Alloh qullariga yordamchi bo‘layin deb o‘qirdi. Uyining supurib- sidirilishini Alloh rizosiga bog‘lagan, bundan daftariga savob bitilishini umid qilgan samimiy onaning o‘g‘li bo‘lish shuni taqozo etmaydimi? Bir kun onasidan so‘radi:
— Ona, uy supurish ham Alloh rizosiga bog‘liqmi? Hamma narsa Alloh rizosi bilan izohlanadimi?
— O’g‘lim, Alloh pokiza bo‘lganlarni sevadi. Tozalikni amr etganini tushunib, uyni supurish nega uning rizoligiga sabab bo‘lmasin?! — deb javob berdi va Husayin qanoatlandi.
***
Fotimaxonimning Samiha va Odilaga munosabatini: biri haqiqiy, biri o‘gay bo‘lgan, faqat har ikkisi ham o‘zini haqiqiy hisoblagan ikki opa-singil va bir ona deb tasvirlash mumkin. Ular hamma bolalardan farq qilishmasdi va Fotimaxonim ham ba’zan yaxshi, ba’zan talabchan bo‘lardi. Bolalari orasida raqobat paydo bo‘lmasligi uchun qilni qirq yorgandek noziklik va ehtiyotkorlik bilan adolatli muomala yuritardi. Bu adolatli muomala tufayli hech birining xayoliga «onam meni boshqalardan kamroq yoki ziyodaroq yaxshi ko‘radi», — degan o‘y kelmaydi. Agar kimningdir qalbida shubha tug‘ilsa, bunga sabab Odilaning ko‘zlari boshqacharoq, Samihaning ko‘zlari esa Fotimaxonimning ko‘zlariga o‘xshashligi bo‘lishi mumkin, holos. Ularning maktabga borib-kelishlari ham Husayinga
66


o‘xshash tartib-intizom ichida kechdi. Sinfdoshlariga o‘rnak bo‘ladigan toza qiyofada o‘qishlarini davom etgirdilar.
Bu uyda ikki qizdan biriga olingan kiyimdan boshqasiniki aslo ortiq yoki kam bo‘lmasligiga qattiq e’tibor qilinardi, hech qachon «Samiha kichikroq-ku, unga mana buni olaqolaylik», — deganga o‘xshash ayirmachiliklarga yo‘l qo‘yilmasdi. Hatto Fotimaxonim qizlariga ko‘ylak tikishni bir kunda boshlab, bir kunda tugatardi. Hech qachon oldin birini bitirib, so‘ng ikkinchisini boshlamasdi.
Bu uyda kiyimlari bir xil bo‘lgan opa-singil bor. Opa-singilning ahil yashashlari uchun har qanday sharoit mavjud, aksiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan narsa esa yo‘q.
Agar Fotimaxonimdek onalari bo‘lmaganda ular shu qadar osonlik bilan ahil yashay olarmidilar? Fotimaxonimdan boshqasi uydagi o‘gaylik masalasini shu xilda bildirmasdan hal etishi mumkinmidi?
Fotimaxonimni hamma qatori oddiy bir banda, uning ishlari ham bir inson qiladigan ish, deb qaralsa, boshqa har qanday ayol ham aqlini ishlatib, irodasiga hokim bo‘lib, Alloh roziligi yo‘lida uningdek bo‘la olishiga shubha bormi? Inson vijdonsiz bo‘la olganideq agar xohlasa vijdonli ham bo‘lishi mumkin. Yomon ish qilganidek, yaxshi ish bajarishi ham mumkin. Irodasiga qul bo‘lganidek, hokim ham bo‘la oladi. Qisqasi, bir o‘gay onaning yetimlarga yomonlik qilganchalik yaxshilik qilishga ham kuchi yetadi. Yaxshi o‘gay ona bo‘lish uchun na osmondan tushishning, na zamzamda yuvinishning hojati bor. Ammo biron ael akdidan ko‘ra hislariga tobe bo‘lsa, vijdon azobiga tushiradigan gunoh qilishini hisobga olmaydi.
O’z farzandini kechirgan ona, yetim bolasini avf etishga qodir emasmi? Farzandini bag‘riga bosgan ayol onaligini isbot etsa, yetimni bag‘riga bosgan ona iksonligini isbot etgan bo‘lur. Onalik yuksak tushuncha. Xuddi uning kabi yaratilish paytidayoq fe’liga singdirnlgan marhamat hisobiga u bilan onalik martabasida teng mavqeda turuvchi sanoqsiz maxluqotu mavjudotlar bor, Yetimni bag‘riga bosish esa ulardan farqimizni — insonlikni isbotlash demakdir. Bu martabada insonga tenglashadigan boshqa mavjudot yo‘q. Hatto farishtalar undan pastda, ta’zim etgan holdadirlar. Yaratilganlarning eng sharaflisi insondir. Insondan boshqa barcha maxluqlar ham o‘z bolasini bag‘riga bosishda insonga tenglashishi mumkin. Lekin o‘z bolasidan boshqasini shafqat va marhamat bilan kucha olish faqat nnsonga xosdir. Har qanday ayol ona bo‘lishi mumkin, ammo ularning hammasi ham yaxshi o‘gay ona bo‘lolmaydi. Chunki baland tog‘ning eng yuksak cho‘qqisiga chiqish hammaning ham qo‘lidan keladigan ish emas. Ona o‘g‘il- qizidan hurmat ko‘rishi tabiiy, u bunga haqlidir. Yaxshi o‘gay onani hurmat qilish esa uni bilgan har bir kishining vazifasidir. Onalik shafqati insondagi ochlik, chanqashga o‘xshash tabiiy hol. Bolasiga shafqatsiz hayvon ham deyarli yo‘q. O’gay onalik esa irodani ishlatish natijasidir. Axloq 6u irodani yaxshi va yomon tomonga qo‘llash uchun xizmat qiladi. Ayol faqat ona bo‘lganligi uchun jannatga kirishiga aql bovar qilmaydi. Qanday ona bo‘lganiga qarab va, ayniqsa, yetimni o‘z bolasiday ko‘rgani uchun jannatda payg‘ambarlar bilan bir qo‘lning yonma-yon ikki barmog‘ichalik yaqinlikda qo‘shni bo‘lishi haqida esa mujdalar bor. Fotimaxonim Samihaga nisbatan qanday ona bo‘lsa, Husayin va Odilaga nisbatan ham shunday ona ekanini va inson ekanini isbot qilaolgan. O’n to‘qqiz yoshidagi qarorida qat’iy turdi, yillar davomida qiyinchiliklarga qarshi jasorat ko‘rsatdi. Uning uchun bu bolalarga yaxshi muomala qilish oson, aksincha, yomon muomalada bo‘lish qiyin. Uning fikricha, oqibatda yaxshilik keltiruvchi qiyinchilik zahmat sanalmaydi. Bu dunyoda xayrli ishlar uchun chekilgan barcha zahmatlar so‘nggi nafas bilan barham topadi. Yetimlarga soya bo‘lganlar u Kun soyada bo‘ladilar. Yetimlar soya bo‘ladilar. Onalarining najotlariga sabab bo‘ladilar. Fotimaxonim izlagan narsa mana shudir .
67


Husayin Imom Xatib maktabini yetti sinfini yaxshi bitirdi.
Bir kun Fotimaxonim Xusayinni yoniga o‘tqizdi. Uning nima to‘g‘risidadir maxsus gaplashmoqchi ekanligi yaqqol sezilib turardi. Odila va Samiha bog‘da edi.
— O’g‘lim, bugun sen bilan Odila va Samixa eshitishini istamaganim bir masalani gaplashamiz.
— Gaplashaylik ona, marhamat.
Fotimaxonim dona-dona qilib so‘z boshladi:
— Bu yil o‘n to‘qqizga kirayapsan, o‘g‘lim. Bolaliging ortda qoldi. Endi azamat bir yigit bo‘lding. Past-balandni o‘rganding, yaxshini yomondan ajratadigan bo‘lding. Endi bir haqiqatni bilishingni istayman. Yillar davomida bu haqiqatni sendan, Odiladan va Samihadan maxfiy tutdim, yashirib keldim. Menimcha, bunday qilinishida foyda bor edi. Bugun esa bu haqqatning ochilishida foyda bor deb uylayman va shuning uchun ham aytmoqchiman.
Husayin tashvishlanib tinglardi. Fotimaxonim davom etdi:
— Bundan ancha yillar avval bo‘lib o‘tgan ikki hrdisani eslaysanmi, yo‘qmi, bilmadim. Bir kuni: Bir ayol menga yetimligimni, onamning oti Xayriya ekanligini aytdi», — deganding. Undan ko‘zing mening ko‘zimga o‘xshamasligini eshitgan ekansan. O’sha kun otangdan mening ikkinchn ismim Xayriya ekanini bilganding va masala hal bo‘lgandi. Bir gal: «Samihaning ko‘zlari boshqacha, biznikiga o‘xshamaydi», — deganingda, men senga otangning sochlarining bir qismi qora, bir qismi oqligini ko‘rsatgandim. Bularni eslaysanmi?
— Biroz eslaganday bo‘lyapman, ona.
— Eslayolmasliging ham mumkin. Ammo bilishing lozim bo‘lgani shulki, o‘sha ayoldan eshitganing, har qun holam deb haqqiga duo qilganing Xayriyaxonim sening va Odilaning haqiqiy, o‘zingizningonalaringizdir. Vafot etganiga o‘n to‘rt yilga yaqin vaqt o‘tdi. Men esa sizning o‘gay onangizman, bolam.
Xusayin g‘alati bo‘lib ketdi. Ko‘z o‘ngida yuz-ko‘zi o‘zinikiga o‘xshash ayol paydo bo‘lganday bo‘ldi. Faqat boshlang‘ich maktabdagi snnfdoshi yetim Yilmaz xayolida undan aniqroq gavdalandi. Demak, o‘zi ham unga o‘xshash. Lekin uning yetimligi bilan o‘zining yetimligi orasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin? Farq esa yer bilan osmoncha. Aytgani ikki bo‘lgani yo‘q. Yilmaz chekkan jafolar esa, eh-he... Nimasi o‘xshash buning?! Uning onasidagi insoniylikdan uzoq fe’l bilan o‘z onasining farishtalarga yaqin sifatlari orasida tog‘larcha masofa bor.
— Ona, hazillashmayapsizmi?
— Nega xazillashay, o‘g‘lim?!
— Ammo, bizning nimamiz yetimga o‘xshaydi? Samihaning nimasi o‘zingiznikiyu, bizning qaerimiz o‘gay?! O’gay bo‘lsak shuncha vaqtdan beri bilinmasmidi?! Sizning ismingizXayriya emasmi?
— Mening asosiy ismim Xayriya emas, o‘g‘lim. Bu uyga kelgach, onangni Xayriya ekanini eshitsang, hayronu xafa bo‘lmagin deb o‘zimga Xayriya degan ikkinchi ismni oldim. Sizning o‘gaylarday o‘smaganligingizga kelsak, otangga turmushga chiqishimning asosiy sababi sizning yetimga o‘xshamasligingizni, yaxshi unib-ulg‘ayishingizni ta’minlash edi. Yillar davomida sizni o‘z zurriyotim sifatida bag‘rimga bosish, sizga yetimliklaringizni sezdirmaslik uchun ko‘limdan kelganini qildim. Agar o‘zim bexabar qusurlarim bo‘lsa, Alloh kechirsin, sen ham menga buni anglashim uchun yordam ber, qo‘zichog‘im. Husayinning qo‘zlari yoshlandi, Bu onaning o‘gay emas, o‘z onasi bo‘lishini shu qadar istardiki...
— Endi nima bo‘ladi, ona? Bundan keyin biz o‘gay bo‘lamizmi?
68


— Nega o‘gay bo‘lasizlar, o‘g‘lim? Bugungacha sen o‘zimning o‘g‘lim eding, bundan buyog‘iga ham shunday bo‘ladi. Odila bugunga qadar o‘z qizim edi, qizim bo‘lib qolaveradi. Bugun ushbu sirni xaqiqiy onasini tanisin va uning haqqiga duo kdlsin deb ochdim. Butungacha ushbu vazifani men bajarib keldim. Uning haqiga har kun tilovat qildim, duo o‘qndim. Istagim, bugundan boshlab sen ham shunday qilsang.
Fotimaxonim bir-ikki lahza nafas rostlab, yana davom etdi:
— Bugunga qadar buni bilishingizdan biron-bir foyda yo‘q edi. Bo‘yni egik, ko‘ngli siniq bir yetim sifatida ulg‘ayar edingiz. Balki meni ona deb atamasmidingiz?! Xullas, bundan yutqizadigan faqat siz edingiz. Shu sababdan bugunga qadar bu sirni sizlarga ochmagandim. Odila yana bir necha Yil bu sirdan voqif bo‘lmay turgani ma’qul. Sen ham bu hakda unga hech nima demay tur! Hozircha buning payti emas. Uning bilishidan hech qanday foyda yo‘q. Mana, senga so‘zlashni xohlaganlarim shulardan iborat, o‘g‘lim. Onangni tani va unnng uchun tilovat qil.
Xusayin ta’rif etish mushkul bir ahvolda qoldi. Demak, qarshisidagi yillar bo‘yi o‘zlarini gul kabi yetishtirgan, balki istalgan bir haqiqiy onadan ko‘ra ancha-muncha ko‘proq mehr ko‘rsatgan bu xotin o‘gay edi. Aqlini taniganidan beri yashab o‘tgan hayotini ko‘z oldida jonlantirdi. Masalan: Samihaning Odiladan farqli tutilgan biron hodisani eslamoqchi bo‘ldi. Muomalalardan biron-bir belgi axtardi, faqat bular hech bir naf bermadi. Mana ishonish mumkin bo‘lmagan ikki xulosa: Yo bu xabar xato bo‘lishi kerak yoki shuncha yillik o‘gaylik davrida o‘zni o‘gaydan ayirgan, soxta va yasama harakatlar topilishi darkor. Na unisi, na bunisi. O’rtada bir vijdon bor edi va bu vijdonga hech bir bo‘yab-bejashsiz oliy darajadagi onalik mehri, tarbiyasi ko‘rsatilgani ma’lum zdi. Husayin o‘rtadagi munosabatlarda biron-bir soxtalik bo‘lganligini ayta olishi uchun yolg‘on so‘zlashi lozim. O’gay ekanligini bugun aytgan onaning istalgan kimsaning onasidan ko‘ra xurmatga loyiqroq ekanligini juda yaxshi tushunar edi. O’z bolasining o‘qishi, yomonlar bilan do‘st bo‘lmasligi, odamlar orasida uyalmasligi uchun qay ona bu qadar g‘ayrat qilardi?! Qaysi onaning qo‘lidan kelardi bu ish?! Agar ko‘llaridan kelsa, hammasining farzandi ham tarbiyali bo‘lmasmidi?!
O’sha kuni do‘konga borganda otasi undan onasi bilan ba’zi narsalarni gaplashgan- gaplashmaganini so‘radi. Xusayin bor gapni aytib berdi. So‘ng aqliga kelgan bir savolni berdi:
— Xo‘sh, onam bilan marhum onamning qarindoshligi bormidi?
— Yo‘q, o‘g‘lim.
— Tanirmidi?
— Bilmadim. Bilganim shuki, ko‘pchilik o‘z opa-singillarining yetimlariga ham bunchalik qaray olmaydi. Ko‘pincha sizni urmoqchi bo‘lganimda, sizni himoya qnlib, meni uyaltirgan. Sizlarga mendan ko‘ra mehrnbonroq bo‘ldi. Men sabr qilolmagan, sabrim yetmagan paytlarda u sabr qildi. Xasta bo‘lganingizda mendan ko‘proq kuyundi. Sizlardan shikoyat qilganini eslolmayman. Yaxshiligini yuzga solmadi. Bugungi holga kelishingga, Imom Xatib maktabida o‘qishingga sabab bo‘lgan ham udir. O’lgan onang seni tug‘di, sutini emding, ammo seni shunchalar tarbiya qila olarmidi, yo‘qmi, bunisini bilolmayman.
Odilbek qancha yillar davomida insoniylik va muruvvatdan boshqa harakatiga shohid bo‘lmagan Fotimaxonimning bir vaqtlar Qur’oni Karim o‘qimoqni o‘rgatganini aytganida Husayinning ko‘z oldida bu nurli siymo yuksalib, haqiqin onalarning yaxshi jihatlari mujassam bo‘lgan sharaf tojini kiyardi.
Asr namozini birga o‘qigach, Odilbek o‘g‘liga onasining qabrini ziyorat qilishlarini aytdi va yo‘lga tushdilar. Qabriston eshigidan kirisharkan mahzun qiyofali bir askarning chiqayotgakini va salom berib uzoqlashganini ko‘rishdi. Husayin bu askarni taniganday
69