9 - BOB
xabarlar tarqatiladi. Falon artist askarlikka ketayotganmish. Ajabo, askarlikda ham unga o‘z kasbiga aloqador biron vazifa berilarmikan? Agar shunday yo‘l tutishsa, ayni muddao bo‘lardi, chunki ham san’atkor san’atini rivojlantiradi, ham bu bilan askarlarda jangovor ruh uyg‘otib, qo‘shinga katta yordam berardi... Shu kabi og‘iz charchatishdan boshqa sifati bo‘lmagan so‘zlar qatori va ora-sira bu yerda yozishimizga odob tamoyillari yo‘l qo‘ymaydigan kalomlar eshitiladi. Xusayinning fikricha, bu tarzda vaqt o‘tkazish odob va mas’ulnyat tuyg‘usining yetishmasligi va yoki umuman mavjud emasligi bilangina izohlanishi mumkin. Bu so‘zlardan kimga qanday foyda bor yoki ular aytilmay qolgan taqdirda ko‘riladigan zarar ne chog‘li?
Atrofda endigina o‘n besh yoshini qarshilagan oliftachalar seltanglab yurar, yo‘tala- yo‘tala yeqilgan sigaretlarini chekishga harakat qilardilar. Qo‘llari bilan og‘zini berkitishlari tamakining o‘ta achchiq ekanini va shu sabab yo‘talayotganlarini anglatardi. Bu orada parda ochildi. Uch marotaba yangragan ogohlantiruvchi qo‘ng‘irokdan so‘ng film boshlandi. Namoyishdan oldin ko‘rsatiladigan filmlardan parchalar taqdim etilardi. Ularda aks etgan sharmandali bir sahna ko‘rinishi tomoshabinlarning yuraklaridan qaynab chiqqan inqillash yuksalishiga, yanada kuchayib, hayvoniy xirillashga o‘xshagan hayajonli ovozlarning chiqishiga sabab bo‘ldi. Hushtak chalganlar, hatto o‘zini tutolmasdan bor ovozda na’ra tortganlar ham yo‘q emasdi. Bunday filmlarni ko‘rgandan so‘ng yoshlikning qanday mahv etilishini, iffat va nomus tuyg‘ularining qay tarzda ildizlaridan ayrilganini anglamoq uchun xo‘kizning aqli ham kifoya qiladi.
Asosiy film boshlandi. Uning ham ko‘rsatilgan parchalardan farqi yo‘q edi.
Xu sayin haftaning ikki-uch kunini kinoteatrda o‘tkazadiganlar sirasiga mansub emasligi uchun film texnikasi haqida aytadigan gapi yo‘q. Uning odobi esa o‘zi bilmaydigan sohada so‘z aytishiga to‘sqinlik qilardi. Faqat o‘z sohasidan kelib chiqib, bir-ikki og‘iz so‘z bilan bahsga aralashishga ham kishining haddi sig‘maydi.
Bunday filmlar axloqsiz, odobu tarbiyasiz kimsalar uchun ko‘ngil ochish vositasi bo‘lishi mumkin. Lekin bular Xusayin kabi oila tarbiyasi va Imom Xatib maktabi tahsilini o‘zaro uyg‘unlashtirgan, sharafli bir musulmon bo‘lish orzusi bilan urgan o‘spiringa ko‘ngilxushlik vositasi bo‘lishi qiyin. Bu filmlar adab va hayo yo‘lidan uzoqlashtirishi va darslardan chalg‘itishi mumkin. Husayinning bu filmdan olgan yolg‘iz sabog‘i: boshqa qaytib bunday fil’mlarga kelmaslik va vaqtni zoe ketkazmaslik bo‘ldi. Bu razolatni tomosha qilish uchun ketgan pulchi? Bu pulga bir faqir tushlik qilishi mumkin edi. Filmni yarmida tark etmoqchi ham bo‘ldi, ammo o‘rtoqlari bilan filmni tanqid qilish uchun kutdi, sabr qildi.
Qolaversa, bir necha kishini «kino» kasalligidan qutqarish ham yomon ish emasdi. Lekin butun Turkiyada har kun ikki yuz mingdan ziyod kishi vaqtini kinoda o‘tkazishi nazarda tutilsa, Husayinning o‘rtoqlariga qiladigan yaxshiligi dengnzdan tomchi deyish mumkin. Shuncha odamni kinodan qaytarish xayoliy bir gap edi. Yoshlikning go‘yoki sel kabi kinoxonalarni, maydonlarni to‘ldiradigan 6u davrida mazkur maqsad yo‘lida urinishlar suvdan yog‘ chiqazishga urinishdek bir gap edi. Qaniydi, aqlli va o‘ziga to‘n; musulmonlarning bir guruhi din, diniy va axloqiy mavzularda film ishlab chiqaradigan shirkat tuzsalar. Ko‘pchiligi masjidga faqat o‘lganida bir necha kishining yelkasida ziyorat qlish uchun birinchi va so‘nggi marta keladigan bu kishilarga kinoteatrlarda ko‘rsatiladigan filmlar orqali din va axloq tuyg‘usini yaxshiroq yuqtirish mumkin. Bunday yo‘l tutish qayoqqa ketayotganini o‘zi ham bilmaydigan ko‘plab yoshlarga yo‘l ko‘rsatgan va ularni halokatdan qutqargan bo‘lardi.
Chiqqach, film ta’siri bilan suhbatlashgan do‘stlarning hayajoni bosildi. Husayin tengdoshlari bemalol tinglashiga ko‘zi yetgach, so‘z boshladi va fikrlarini anglatdi. Tinglayotganlar qatorida yuzida mamnuniyat aks etganlar bor edi. Hech
56
xushlamayotganlarini bildirayotganlar, anglatayotganlar ham topilardi. So‘zlarini tugatganda ilk e’tiroz baralla eshitildi:
— Xo‘sh, Husayin, biz hech dam olmaymizmi, ko‘ngil ochmaymizmi?
Husayinning javob berishiga o‘rin qolmadi, Bir jo‘rasi:
— Dam olishga haqqimiz bor. Ammo dam olyapmiz deb bunaqa odob va axloq yo‘llariga pistirma qo‘ygan filmlarni ko‘rish ham har holda dam olish bo‘lmasa keraq Dam olish faqat film tomosha qilish deganimi?! Ko‘ngil ochish-chi? Mening axloqimni buzmaydigan, nomus va iffat tuyg‘ularimni orttiradigan, mehnatga nisbatan kishida kuch-quvvat, g‘ayrat, muhabbat uyg‘otadigan filmlar bo‘lsin, biz ham ko‘ramiz, biz ham qutlaymiz. Husayin bu suhbatning foyda berayotganini ko‘rib mamnun bo‘ldi. Bundan keyin kinoga haftada bir borishga qaror qilindi. Kino uchun ketadigan qolgan pulga kitob olinib, harakatchan, tarbiyali va faqir bir do‘stga hadya qlindi. Hadya etganlar ko‘nglida pulni behuda xarjlamagani, yaxshi ish qnlganidan huzur bor edi.
Keyinroq ham Husayin sinfdoshlari bilan bu mavzuda makggab ichida kengroq tashviqot yuritishga kirishdi. Kino pullarini xayrli yo‘lga sarflamoqqa rozi bo‘lganlarning g‘ayrati bilan kutubxona tashkil etish qarorlashtirildi. Kitob javoni usgiga «Bu kitoblar kinoga beriladigan pulga olindi degan yozuv ilindi.
Husayin kinoga borganini bir hafta o‘tgach, onasiga aytdi. Hodisani bir boshdan gapirib berdi. So‘zlarini tugatganda Fotimaxonim o‘g‘lining sochlarini siladi:
— Mamiun bo‘ldim, o‘g‘lim, hursand bo‘ldim. Umid qilamanki, har kun bir yangi yaxshilik eshigani ochgaysan. Shu yo‘lda mashg‘ul bo‘lasan. Har yaxshilikni yolg‘iz Alloh rizosi uchun ado etishga g‘ayrat qilgaysan. Faqat sendan istaganim bir yaxshilik qilganingda, nega ko‘proq qilmadim, nega kech qildim deya Allohdan kechirim so‘ra. Men o‘g‘limni shunday ko‘rmoqni istayman. Shunday ko‘rsam, quvonaman, bolam.
Husayin onasining bu yuksak tuyg‘usi, nozik hislari qarshisida erib ketdi. So‘zlari go‘zal, o‘zi so‘zidan yaxshi bo‘lgan onasining Qur’on axloqi bilan nurlangan yuziga shukrona va minnatdorlik hislari bilan boqdi. Bu iz umr bo‘yi Haqqa qul bo‘lmoq sharafi bilan porlab, faqat Haq ne’matlari qarshisida loyiq ibodat etolmaganining, munosib qul bo‘lolmaganining ranjidasi bilan yonardi.
Hafta davomida yaxshilik qilgani uchun sevingan, o‘ziga sig‘may yurgan Husayin endi qarshisiga xar kun yangi fazilat bilan chiqqan onasiga loyiq o‘g‘il bo‘lmagani uchun kuyinardi. Uning ko‘k ko‘zlariga tikilib bir on o‘yga toldi. Har narsaga ibrat nazari bilan boqqan, samimiyligiga to‘lib-toshgan 6u ko‘zlar uning bepoyon ummonlarni tamsil etgan pokiza ruhiga tarjimonlik qilganday. Tolg‘in ko‘zlaridan sizgan ikki tomchi yosh Husayinda so‘z bilan tushuntirish mushkul bo‘lgan his va o‘ylarning dolg‘alanganini bildiradi. Birdan o‘z ko‘zlarining ham bu ko‘zlar kabi moviy bo‘lmaganidan ranjiganday bo‘ldi. Qanday g‘alati holki, onaning ko‘zlari moviy, o‘g‘ilniki qora! So‘ngra Alloh taolo har narsaga qodirligini, kuruq tuproqdan yuzlab tur meva, giyoh va gullar yetishtirgan Allohningbu ishda ham bir hikmati borligini o‘yladi. Ko‘z rangi jihatidan emas, axloq va tushuncha tarafidan unga o‘xshshi kerakligini xotirladi. Necha ko‘zlari ko‘k odamlar borki, pokiza axloqqa daxldor emas.
Husayin shularni o‘ylaganda azon ovozi asr kirganini, har xil mashg‘ulotlarni qo‘yib, Yaratgan huzurida turish kerakligini e’lon etardi.
***
Imom Xatib maktabining to‘rtinchi sinfiga o‘tganda dars tatbiqoti sifatida hutba o‘qish vazifasi topshiriladi. Husayin qanday mavzuni olish kerakligi haqda bir qarorga
57
kelolmasdi. Ilk daf’a xutba juda ham hayajonli edi. Xayolida ba’zi mavzular jonlanar, lekin hech biriga ko‘ngli chopmasdi.
Asrdan so‘ng maktabdan qaytarkan ko‘zi yerda, xayoli mavzu tanlash bilan mashg‘ul. O’ylay-o‘ylay og‘ir-vazmin odimlardi. Yonidan o‘tayotganlarning ayol, erkakligini farqlamasdi.
— Xusayin, yo‘l bo‘lsin! Boshini qo‘tardi.
— Qalaysan, Husayin?!
— Xudoga shukur. Tinchliq O’zing qalaysan?
— Allohga shukur. O’ychan ekansan.
— Shukur, yaxshi. Yomon emas.
— Alloh yaxshilikdan ayirmasin.
— Omin.
Ajrashdilar. Ora-sira ko‘rishib turadigan samimiy do‘sti. Yurishda davom etdi. Eski o‘ychanlik tarqalib ketdi.
Bugun chorshanba, Cho‘rim bozori qizg‘in. Yo‘llar odatdagidan ko‘ra tiqilinch. Yaqin qishloqlardan kelganlar endi ketmoqchiligini ma’lum qilganday magazinlari oldiga qo‘ygan yuklarini hozirlashmoqda. Doira (aylana do‘kon)lardan bir oz erta chiqqan ayol- erkaklar qo‘llarida to‘rxalta olib bozorga shoshilibroq ketishmoqda. Eski hokimiyat binosi bo‘lgan tarafdan Qubbali Jom’e yo‘nalishida kelgan avtobus yomg‘ir suvlarini sachratmasin deya bir chetga chekinib, o‘tib ketishini kutib turdi.
Jome’ ro‘parasidagi magazinning yonida cho‘kkalagan kampir Xusayinning diqqatini tortdi. Ustidagi liboslar faqirligiga, yuzidagi ajinlar umr bo‘yi mashaqqat chekkaniga dalolat edi.
Oldida bir savat bor edi. Bir ko‘li bilan savat tutqichidan ushlab, shu qo‘li ustiga peshonasini suyab turar, chuqur-chuqur nafas olardi. Oldidan o‘tgan avtobus sachratgan suvlari bezovta qilmas yoxud chekinmoqqa toqati va majoli yo‘q edi. Boshini kutardi. Atrofdan o‘tayotganlarga yordam umidida bokdi.
Shu orada oldidan o‘taetgan ochiq-sochiq xotin uni turtib, chetga itardi va yo‘lida davom etdi. Uch qadamcha yurib, yana qaytdi, sumkasidan hamyoninn olnb, undan kampirga pul uzatdi. Bu payt Husayin ham ularga uch-to‘rt qadamcha yaqinlashib qolgandi, Momo avval qo‘liga tushgan pulga, so‘ng uni bergan ayolga qaradi, pulni qaytardi:
— Tilanish uchun o‘tirganim yo‘q, charchadim, — dedi. Pokiza insonlarga yarashadigan muomala edi bu. Tilanadigan ahvolga tushmaguncha bu yo‘l bilan qorin to‘ydirishni munosib ko‘rmaslik doim ham uchraydigan fazilat emas. Bu pul olinsa ne bo‘lardi? Bergan ham, olgan ham zarar qilmasdi. Ammo «mendan muhtojroqlar bordir» deya zirqiragan vijdonga ne deymiz?
Ko‘cha boshlarida o‘tirib kelgan-ketganga qo‘l ochganlarni, kechgacha zshikma-eshik kezganlarni o‘iladi Husayin... Bu odamlar o‘rtahol hunarmand yoki do‘kondorni ortda qoldiradigan pulnn qo‘lga kiritishmoqda...Hatto bular orasida bozorma-bozor kezadiganlari ham bor. Bir necha kun burun bir baqqol bitta tilanchini dushanba kuni Majido‘zuda, seshanba kuni Singurluda, Chorshanba kuni Ko‘hna (So‘rgun)da, payshanba kuni Olachada, juma kuni Cho‘rumda ko‘rganini aytgandi.
Bunday mablag‘ tikish talab qilinmaydigan «san’at»ni kim ham sevmaydi. Sarmoya yo‘q, soliq to‘lash yo‘q, «bo‘sh turgan qo‘lni Alloh sevmaydi», deya eshiqdan-eshikka sang‘ib, do‘kondan-do‘konga izg‘ir va bir-ikkita duoni ming‘nrlashdan iboratmi bu «san’at». Bunday tilanchilikning qanday qiyinchiligi bor?
Xo‘sh, toptalgan or-nomus, yo‘qotilgan odob va iffat tuyg‘usig‘a nima deysiz? Bularning hech qanday qadri yuqmi?
58
Yo‘q, aslo yo‘q!.. Uyatning ko‘chalariga allaqachonlardan buyon qadam bosmagan, «Xudo bersin!» —degan javobni eshitgach ham ketishni xayoliga keltirmagan, shilimshiq kabi yopishqoq, ko‘z ostiga olgan odamini zuluk kabi so‘rmagunicha ko‘ngillari joyiga tushmaganidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilgan tuyg‘ular ular uchun bir necha harflarning yig‘indisi — quruq so‘z, holos.
Ammo insonlikning asl mohiyatini anglaganlar uchun odob va iffat so‘zlarining ma’nolari dunyodan va dunyodagi barcha narsalardan benihoya qimmatlidir.
Mana, momoning berilgan sadaqani olmagan paytda his etgan ruhiy holati. Agarda bu pulni olsa, ikkinchi marta berilgan sadaqani olishi osonlashadi, bu esa uchinchisini olishga xohish uyg‘otadi va shu tariqa poyoniga yetishiga juda oz fursat qolgan umr tilanchilik bilan yakun topadi. Bu esa umr bo‘yi xayoliga ham keltirishni istamagan mudhish bir yakun.
Yalang‘och xotin bir soniya turdi, so‘ng yo‘lida davom etdi. Husayinning yonidan o‘tar ekan: «Bular odam bo‘lmaydi», deya g‘udranmoqda edi. Xusayin chidab turolmadi:
— Xonim afandi, odam bo‘lishlari uchun tilanchilik qilishlari kerakmi?
Xotin hayron bo‘lib, Husayin tomonga qayrildi:
— Bir nima dedingizmi?
— Odam bo‘lishlari uchun tilanchilik qilishlari kerakmi, degandim.
Xotin savolga «ha» deb javob berolmadi. Gapni cho‘zmaslik uchun bo‘lsa kerak, yo‘lida davom etdi. Husayin keksa xotinning yoniga kelib:
— Hola, istasangiz yordamlashay, savatingizni uyingizgacha olib borib beraqolay, — dedi.
Ayol boshini ko‘tardi. Qarshisida ochiq chehrali yigitcha turardi. Unga minnatdor nigoh tashladi:
— Alloh sendan rozi bo‘lsin, bolam. Madorim butunlay quridi. Ozroq yordamlashib yuborsang, yana o‘zim olaman, — dedi.
Savatdan qo‘lini olib, ikki tizzasiga tayandi. Butun kuchini qo‘llariga va tizzalariga to‘plab, kuchanib o‘rnidan turdi. Husayin savatni oldi. Juda og‘ir emasdi. Lekin kampirni bemalol charchata olardi. Birga mahalla oralab yurdilar. Kampir ora-sira «Alloh murodingga yetkazsin!», deb duolar qilib borardi. Lekin Husayin savatni duo uchun emas, dinning muhtojlarga yordam etish yo‘lida bergan amrini bajarish, insonlik vazifasini ado etish uchun ko‘tarib borardi, Albatta, uning duo etishiga ham qarshi emasdi. Yoshlikda Alloh rizosi uchun bir keksaga yordam bergan kishi, o‘zi keksayganda yordam beradigan yoshlarning topilishiga ishonardi.
Bu ayol o‘rnida o‘z onasi bo‘lganda, bu aziyatni u chekkanida nima qilardi? Uning shu ahvolda emasligiga shukr qilishning yagona yo‘li bu ayolga va u kabilarga yordam bermoqdir. Bundaylarni ko‘rib, o‘ziking ahvoliga shukr etib o‘tib ketmoq o‘ysizlik, beparvolik sanalishi kerak. Agar boylarning molida faqirlar uchun Alloh tarafidan belgilangan haq bo‘lsa — Husayin bu haqning borligiga ishonardi — xuddi shunday yosh va sog‘lomlarning kuch-quvvatida keksalar va ojiz-zaiflar uchun tayin etilgan haq ham bor. Bu yordam tan kuch-quvvatining zakotidir. Bu muruvvat va insonlik tuyg‘usining yuksak nuqtasidir.
— Uyim shu yerda, o‘g‘lim, Alloh sendan rozi bo‘lsin! Bu so‘z Husayinning xayolini bo‘ldi. Savatni eshik oldiga qo‘ydi. Eshikning turishi uyning xarobligidan xabar berardi.
— O’g‘lim, sening oting nima? Kimlardansan?
— Nima qilasiz, hola?
— Bir yo‘lim tushsa, uyingizga kirib, sendan ko‘rgan yaxshiligimni onangga aytardim.
— Shart emas, hola. Men onam eshitishi uchun emas, Alloh rizosi uchun yordamlashdim. Onamni xursand etishni istasangiz, haq yo‘ldan ayrilmasligi uchun duo qiling.
59
Husayin ketdi. Eshikdan ichkari kirgan momoning ko‘zlari yoshli edi. Bu yoshning sababi o‘zining kuchi yetganda boshqalarga yordam etolmaganlik pushaymonidan edi. Boshqa birov bu yeshlarning sababini yaxshnlik qilishni sevadigan bir insonni uchratganidan paydo bo‘lgan tuyg‘ular tufayli deb tushunishi mumkin. Hech tanimagan bnr bola yukini ko‘tarib keltirib bergani va o‘z nevarasidan bunday olijanoblik ko‘rmagani nazarga olinsa, insoniylikdan uzoq bo‘lgan nevaradan haqorat ko‘rishi, og‘ir so‘zlar eshitishi, katta ona o‘rniga «sassiq kampir!» deya baqirishi, o‘zining shu ahvoliga rozi bo‘lib shukr etishi hisobga olinsa, ikkinchi qarashni oldinga surganni haqli deyish ham bemalol mumkin.
Husayin keksa ayoldan ajrashgach, uyga keldi. Ko‘z oldida kechgan va ikki ayolning bahsi yaxshilik va yomonlik kurashiga o‘xshagan bu hodisani o‘ylamasdan bo‘lmasdi. Uyimda bir haftaga yetgulik yeguligim bor deb berganni olmaslik buyuk fazilatdan darak bo‘lsa kerak. Momoning o‘sha yuqori tabaqaga mansub kibor xotinni sharmanda va parishon qilishiga nima deysiz?! Bular bir zamonda yashagan ikki guruhga mansub ayollar timsoli. Bir tarafda erining ko‘z o‘ngida ochiq-sochiq holda ko‘cha kezgan va o‘zidan balandga egilib, zaifni surib o‘tadigan, amal-taqal qilib turmushga chiqib olgan hayosizlar; ikkinchi tarafda og‘zidagi nonni birovga ilingan, tizzasidagi yarani o‘z tug‘ishganiga qo‘rsatmoqdan or qilgan, uyalgan, nomusini boshiga ko‘targan, nomus uchun hayotini seva-seva fido qilishga tayyorlar...
Husayinning onasi ikkinchi guruhga mansub. Bu guruhning timsoli — munosib qobiliyatli, qiladigan ishini o‘ylab, mutlaqo Alloh rizosi uchun ado etadigan bir ona...
Bu yil o‘n oltiga kirgan Husayim, shu choqqacha tasodifan bo‘lsin, onasini boshi ochiq yoki yalang‘och holda ko‘rgani yo‘q.
Husayin onasiga shohidi bo‘lgan hodisani aytib bergach, so‘zini shunday tugatdi: «Mening onam, onajonim, bilsangiz, sizni shunday yaxshn ko‘ramanki... Mening yonimda go‘yo bir begona borday doim o‘ranib, yopinib yurasiz».
— O’ranishimni «mendan chekinish» deb o‘ylaysanmi? Onalar o‘g‘illaridan chekinib o‘ranmaslar, men ham sendan chekinmasman. Seni nomahram sanasam, kimim qolur mening bu dunyoda?! Sen bo‘lmagan paytlarda, Odila va Samihaning yonida ham shu holda bo‘laman. Ular oldida ham boshim o‘rog‘liq yuraman, yolg‘iz qolganimda ham shu holdaman.
— U payt kimdan qochib, o‘ranasiz?
— Bil. O’zing bil kimdanligini!
Fotimaxonim Husayinga yoshligida dugonalariga bergan javobni aytdi. Shu qadar samimiy so‘zlagani o‘n yillardan keyin ham tasdiq bo‘ldi.
Husayin bu yil to‘rtinchi sinfda, o‘n kundan keyin keladigan jumaga xutba o‘qish uchun tayyorlanish topshirilganini aytgach:
— Qaysi mavzuni tanlasam, ona? — dedi.
— Hozirgina aytganlaring go‘zal mavzularku, o‘g‘lim? Bularning boshi moda. Moda haqida tayyorlan.
Haqiqatan go‘zal mavzu topilgandi.
***
O’n kundan so‘ng juma namozi uchun minoralardan taralgan azon sasi mo‘minlarning juma ekanini unutmasliklarini ta’min etarkan, uyning bir burchida, joynamoz ustida, butun borlig‘i bilan yaratganga yuzlanib, o‘g‘li o‘kiydigan hutbada yanglishmasligini, shu xutba sababli yo‘llaridan adashganlar yana haq yo‘lga va o‘zlariga kelishlarini duolar qilgan bir o‘gay ona bor edi. Yillar davomida, qat’iy iroda, tuganmas sabr va o‘gay emas,
60
haqiqiy ona mehri bilan bag‘riga bosgan yetimini endi jon-jonidan va chin ko‘ngildan duo etardi. Oradan kechgan o‘n bir yil vaqt uni et bilan tirnokday bolalarga bog‘lab qo‘ydi, ularning o‘gayligini deyarli unutdi. Endi Alloh madadini tilagan gul yuzli farzandiga «menga oxiratda shafqatchi, shafoatchi bo‘ladi, degan ezgu umid bilan boqar,unga onalik muhabbati bilan bir navbatda alohida ma’naviy mehr ham ko‘ygandi.
Birozdan so‘ng o‘g‘lidan xabar kelishi kerak. Tongda har kungiday alohida bir hayajon bilan yo‘lga chiqararkan, ko‘lini o‘pgan bolasini:
— Alloh madadkor bo‘lsin, gunohkor onangni ham duo qilishni unutma, o‘g‘lim... — deb kuzatdi.
Jome’ liq to‘lgan. Odilbek o‘g‘lini ko‘rib hayajonlanmaslik uchun ustun orqasida yashiringanday bo‘lib o‘tiribdi. Bir zamonlar Erdolbekning so‘zlariga ishonib va aldanib Imom Xatib maktabiga berishni istamagan o‘g‘li to‘rt yillik tahsil mevasini ko‘rsatishi, otasi uni aynan shu maktabga bergani uchun mamnun etishi keraq
Juma quniga maxsus azon aytib bo‘linganda minbarda sekin oyoqqa turgan o‘g‘lini ko‘rishi bilan qo‘zlarida paydo bo‘lgan ikki tomchi yoshni artishni lozim topmadi.
Xalq shunday o‘n olti, o‘n yetti yoshlilar o‘qigan xutbaga odatlandi. Necha yilki, endi din ilmini unutay deganida bahor chechagiday yigitlarni tinglash zavqu hayajonini tota boshladi.
Xutbaning arabcha qismini yoddan o‘qigan va turkcha qismiga kelgan Husayinning ovozi sekin-sekin ko‘tarila boshladi. Ko‘zlaridan yoshlari sizilib, vnjdonlari oldida tillari qisiq, boshlari ham bo‘lganlarning boshlari ko‘ksilariga tag‘in ham enib borardi.
Turkcha qismini, siz hurmatli o‘quvchilar bilan birga tinglamoqni ravo ko‘rdik:
Muharam musulmonlar! Xutbamiz moda haqida. Bu millatni moda balosi mahv etgan. Moda atalmish bexosiyat odatlar keltirgan baloyu gunoh dunyo va oxiratda bizga yetib, ortib ham qolur. Oilamiz islom odatlari bilan idora etilgan, odamlarimiz Allohtsan ko‘rqan, millatimizga otalarimizning odatu an’analari hokim bo‘lgan zamonlarda rohatda ediq har sohada yo‘limiz ochiq edi. Bugun yo‘llarimiz emas, ayollarimiz ochiq. Islom odatlariga emas, ingliz, frantsuz va boshqalarning odatlariga, Rasulullohning amrlariga emas, Ovro‘podagi kimligi noma’lum, qandaydir axloqsizning xohishiga bo‘ysunamiz. Ayni o‘rinda Payg‘ambarimizning bir hadisi sharifini naql etish joiz. Marhamat qiladilarki: “Kim qaysi qavmga o‘xshasa, o‘shalardandir!»
Agar Rasulullohning amrlariga modaga ahamiyat berganimiz kabi munosabatda bo‘lganimizda edi, ko‘plab pokiza va haqiqiy musulmon kishilar yetishardi. Agar modaga ketgan isrof, faqiru fuqaroga xarjlansa, necha bag‘ri yaraga malham, qancha ko‘ngli yarimga xursandchilik bo‘lardi. Yilda bir necha bor o‘zguradigan modaga sarflangan xarajatlarning hisobi yo‘q, «Bu yil oq libos kiyiladi», deyildimi tamom... amr — amrdir. Kuchi yetgan-etmaganning ustida oq libos bo‘lishi shart. «Bu yil oyoq kiyimlarning tovoni bir qarich bo‘larmish, liboslarning etagi tizzasidan bir qarich yuqori chiqarmish, sochlar falon shaklga kirarmish», deyilganidan so‘ng past poshnali oyoq kiyim, etagi tizzani, oyoqni bekitadigan libos qidirib ko‘ring-chi. Modaga berilgani uchun o‘zini maymunday turli qo‘rinishga solgan qanchalab kishilarning aslida uyida yeyishga tuzuk- quruq taomi yo‘q...
Lekin biz ularki emas, modani boshlab beradigan boylarni aybdor deb bilamiz. Ilgari vaqtlarda to‘yga keta turib faqirlar o‘ksinmasin deya ziynatlarini taqmagan, havaslanib, ko‘ngli tushmasin, og‘rinmasin, xarajatga qiynalmasin deb hashamdor kiyinmagan olijanob insonlar bo‘lgan ekan. Endi esa o‘zidan boshqani o‘ylamaydigan, barcha fazilati cho‘ntagidagi puldangina iborat bo‘lgan boylarimiz bor. Bugun har to‘y uchun alohida kiyim tiktirmasa uyaladigan, o‘n besh, yigirma bosh kiyimni kam deydigan ayollarimiz mavjud.
61
Butsdaylarga Rasulullohning qizida faqat bir bosh libosi bo‘lganini eslating. Bugun ustiga kiyishi uchun eng oddiy libosni topishga ham qiynaladigan, «bir muruvvat sohibini yo‘lla, yo Rab», deya ingrab, iltijo qilayotgan qancha ayollar borligini eslating. Insonlik sharafi va fazilati boylarning kim o‘zarga kiyinishi, bo‘ylashib, bahslashishida emas, balki ochlarni to‘ydirish, yalang‘ochlarni kiyintirishda ekannni tushuntiring. Modaga sarf etnlayotgan har tiyinning Alloh huzurida hisobi, javobi borligini aqllariga joylang. Janoblar, hikoya demang.matal-cho‘pchak deb tinglamang, uyiga haftada go‘sht kirmagan, issiq sho‘rva ichmagan, to‘yib ovqatlanmaydigan qanchalab dindoshlarimiz bor... Biz qish kunlari issiq pech yonida iliqqina o‘tirar ekanmiz, quruq, sovuq qozonlariga ko‘zyoshlari tomgan birodarlarimiz qancha?! O’ylab ko‘rsak, din va axloqiy jihatdan bizdan ko‘p yuksak. Alloh huzurida bizdan sharafliroq qanchalab birodarlarimiz biz qorin to‘qligidan me’damiz bilan mashg‘ul paytlarimiz ochliqdan qiynalayotgan bo‘ladilar .
Muhtaram musulmonlar!
Bilamizki, shunday boylarimiz borki, kunda yuzlab lira foyda ko‘radilar, har kun go‘sht, yog‘ va asalga bo‘kadilar, tag‘in hech narsaga erishmaganidan, xuzur topmaganidan, bir millioni ikki millionga chiqmaganidan shikoyat qilishadi. Bundaylardan muruvvat kutmaymiz. Faqat boy xotinlarining tirnoq bo‘yog‘iga xarjlaganicha pul topish uchun eshikma-eshik yurib odamlarning kirlarini yuvishga majbur bo‘layotganlarni unutmaylik. Ayrilishni istamaganimiz bu dunyodan yolg‘iz kafan bilan birga ayrilar ekanmiz, yonimizdan yaxshiliklarimiz, ibodatlarimizgina joy olishini, oxiratda bizga yeganlarimiz emas, yedirganlarimiz, kiyganlarimiz emas, kiydirganlarimiz foyda keltirishini unutmaylik.
Modomiki, el eshigida tilanchi emas ekanmiz, bunga shukrona o‘laroq, un, o‘tin topolmagan, holini birovga arz etolmaganlarni yo‘qlamasak, yordam bermasak, Allohning so‘roqlariga qanday javob beramiz? Ertaga, qilgan isroflarimizning gunohlari qarshisida ter to‘kib, pushaymon bo‘lmasdan burun o‘zimizga kelaylik, bu xil qashshoqlikning va isrofgarchilikning oldini olaylik.
Husayin xutbasini bitirganda, kishilarning ko‘nglida uyg‘ongan to‘lqinlanish, yuraklarni to‘ldirgan hayajon tuyg‘ulari bu xutbaning odamlarga juda yoqqanidan darak berardi. Ammo xutba tinglovchilarga yoqish uchungina emas, xalqqa ta’sir etish, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun o‘qildi. Shu sababli xutbaning ta’sirini o‘sha kungi tilga tushish, Odilbekni do‘koniga kelib tabriklab ketgan xesh, do‘stu aqraboning e’tibori bilangina o‘lchamoq to‘g‘ri bo‘lmasa kerak.
Bundan keyin yonida yarim yalang‘och qizini yoki nabirasini tartnbga chaqiradiganlar bo‘ldimi yoki bo‘ladimi? Xotinini bezatilgan molday yotoq kiyimida namoyishga chiqargan erkaklar bu kimlarga taqlid ekanini tushunib, tushuntiradimi? Bu chirkin harakatlarga barham beriladimi? Yuzlaridagi or va nomus hissini chaplangan bo‘yoqlar hamda upa- eliklar yo‘q qilib yubormaydimi? Davron yana eski davronligicha qolaaersa, u Kun uchun ko‘zlardan tomgan ikki tomchi yosh bilan ikki tomchi suvning farqi qolarmikin?
Jome’ning imomi uni tabrikladi, bir oqsoqol nuro-iy chol quchoqlab, ko‘zlaridan o‘pdi. Jome’dan chiqarkan Husayinning oyoq kiyimini qo‘yarda-qo‘ymay to‘g‘rilagan o‘n sakkiz yoshli yigitning samimiyati-chi?!
— Men o‘qiyolmadim, hech bo‘lmasa bitta o‘qiganning oyoq kiyimini to‘g‘rilash savobidan mahrum bo‘lishni istamayman.
Bu o‘spirinni Husayin tanimaydi. Ammo Fotimaxonim uni uzoqdan bo‘lsa-da ko‘rganda edi, Ismoilning yosh chehrasi, g‘amgan nigohi uning ko‘z o‘ngida namoyon bo‘lardi. Ha, bu yosh yigit o‘sha Ismoil edi. Qarshisidagi o‘zidan ikki yosh kichik Husayin bir zamonlar har yegan tayog‘idan so‘ng ko‘zlarini silab artgan Fotima opasining o‘gay o‘g‘li ekanini
62