eskichiga sotib yuborishdi, u uni olib ketdi-da, maydalab pullab yubordi. Tun bo‘yi yomg‘ir tinmadi. Ertasiga osmon charaqlagan va havo iliq edi.
Mart 2000 SOLIQ TO’LOVChI
U raketada Marsga uchib ketmoqchi edi. Erta bilan u kosmodromga keldi-da, tikonli sim devor ortida turib, “Men Marsga uchmoqchiman” deya mundirli odamlarga qarata qichqira boshladi. U soliqni bexato to‘lab keladi, familiyasi Prichard va u Marsga uchish uchun to‘la haqli. Axir u shu yerda, Ogayoda tug‘ilmaganmidi? Nahotki u yomon fuqaro bo‘lsa?! Unda o‘zi nima gap, nima uchun Marsga uchishi mumkin emas ekan? Mushtumlarini do‘laytirib, ularga qarab yerda ortiq qolishni istamayman, miyasi bor odam Yerdan qorasini o‘chirish orzusida yuradi, deya tinmay qichqirar edi. Ko‘pi bilan ikki yildan keyin yerda jahon atom urushi boshlanadi. Lekin u bu mudhish pallani kutib o‘tiradigan ahmoq emas. U va miyasi bor har qanday minglab odamlar Marsga uchib ketishni istayapti. Ishonmasalaring, ularning o‘zlaridan so‘ranglar! Urushlar va tsenzuradan, to‘rachilik va harbiy tobelikdan, hukumatdan nari bo‘lgan ming marta afzal, bular maxsus ruxsatnomasiz bir qadam ham qimirlagani qo‘ymaydi, bular fanni ham, san’atni ham oyoqlari ostida yanchib tashlashdi! Agar xohlasangiz yerda qolaverishingiz mumkin. U o‘ng qo‘lini, boshini, yuragini qurbon qilishga tayyor-u, faqat Marsga uchib ketsa bo‘lgani! Raketaga tushish uchun nima, qilish kerak, qaerga imzo chekish kerak, kim bilan tanish-bilish ortdirish kerak?
Tikonli sim ortidan javob o‘rniga mundirli odamlar kulib qo‘ydilar, xolos. Uning Marsga hecham uchib ketgisi yo‘q, der edi ular. Axir u Birinchi va Ikkinchi ekspeditsiyalar yo‘q bo‘lib ketishganini, yo‘qlik qa’riga mahv bo‘lganlarini, ularning barcha ishtirokchilari, ochig‘ini aytganda, o‘lib ketganlarini nahotki u bilmasa?!
— Lekin buni isbotlash kerak, buni hali hech kim aniq bilmaydi-ku, — deb qichqirardi u tikonli simga yopishgancha. Balki u yerda sut daryosi oqib, sharbat dengizi mavj urib turgandir, balki kapitan York va Uilyams qaytib kelishni o‘zlari xohlashmagandir. Xullas, gap shu — darvozani ochinglar-da, yaxshilikcha meni Uchinchi ekspeditsiyaga — raketaga qo‘yib yuboringlar yoki men o‘zim kuch bilan kirib olaymi?
Naryoqdagilar unga og‘zini yopishni maslahat berdilar.
U fazogirlarning raketa tomon borayotganlarini ko‘rdi.
— Meni kutib turinglar! Meni bu dahshatli dunyoda qoldirmanglar, men bu yerdan uchib ketishni
istayman, tez orada atom urushi boshlanadi! Meni yerda qoldirmanglar!
Ular kuch bilan devordan nariga sudrab ketishdi. Ular politsiya mashinasi eshigini qarsillatib
yopdilar-da, mana shu tonggi soatda uni olib ketishdi, u bo‘lsa, orqa darchaga mahkam yopishib oldi- da, mashina vahimali chinqirgancha tepalikdan oshib o‘tishidan bir lahza oldin qip-qizil alangani ko‘rdi va qudratli guvullashni eshitdi, miyasiga qattiq zarba kelib tushgandek bo‘ldi — bu uni mana shu fayzsiz tongda hech narsa bilan maftun etolmaydigan yer sayyorasida qoldirib, osmonga ko‘tarilgan kumushrang raketaning to‘lqini edi.
Aprel 2000 UChINChI EKSPYeDISIYa
Kema koinotdan keldi. Yulduzlar, aql bovar qilmas tezliklar, charaqlagan harakat va soqov samoviy
23


tubsizlik ortda qoldi. Kema yap-yangi edi; uning vujudi o‘t bo‘lib yonardi, uning temir uyachalarida odamlar o‘tirardi; olov ufurgan, qaynoq nafas olgancha u mutlaqo ovozsiz parvoz qilardi. Uning bo‘lmalarida komandir bilan qo‘shib hisoblaganda o‘n yettita odam bor edi. Ogayo kosmodromidagi xaloyiq qichqirar, qo‘llarini siltar edi, raketa tagidan ulkan yaproqli qip-qizil olov gul kabi ochildi-yu, u fazoga otildi — Mars sari Uchinchi ekspeditsiya boshlandi!
Endi kema temir aniqligi bilan Mars havosining yuqori qatlamlarida harakatni sekinlashtirdi. U hamon go‘zallik va qudrat tajassumi edi. Koinotning tim qora qo‘ynini yorib, u bamisoli tiniq dengiz darrandasi singari suzib borar edi; u Oymomo yonida shitob bilan o‘tdi-da, birin-ketin bo‘shliqlar bag‘rini tilgancha olg‘a intildi. Uning qornidagi odamlar o‘zlarini har tomonga tashlar, o‘mbaloq oshar, dumalar edilar, biri olib, biri qo‘yib jag‘ urardilar. Ulardan biri o‘ldi, biroq qolgan o‘n oltitasi illyuminatorning qalin shishasiga yopishib olib, taglarida Mars sayyorasining qanchalik shiddat bilan aylanishini va kattalashib borayotganini ko‘zlari kosasidan chiqqudek bo‘lib qarab turar edilar.
— Mars! — qichqirdi shturman Lyustig.
— Chol bobo Mars! — dedi qadimshunos Semyul Xinkston.
— Zo‘r! — dedi kapitan Jon Blek.
Raketa yam-yashil dalaga kelib qo‘ndi. Sal naridagi xuddi shunday dalada cho‘yandan quyilgan ohu
turardi. Undan ham narida oftobshuvoqda Viktorian uslubidagi, sanoqsiz va rang-barang shokilali oynalari moviy, pushti, sariq, yashil derazali baland bo‘yli uy qad ko‘tarib turardi. Ayvonda paxmoq yorongul o‘sib turar, ilmoqlarda yengil shabadadan eski arg‘imchoqlar goh u tomonga, goh bu tomonga chayqalar edi. Uyning uchli tomoni uzra rombsimon billur shishali minora charaqlab ko‘rinardi. Birinchi qavatdagi keng derazadan “Ajoyib Ogayo” sarlavhali notalar yozilgan musiqa kitobchasini ko‘rish mumkin edi.
Raketa atrofidan Mars bahoridan chiroy ochgan ko‘m-ko‘k va harakatsiz shaharcha har tomonga qarab yoyilib ketgan. Oq va qizil g‘ishtdan qurilgan uylar saf tortgan, baland dublar shamoldan egilib- egilib chayqalar, qudratli qayrag‘ochlar va kashtan daraxtlari ham tinimsiz shovullardi. Unsiz oltin qo‘ng‘iroqli qo‘ng‘iroqxonalar savlat to‘kib turardi.
Bularning barchasini fazogirlar illyuminatordan ko‘rib turar edilar. Keyin ular bir-birlariga qarashdi. So‘ng yana illyuminatorga yuzlanishdi. Keyin go‘yo birdaniga nafas olish qiyinlashgandek har kim yonidagi qo‘shnisining tirsagiga yopishdi. Ularning yuzlari bo‘zdek oqarib ketdi.
— Jin ursin meni, — shivirladi Lyustig, yuzini uvishib qolgan barmoqlari bilan artarkan. — Meni nima jin urdi o‘zi!
— Hech ham bunaqa bo‘lishi mumkin emas, — dedi Semyul Xinkston. — Yo alhazar! — dedi komandir Jon Blek.
Kimyogar o‘zining xonasidan turib axborot berdi:
— Kapitan, havo kam, lekin kislorod yetarli, hech qanday xatar yo‘q. — Demak, chiqamiz, shundaymi? — so‘radi Lyustig.
— Shoshmanglar, — dedi kapitan Jon Blek. — Buning nima ekanini avval yaxshilab bilib olish kerak.
— Bumi? Kichkina shaharcha, kapitan, havo kam bo‘lsa-da, lekin nafas olsa bo‘ladi.
— Yerdagi shaharlarga o‘xshagan mo‘‘jazgina shaharcha, — qo‘shib qo‘ydi qadimshunos Xinkston. — G’oyatda g‘aroyib. Hech ham bunday bo‘lishi mumkin emas, ammo nachora, ana u, oldimizda turibdi...
Kapitan Jon Blek pirishon holda unga qarab qo‘ydi.
— Xo‘sh, Xinkston, sizningcha, tamaddun ikki turli sayyorada bir xil sur’atda va bitta yo‘nalishda
taraqqiy qilishi mumkinmi?
— Menimcha, unchalikmasdir-ov!
Kapitan Blek illyuminator yonida turardi.
— Hov anovi yorongullarga qarang-a. Mutlaqo yangi turi. U yerga bor-yo‘g‘i ellik yilgina avval olib
chiqilgan edi. Endi-chi, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, u yoki bu turdagi o‘simlik evolyutsiyasi uchun necha
24


ming yillar talab etilmaydimi?! Kezi kelganda shuni ayting-chi, menga marsliklarda, birinchilardan, aynan shunday deraza romlari, ikkinchidan minorachalar, uchinchidan, ayvonchadagi arg‘imchoqlar, to‘rtinchidan pianinoga o‘xshagan cholg‘u asbobi, beshinchidan, teleskopga diqqat bilan qarang-a, mana shunday bo‘lishi mantiqqa to‘g‘ri kelarmikan? Marslik bastakor o‘z asarini kelib-kelib aynan “Ajoyib Ogayo” deb atashi ham mantiqqa to‘g‘ri kelarmikan? Axir bu bir narsanigina anglatishi mumkin: Marsda ham Ogayo daryosi bor ekan!
— Kapitan Uilyams bo‘lmasa-chi, — qichqirib yubordi Xinkston.
— Nima?
— Kapitan Uilyams va uning uch hamrohi! Yoki Nataniel York o‘z juftligi bilan bular hammasini
aytib turibdi!
— Bu hech narsani aytib turgani yo‘q. Bizning aniqlashimizga qaraganda, Yorkning raketasi Marsga
qo‘nar-qo‘nmas portlab ketgan va har ikkala fazogir halok bo‘lgan. Uilyams va uning uchala hamrohiga kelsak, ularning kemasi yetib kelgandan keyin ikkinchi kuni portlab ketgan. Nima bo‘lganda ham ayni shu vaqtda uzatgichlar ishdan to‘xtab qolgan. Ular tirik bo‘lganida biz bilan aloqa bog‘lashga uringan bo‘lar edilar. York ekspeditsiyasi vaqtidan buyon atigi bir yil o‘tganini, kapitan Uilyams ekipaji esa bu yerga avgustda uchib kelganini aytib o‘tirmasa ham bo‘ladi. Faraz qilaylik-chi, ular tirik hamdirlar — garchand eng mohir marsliklar yordamida shunday qisqa vaqt butun bir shaharni qurish va uning sharti ketib, parti qolgan bir holga kelishi aqlga sig‘adigan ishmi? Siz yaxshilab qarang, axir bu shahar kam deganda yetmish yil oldin qurilgan. Eshik oldidagi panjaralarni qarang, daraxtlarga qarang — yuz yoshli dublar-ku! Yo‘q, York ham, Uilyams ham bu yerda hech qanday ahamiyatga ega emas. Bu yerda butunlay boshqa gap bor. Menga unchalik yoqmayapti. Toki gap nimadaligini bilmagunimcha kema ichidan chiqmayman.
— Buning ustiga, — qo‘shimcha qildi Lyustig, — Uilyams va odamlari, York ham Marsning narigi tomoniga qo‘nganlar. Biz esa bu tomonni ataylab tanladik.
— Xuddi shunday! Agar York va Uilyamsni marslik qabilalar qasddan o‘ldirgan bo‘lsalar, demak, bizga ikkinchi yarim sharda qo‘nishga ataylab buyruq berilgan bo‘lib chiqadi. Halokat takrorlanmasligining oldini olishgan bo‘lishsa kerak. Demak, biz shunday bir puchmoqda turibmizki, uni, bizga ma’lum bo‘lishicha, na Uilyams, na York ko‘zlari bilan ko‘rishgan.
— Jin ursin, — dedi Xinkston, — baribir men sizni ruxsatingiz bilan bu shaharga boraman, kapitan. Axir Quyosh tizimimizdagi barcha sayyoralarda tafakkur va tamaddun bir-biriga o‘xshash yo‘llar bilan taraqqiy etgan bo‘lishi mumkin-ku. Kim bilsin, ehtimol, biz davrimizning eng buyuk psixologik va falsafiy kashfiyoti bo‘sag‘asida turibmiz!
— Men bir oz kutib turishni ma’qul deb bilaman, — dedi kapitan Jon Blek.
— Komandir, balki ro‘parangizda xudoning borligini birinchi marta isbot qilgan hodisa turgandir!
— Bunday isbotlarsiz ham dindorlarni xudo urib yotibdi, mister Xinkston...
— Ha, men ham o‘shalarning sirasiga kiraman, kapitan. Ammo bir narsa kundek ravshan. —
Bunday shahar ilohiy qudratning aralashuvisiz paydo bo‘lishi mumkin emas. Mana bu mayda-chuyda narsalar, qismlar... Vujudimda shunday qarama-qarshi tuyg‘ular kurashi ketayaptiki, kulishimni ham, yig‘lashimni ham bilmayman.
— Unda biz nimaga duch kelganimizni aniqlagunimizcha unisidan ham, bunisidan ham tiyilib turing.
— Nimaga duch kelibmiz? — gap qo‘shdi Lyustig. — Hech narsaga duch kelganimiz yo‘q-ku. Oddiy, jim-jit, ko‘rkam, yam-yashil shaharcha, xuddi men tug‘ilgan o‘sha daqqiyunusdan qolgan puchmoqning o‘zginasi. U menga ham yoqayapti.
— Qachon tug‘ilgansiz, Lyustig?
—1950 da, ser.
— Siz-chi, Xinkston?
— 1955 da, kapitan. Grinnell, Ayova shtati. Bundoq qarasam, go‘yo o‘z jonajon vatanimga qaytib
kelgandekman.
25


— Xinkston, Lyustig, men sizga ota bo‘lishim mumkin, men rosa saksondaman. 1920 yilda Illinoysda tug‘ilganman. Biroq, xudoning marhamati va so‘nggi ellik yilda ba’zi chollarni yigitga aylantirib qo‘ygan fan sharofati bilan Marsga uchib keldim. Sizdan kam charchagan emasman, ammo mana bu ishonmaslik dardi tushmagur sizlardan bir necha barobar ko‘pdir menda. Bu shunday tinch, shunday jozibador shaharcha ekanki, o‘xshashini ko‘rib, hatto qo‘rqib ketayapman. U Grin-Blaffga haddan tashqari qattiq o‘xshaydi. — Komandir radistga o‘girildi. — Meni Yer bilan ulang. Qo‘nganimizni ayting. Ortiq hech nima demang. Qolgan barcha gaplarni ertaga yuboramiz, deb ayting.
— Xo‘p bo‘ladi, kapitan.
Kapitan Blek illyuminatorga qaradi. Uning basharasiga qarab hech kim sakson yashar demasdi.
Nari borsa, qirq yoshga kirgan, derdi.
— Endi quloq soling, Lyustig. Siz, men, Xinkston, boramiz-da, shaharni aylanib chiqamiz. Qolganlar
raketada kutib o‘tirishadi. Bir nima bo‘lib qolgudek bo‘lsa, ular jon saqlab qola oladilar. Butun kema halokatga uchrashidan ko‘ra, uch kishini yo‘qotish durustroqdir. Musibat sodir bo‘lgudek bo‘lsa, ekipajimiz boshqa raketaga xabar berishga ulguradi. U raketani, yanglishmasam, dekabrning oxirida kapitan Uaylder boshqaradi. Agar Marsda qandaydir dushman kuchlari bo‘lsa, yangi ekspeditsiya yaxshilab qurollangan bo‘lishi kerak.
— Ammo biz ham qurollanganmiz. Tish-tirnog‘imiz bilan qurollanganmiz.
— Bo‘pti, odamlarga xabar qiling. Qurollarni shay holatga keltirib qo‘yishsin. Ketdik, Lyustig, ketdik, Xinkston.
Uchala fazogir kema bo‘lmasi orqali pastga tushishdi.
Ajoyib bahor kuni edi. Qiyg‘os gullagan olma shoxida chittak tinimsiz sayraydi. Shamol yam-yashil shoxlarni silkitganda oppoq gullar bulutdek yerga to‘kiladi. CHor atrofni gullarning muattar hidi tutgan. Shaharchada kimdir pianino chalar edi va musiqa tovushi bir ko‘tarilib, bir pasayib nafis, allalagandek havoda suzardi. “Ajoyib xayolparast” kuyini ijro etmoqda edilar. Boshqa tomonda esa grammofondan Garri Loder ijrosidagi “Shomdagi sayr” kuyi hirqiroq, bo‘g‘iq ohangda taralardi. Uchala fazogir raketa tagida turishardi. Ular siyrak havoni og‘izlari bilan yutoqib yutinar edilar. So‘ng kuchlarini avaylagancha asta yurib ketishdi.
Endi boshqa plastinka aylanardi.
Yoz oqshomi bo‘lsa bas menga,
Oydin tunda yetishsam senga...
Lyustigning tizzalari qaltirab ketdi, Semyuel Xinkstonda ham xuddi shunday bo‘ldi.
Osmon tip-tiniq va tinch edi, allaqaerda, jarlik tubida, ko‘m-ko‘k shoxlarning salqin soyasida daryo jildirardi. Ot tuyoqlari dupirlar, arava g‘ildiraklari do‘qirlardi.
— Kapitan, — dedi Semyuel Xinkston. — Istaysizmi-istamaysizmi, ammo hech ham o‘xshamaydi, aks holda bunday bo‘lishi mumkin emas-ku, — Marsga parvozlar birinchi jahon urushigacha boshlangan bo‘lar edi.
— Yo‘q.
— Ammo mana bu uylarni, mana bu cho‘yan ohuni, pianino musiqasini qanday izohlaysiz? — Xinkston zo‘r berib kapitanning tirsagini qisdi, uning yuziga qaradi. — Faraz qilingki, deylik 1905 yilda urushni yomon ko‘rgan odamlar bor edi. Ular olimlar bilan zimdan til biriktirishgan-da, raketa yasaganlar va bu yerga, Marsga kelib olganlar...
— Bu mumkin emas, Xinkston.
— Nima uchunmi? 1905 yilda dunyo butunlay boshqacha edi. U paytlarda buni maxfiy saqlash ancha oson edi.
— Ammo mana bu raketaga o‘xshagan murakkab narsani emas-da! Yo‘q, yo‘q...
— Ular bu yerga butunlay ko‘chib kelishgan, tabiiyki, xuddi Yerdagidek uylar qurishgan, axir o‘zlari
26


bilan yerdagi madaniyatni ham olib kelishgan-da.
— Shuncha yillar shu yerda yashagan deb o‘ylaysizmi? — deb so‘radi komandir.
— Xuddi shunday, tinch va ahil yashashgan. Ehtimol, ular yerga bir necha marta borib ham
kelganlar. Keragicha odamlarni olib ham kelganlar, deylik mana bunaqa shaharchalarga joylashtirish uchun, keyin esa ularni bilib qolmasliklari uchun parvozlarni to‘xtatishgan. Shaharning eski uslubdaligining siri shunda. Shaxsan men hozircha 1972 yildan keyin yasalgan bironta buyumni hali ko‘rganim yo‘q. Xo‘sh, siz-chi, kapitan? Darvoqe, samoviy sayohatlar, umuman, biz o‘ylagandan ham oldinroq bo‘lishi mumkin. Yerning qaysidir uzoq burchagida, yuz yillar muqaddam. Odamlar Marsga allaqachonlar kelib olganlar-u, bu haqda hech kim bilmagan bo‘lsa, ne ajab? Ularning o‘zlari esa ahyon-ahyonda yerga borib-kelib turishgan.
— Shunday gapirayapsizki, xuddi haqiqatga o‘xshaydi.
— Haqiqat bo‘lganda qandoq!
— Isboti ko‘z oldimizda turibdi-ku. Endi odamlarni topsak bas, taxminimiz tasdig‘ini topadi-qo‘yadi. Qalin ko‘m-ko‘k o‘tlar ularning qadam tovushlarini yutib yubormoqda edi. Yangi o‘rilgan pichan hidi
dimoqqa urardi. Kapitan Jon Blek ularning irodasiga qarshi o‘laroq, vujudlarini sokin bir farog‘at chulg‘ab olganini his etdi. U mana bu mo‘‘jaz shaharchada so‘nggi marta bo‘lganiga ham oz emas, ko‘p emas, rosa o‘ttiz yil bo‘libdi; bahorgi asalarilarning g‘o‘ng‘illashlari uning ruhiga taskin berar va allalar edi, uyg‘onib kelayotgan tabiat tarovati qalbiga orom bag‘ishlar edi.
Ular to‘r tortilgan eshik tomon yo‘nalgancha ayvonga chiqdilar va polga urilgan odimlari bo‘g‘iq aks sado berar edi. To‘r orasidan ular yo‘lakni to‘sib turgan jimjimador pardani, billur qandilni va devordagi Marksfil Parrish qalamiga mansub suvratni ko‘rdilar. Uyda eski buyumlar, chortoq va yana nimaningdir hidi dimoqqa yoqimli urilar edi. Limonadli ko‘zaga muzning mayin urilib tushgan ovozi quloqqa chalindi. Uyning narigi burchagidagi oshxonada jazirama kun munosabati bilan kimdir yaxna tushlik tayyorlar edi. Baland ayol ovozi qaysidir kuyni bosiq va yoqimli xirgoyi qilardi.
Kapitan Jon Blek qo‘ng‘iroq dastachasini tortdi.
Yo‘lak bo‘ylab yengil qadamlar ship-ship qildi, to‘rning nariyog‘idan qirq yoshlardagi, xushro‘ygina ayol ko‘rindi, egnidagi kiyim ehtimol 1909 yildagi liboslardan edi.
— Buyursinlar, ne xizmat? — so‘radi u.
— Kechiring, — jur’atsizgina gap boshladi kapitan Blek, — bizlar bilasizmi... ya’ni, ehtimol, siz...
U duduqlanib qoldi. Ayol unga tim qora ko‘zlari bilan hayron qarab turardi.
— Biron narsa sotmoqchi bo‘lsalaringiz... — gap boshladi ayol.
— Yo‘q, yo‘q, shoshmang! — qichqirdi kapitan. — Bu qaysi shahar?
Ayol unga sinchkov nazar soldi.
— Nima demoqchisiz bu bilan: qaysi shahar deysizmi? Shaharning o‘zida bo‘la turib, uning nomini
bilmaslik mumkinmi?
Kapitanning yuzidan uning tezroq biron olma daraxti tagiga borib o‘tirsa-yu, soyasida orom olsa —
shuni anglash mumkin edi.
— Bizlar bu yerlik emasmiz. Qaysi shaharga kelib qolganimizni va qanday kelib qolganimizni
bilishimiz kerak edi.
— Sizlar aholini ro‘yxatga olish byurosidanmisizlar?
— Yo‘q.
— Barchaga ma’lumki, — davom etdi ayol, — shahar 1868 yilda qurilgan. Shoshmang-shoshmang,
tag‘in meni laqillatayotgan bo‘lmanglar.
— Yo‘g‘-e, nima deyapsiz! — shoshib dedi kapitan, — biz Yerdanmiz.
— Yerning tagidan demoqchimisiz? — hayron bo‘ldi ayol.
— He, yo‘q, biz Uchinchi sayyora — Yerdan uchib kelganmiz. Samoviy kemada. Biz bu yerga —
To‘rtinchi sayyora — Marsga uchib kelganmiz...
— Bilasizmi, qaerdasizlar? — xuddi bolaga gapirgan ohangda tushuntira ketdi ayol, —
Grinblavdasiz. Illinoys shtati, Amerika deb ataladigan ikkita okean, Atlantika va Tinch okeanlari yuvib
27


turadigan qit’adasizlar, bu ham Yer deb ataladigan dunyodasizlar. Endi tuyog‘ingizni shiqillatib qoling, xayr .
Ayol yo‘l-yo‘lakay marjonli pardani sura-sura yo‘lakdan mayda odimlab ketdi. Uchala o‘rtoq bir-biriga qaradi.
— Eshik qurib olamiz, — taklif qildi Lyustig.
— Mumkin emas. Xususiy mulkchilik. Ey xudoyim-a.
Ular zinadan pastga tushishdi-da, pastki pillapoyaga o‘tirib olishdi.
— Bizlar yo‘ldan adashib, yura-yura orqaga, Yerga adashib qaytib kelib qolmadikmikan, deb hech xayolingizga keldimi, Xinkston?
— Qanday qilib?
— Bilmadim, bilmadim. Yo tavba, iltimos, fikrlarimni to‘plab olay.
— Axir biz har bir millik yo‘lni nazorat qilib kelgan edik-ku, — davom etdi Xinkston. —
Xronometrlarimiz qancha yo‘l bosib o‘tganimizni aniq hisolab berishdi. Biz oyning yonidan o‘tdik, Katta koinotga chiqdik va bu yerga uchib keldik. Marsda ekanimizga men zarracha shubha qilmayman.
Gapga Lyustig aralashdi.
— Balki makonga, zamonga bir nima bo‘lgandir? Bilasizlarmi, biz to‘rtinchi o‘lchamda adashib qolganmiz va yerga 30 yoki 40 yil oldin qaytib kelganmiz.
— Qo‘ysangiz-chi, Lyustig!
— Lyustig eshik yoniga keldi-da, qo‘ng‘iroqni tortdi va muzdek, qop-qorong‘i xonaga qarab qichqirdi:
— Hozir qaysi yil?
— 1926 yil, qaysi yil bo‘lardi, — javob berdi ayol arg‘imchoqda o‘tirgan va limonaddan simirgan ko‘yi.
— Ana, eshitdingizmi? — Lyustig shiddat bilan orqaga o‘girildi. — 1926 yil! Biz o‘tmishga uchib ketganmiz! Bu — Yer!
Lyustig o‘tirdi. Endi u hammaning xayolini band etgan hayratomuz va dahshatli xayollarga qarshilik ko‘rsatmasdi. Tizzalarida yotgan qo‘llari asabiy uchar edi.
— Men shuning uchun parvoz qilganmidim? — gap sotdi kapitan, — Men dahshatga tushib ketyapman, dahshatga! Nahotki shunday bo‘lishi mumkin? Eynshteynni chaqirish kerak bu yerga...
— Bu shaharda bizga kim ishonardi? — nido soldi Xinkston. — Uf, o‘t bilan o‘ynashayapmiz! — Axir bu vaqt, to‘rtinchi o‘lcham, yaxshisi, raketaga qaytib borib, uyga uchmaylikmi-a?
— Yo‘q, hech bo‘lmaganda yana bitta uyga qarab olaylik.
Ular uchta uyning yonidan o‘tishdi va qudratli daraxt tagida turgan mo‘‘jazgina oppoq kottej oldida to‘xtashdi.
— Men har doim har bir gapning tagiga yetib o‘rganganman, — dedi komandir. — Hozircha biz hali gapning mag‘zini yaxshilab chaqmagan ko‘rinamiz. Faraz qilaylik, Xinkston, samoviy sayohatimiz juda qadim paytda boshlangan degan taxminingiz to‘g‘ri. Ko‘p yillar oldin bu yerga uchib kelgan yerliklar Yerni sog‘ina boshlashgan. Avvaliga bu sog‘inch bir oz g‘ijinishdan nariga o‘tmagan, keyin chinakamiga asabiylashish boshlangan, jinni bo‘lish darajasigacha borib yetgan. Psixiatr sifatida siz shunday holda nimani tavsiya etgan bo‘lardingiz?
Xinkston o‘ylanib qoldi.
— Nima qilardim, ehtimol Mars tamaddunini har kuni Yerdagiga tobora o‘xshab borishi uchun oz- ozdan qayta tiklar edim. Agar Yerdagi o‘simliklarni, yo‘llarni, ko‘llarni, hattoki okeanni qayta tiklash usuli bo‘lsa, men, albatta, shunday qilgan bo‘lardim. Keyin ommaviy gipnoz vositalari bilan mana shunday shaharning barcha aholisiga, bu yer hech qanday Mars emas, bu yer chinakam Yer sayyorasidir, deya miyasiga quygan bo‘lardim.
— A’lo, Xinkston. Nazarimda, biz to‘g‘ri ketayapmiz, anovi uyda biz ko‘rgan ayol o‘zini Yerda yashayapman, deb o‘ylayapti, vassalom. Shu uning xayolini ushlab turibdi. Bu ayol va bu
28