ba’zida ayol kishini ko‘nglim tusab qoladi. Ehtirosimni qondirganimdan keyin esa men boshqasini istayman. Men o‘z istagimni jilovlab turolmayman, lekin uni ko‘rgani ko‘zim yo‘q. U mening ruhimni jilovlaydi. Menga hech qanday narsa xalaqit bermaydigan, o‘zimni butkul ishga bag‘ishlaydigan vaqtlarni orzu qilaman. Ayollarning qo‘llaridan sevishdan boshqa hech narsa kelmaydi. Sevgiga ular qanchalik ahamiyat berishlarini faqat xudo biladi. Ular bizni hayotdagi asosiy narsa — sevgi deb ishontirmoqchi bo‘lishadi. Lekin sevgi arzimas narsa. Men qo‘msash va hirsni bilaman. Bu tabiiy, sevgi esa kasallik. Ayollar mening ehtirosimni qondirish uchungina mavjud, lekin men ularning yordamchi, do‘st, hamkor bo‘lish to‘g‘risidagi ahmoqona da’volariga chiday olmayman.
Men hech qachon Striklendning bu qadar ko‘p va bu qadar qahr-g‘azab bilan gapirganini eshitmaganman. Lekin men hozir ham avvalgidek uning so‘zlarini qanday bo‘lsa, shundayligicha, aniq yetkazishga harakat qilayotganim yo‘q. Uning so‘z boyligi kambag‘al, chiroyli so‘zlash qobiliyati ham unda butunlay yo‘q edi. Shu tufayli ham uning fikrlarini yuzidagi o‘zgarishlari, kitoblari va imo- ishoralari orqali ifodalashga to‘g‘ri keldi.
— Siz ayollar qul, erkaklar quldor bo‘lgan davrlarda yashasangiz bo‘larkan, — dedim men.
— Ha, men shunchaki risoladagi erkakman, xolos.
G‘oyat jiddiy tarzda aytilayotgan bu gapga kulmaslikning iloji yo‘q edi. Lekin Striklend uyning u
burchagidan bu burchagiga xuddi qafasdagi yirtqichdek borib kelarkan, yuragidagi gaplarini tushuntirishga harakat qilardi.
— Agar ayol sizni sevsa to qalbingizni egallamaguncha tinib-tinchimaydi. U ojiz va shu tufayli ham to‘la hukmronlik qilish ishtiyoqi bilan yonadi. Bundan kamiga u rozi emas. Aqli tovuqcha bo‘lmagan ayollarning mavhumroq narsalarga farosati yetmaydi. U turmush ikir-chikirlari bilan andarmon, barcha mukammal narsalar uning rashkini qo‘zg‘otadi. Erkakning yuragi koinotning yuksak kengliklariga intiladi, ayol esa uni hisob-kitob daftarchasining ichiga yashirmoqchi bo‘ladi. Xotinimni eslaysizmi? Blansh ham tez orada unga o‘xshadi-qoldi. Hayratlanarli sabr-matonat bilan meni ham bog‘lab olishga tayyorlanardi. U meni o‘zining darajasiga tushirmoqchi bo‘ldi. U men haqimda biror narsa bilishni istamasdi, faqat bus-butun unga taalluqli bo‘lishimni istardi. Axir u mendan nariroqda bo‘lishdan boshqa barcha xohishlarimni bajarishga tayyor edi.
Men anchagacha jim o‘tirdim.
— Siz uni itqitib yuborganingizdan keyin nima qilishi kerak edi deb o‘ylaysiz?
— U Struvening yoniga qaytib borishi mumkin edi, — jahl bilan javob berdi u. — Struve uni qabul
qilishga rozi edi.
— Ablahona mulohaza, — javob berdim. — Qo‘ying, bunday masalalar bo‘yicha siz bilan
muhokama yuritish quyosh botishini so‘qir tug‘ilgan odamga ta’riflash bilan barobar.
U yurishdan to‘xtab, menga jirkanib qaradi.
— Nahotki, sizga Blansh Struvening hayot yoki o‘lganligi baribir bo‘lsa?
Men o‘ylanib qoldim, zero men bu savolga iloji boricha halol javob bergim kelardi.
— Ehtimol, men shafqatsiz odamdirman, shu boisdan uning o‘limi meni judayam g‘amga toldirgani
yo‘q. Hayot unga ko‘p yaxshiliklar ato etdi. Bularning barchasi ma’nisiz shafqatsizlik tufayli barbod bo‘lgani dahshatlidir. Uning fojiasiga nisbatan loqaydligim menga sharaf keltirmaydi.
— Sizning qarashlaringiz dadil, lekin ularni himoya qilishga jasoratingiz yetishmaydi. Hayotning bahosi yo‘q. Blansh Struve men tashlab ketganim uchun emas, balki tantiq va o‘zini tutolmaydigan ayol bo‘lgani uchun o‘zini o‘ldirdi. Lekin u to‘g‘rida gapirish yetar, zero, Blansh unchalik muhim shaxs emas. Yuring, men sizga o‘z rasmlarimni ko‘rsataman.
U meni nima bilandir chalg‘itish kerak bo‘lgan boladay muomala qilardi. G‘azabim qo‘zg‘agandi, lekin bu g‘azab unga nisbatan emas, ko‘proq o‘zimga tegishli edi. Struvelar juftligining Monmartrdagi ustaxonada baxtiyor hayot kechirishlari oqko‘ngil, samimiy, mehmondo‘stliklari hamon ko‘z o‘ngimdan ketmasdi. Dahshatli, rahmsiz tasodif bularning barchasiga barham berdi. Lekin eng dahshatli narsa shundaki, atrofdagi hech narsa o‘zgarmadi. Hayot o‘z yo‘lida davom etardi, bu baxtsizlik hech kimning yuragida hech qanday iz qoldirmadi. Dirk mulohazakor emas, qiziqqon odam bo‘lganligi bois, tez
76


orada o‘z tashvishlarini unutib yuborar deb o‘ylagandim. Lekin Blansh... u bolaligida qanday shirin xayollar surganiykin? Blansh bu dunyoda nima uchun yashadi. Bularning hammasi naqadar ma’nisiz va ahmoqona.
Striklend shlyapasini qidirib topdi-da, menga tikilib qaradi.
— Borasizmi?
— Nega siz men bilan aloqa qilishda davom etayapsiz? — so‘radim undan. — Axir sizni ko‘rgani
ko‘zim yo‘qligini, sizdan nafratlanishimni bilasiz-ku.
U samimiy kulimsiradi.
— Sizning men to‘g‘rimdagi fikringizga tupirishimni bilganingiz uchungina g‘azablanasiz mendan. G‘azabdan qizarib ketganimni sezdim. Yo‘q, bu odam o‘zining shafqatsiz xudbinligi nafrat
uyg‘otishini tushunishga qodir emas. Men loqaydlikni ko‘ksiga qalqon qilib olgan odamni nishonga olib, dabdalasini chiqarishni mo‘ljallardim-u, lekin afsuski, uning so‘zlarida haqiqat uchqunlari ham bor edi. Axir biz boshqalar ustidan hukmronligimizni ko‘proq ongsiz ravishda ularning bizning fikrimizga qanday munosabatda bo‘lishlariga qarab belgilaymiz, ta’sirimizga tushishni istamaydiganlarni yomon ko‘ra boshlaymiz. Inson g‘ururi uchun bundan ko‘ra shafqatsizroq alam yo‘q. Lekin men Striklendning so‘zlari ta’sir qilganini bildirib qo‘yishni istamasdim.
Insonga boshqa odamga nisbatan iltifotsizlik ko‘rsatish, mensimaslik huquqi beriladimi? — bu savol undan ko‘ra ko‘proq o‘zimga qaratilgan edi. — Odam juda mayda narsalarda ham boshqalarga bog‘liq, aloqador. Faqat o‘zi uchun yashash mumkin bo‘lmagan narsa. Ertadir-kechdir odam qarib, horib-charchab va xastalangan bo‘lsa-da, yana to‘daga qaytadi. Yuragingiz tinchlik va osoyishtalik istab qolgan vaqtda o‘zingiz uyalib qolasiz. Siz mumkin bo‘lmagan narsani qidirasiz. Yana qaytarib aytamanki, odam ertami-kechmi zerikib, boshqalar bag‘riga qaytadi.
— Yuring, rasmlarimni ko‘ramiz.
— Siz hech o‘lim to‘g‘risida o‘ylaysizmi?
— Nega? U bunga arzimaydi.
Men hayratlanib unga tikilib qoldim. U mening oldimda qimir etmay, ko‘zlarida istehzo zuhr etib
turardi. Lekin shunga qaramay, men uning qalbida to‘satdan yuksak maqsadga intilgan otashin, ezilgan ruh yashiringanini sezib qoldim. Bir daqiqa ichida tinimsiz izlanayotgan, qandaydir yuksak narsalarga intilayotgan odam qiyofasini ko‘rdim. Men uvadasi chiqib ketgan kostyum kiygan, katta burunli, sariq soqolli, sochlari hurpaygan, ko‘zlari yonib turgan, g‘alati qiyofali odamni emas, uning siymosida go‘yo tanasiz ruhni ko‘rdim.
— Xo‘p, mayli, yuring, rasmlaringizni tomosha qilamiz, — dedim unga.
Qirq ikkinchi bob
Negaligini bilmadim-u, lekin, to‘satdan Striklend rasmlarini menga ko‘rsatgisi kelib qoldi. Bundan judayam xursand bo‘ldim. Odamning qandayligi ishlarida ayon bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘rtasida esa o‘zini qanday ko‘rsatishni xohlasa shunday ko‘rsatishga harakat qiladi. Uning mayda va ongsiz ravishda qilgan harakatlari va yuz ifodasi orqaligina u to‘g‘risida to‘g‘ri xulosaga kelish mumkin. O‘ziga niqob kiyib yuradigan odam vaqt o‘tishi bilan bu niqobga o‘rganib qoladi va haqiqatan ham avvaliga qanday ko‘rinmoqchi bo‘lsa, o‘shanga o‘xshab qoladi. Lekin o‘z kitobi va rasmlarida u o‘zini himoya qila olmaydi. Uning da’volari esa havoyiligini ko‘rsatadi. Tarasha tarashaligicha qoladi-da. Hech qanday kuchanishlar o‘rtamiyona asarni oliy asarga aylantira olmaydi. Didli zarshunos eskizdayoq uni yaratgan rassomning qalbini ko‘ra oladi.
Yashirib o‘tirmayman, son-sanoqsiz zinalardan Striklendning qiya shiftli boloxonasiga ko‘tarilayotganimizda juda hayajonlandim. Menga ajoyib kashfiyot ostonasida turgandek tuyulayotgandi. Nihoyat uning xonasiga kirganimda hammayoqqa qiziqib alanglay boshladim. Nazarimda xona avvalgidan ko‘ra kichikroq va yalang‘ochroq tuyuldi. “Qiziq, — o‘yladim ichimda, —
77


tanish rassomlarim bu xona to‘g‘risida mahobatli ustaxonalarda ishlovchi, qurshab olgan muhit didga mos kelmasa, ijod etib bo‘lmaydi, deb fikrlovchi tanish rassomlarim bu xona to‘g‘risida qanday fikrda bo‘lisharkin”.
— Anavi yerda turing. — Striklend menga rasmlar yaxshiroq ko‘rinadigan nuqtani ko‘rsatdi.
— Siz ehtimol jim turishimni afzal ko‘rarsiz, — so‘radim undan.
— Albatta-da, jin ursin sizni, tilingizni tiyib turing.
U rasmni molbertga o‘rnatib, ikki daqiqalar chamasi tomosha qilishimga imkoniyat berar, so‘ng
molbertga boshqa rasmni qo‘yardi. U o‘ttizga yaqin rasmini ko‘rsatdi. Bular ijodni boshlagan davr, olti yil mobaynida yaratgan asarlari edi. U hali birorta asarini ham sotmagan. Rasmlarining katta-kichikligi har xil edi. Kichikroqlari natyurtmortlar, kattaroqlari manzarali rasmlar edi. Bular orasida oltitaga yaqin portret asarlari ham bor.
— Mana hammasi shu, — dedi u nihoyat.
Bu rasmlarning go‘zalligi va favqulodda o‘ziga xosligini darhol idrok eta olganimni tezroq unga aytgim kelardi. Mazkur asarlarning ko‘pchiligini yana ko‘rganimdan keyin (ayrimlarini esa ilgariroq reproduktsiyalardan ko‘rgan edim) ilk marotaba tomosha qilgan paytimda ulardan hafsalam pir bo‘lganiga endi o‘zim ham hayron bo‘layotgandim. O‘sha vaqtda boshimdan kechirganim hayajonlanish ham chinakam san’at asari ta’siri ekanligini ham fahmlamabman. Striklend asarlari meni sarosimaga solib qo‘yibdi. O‘shanda uning birorta asarini sotib olish xayolimga kelmagani uchun o‘zimni kechira olmayman. Baxtli tasodifni qo‘ldan boy bergandim. Ularning ko‘pchiligi muzeylardan joy oldi, boshqalari badavlat homiylarning kollektsiyalariga qo‘shildi. Men o‘zimni oqlashga harakat qilaman. Nazarimda, mening yaxshigina didim bor, ammo unga originallik yetishmaydi. Rassomchilikda ko‘p narsalarga aqlim yetavermaydi va doimo boshqalar yurgan yo‘ldan yuraman. O‘sha paytlarda men impressionistlarga moyil edim. Sisley va Deg asarlarini qo‘lga kiritishni orzu qilardim, Mone asarlaridan lol bo‘lardim. Uning “Olimpiya“ asari yangi davrning shoh asari bo‘lib tuyulardi, “Maysa ustidagi nonushta“ esa butun qalbimni lol etgandi. Bu asarlarni rassomchilikdagi eng keyingi kashfiyotlar deb xayol qilardim.
Striklend menga ko‘rsatgan rasmlarni sharhlab o‘tirmayman. Bunday sharhlar doimo odamni zeriktiradi, bundan tashqari, uning rasmlarini rassomchilikdan xabardor odamlarning hammasi biladi. Endilikda, Striklend san’ati zamonaviy rassomchilikka ulkan ta’sir ko‘rsatgani, uning rassomchilikda tamomila yangi yo‘ldan yurganligi barcha tomonidan e’tirof etilgan bir vaqtda, uning rasmlarini ilk marotaba ko‘rayotgan odam ham ruhan bu asarlarni ko‘rishga tayyor bo‘ladi. Men esa umrim bino bo‘lib, bunday rasmlarni mutlaqo ko‘rmagandim. Shu tufayli bo‘lsa kerak, Striklendning rasm ishlash texnikasi judayam to‘pori bo‘lib tuyulgandi. Eski rassomlarning asarlarini ko‘raverib, o‘rganib qolgan, Engr yangi davrning ulug‘ rassomi deb ishongan men uchun Striklend qobiliyatsiz rassom degan qarorga kelgandim. Rassomchilikdagi soddalik uning maqsadi ekanligini fahmlamagandim. Esimda, natyurtmortlarining birida dumaloq idishning shakli qiyshaygan holda, ichidagi apelsinlar ham beli ichiga botgan holda tasvirlangan edi. Portretlarda odamlarning yuzlari hayotdagidan ko‘ra kattaroq ko‘rsatilar, bu esa yomon taassurot qoldirardi. Men ularni karikatura asarlari sifatida qabul qilarim. Ular men uchun tamomila yangicha uslubda chizilgandi. Yaratgan manzara rasmlari ham meni hayron qoldirardi. Rasmlarning ikki yoki uchtasida Fontenblo o‘rmonlari, qolganlarida Parij ko‘chalari tasvirlangan bo‘lib, bir qarashda ularni mast aravakash chizganga o‘xshardi. Men esankirab qoldim. Haddan ziyod ko‘zga tashlanadigan rang, qandaydir ahmoqona, tushunish qiyin bo‘lgan masxarabozlik edi. Bularni eslar ekanman, Struvening didiga avvalgidan ham ko‘proq qoyil qoldim. U rasmlarga ilk marotaba nazar tashlagandayoq, bu asarlar san’atda inqilob ekanligini anglab yetdi, hali hech kim tanimagan, keyinchalik butun dunyoni lol qoldirgan daho rassomni ilk qadamlaridanoq e’tirof etdi.
Sarosimaga tushib, garchi nima qilarimni bilmasam-da, bu asarlardan lol qolganligim haqiqat edi. Rassomchilikdan hech qanday bilimim bo‘lmasa-da, bu asarlarda qandaydir ulug‘ kuch borligini angladim. Butun vujudimni hayajon qopladi. Bu rasmlar men uchun judayam muhim bo‘lgan narsalar
78


to‘g‘risida hikoya qilmoqchiligini aniq bilardim-u, lekin bu narsalar nimaligini anglay olmasdim. Rasmlar menga majruhday tuyulardi-yu, lekin ularda qandaydir ulug‘, odamni seskantiradigan va hayajonga soladigan sirlar yashiringanga o‘xshardi. Ular menda uyg‘otgan tuyg‘ularni tahlil qilishdan, so‘z bilan ifodalab berishdan ojiz edim. Menga Striklend moddiy narsalarda ruhiy mohiyatni g‘ira-shira bo‘lsa-da, idrok eta boshlaganday tuyuldi. Shu tufayli ham u fikrlarini majhulroq ramzlarda ifodalash yo‘llarini axtarishga tushdi. Xuddi cheksiz koinot kengliklari orasidan yangi shakllarni qidirayotganga va shu narsalarni rasmlar orqali qayta jonlantirishga harakat qilayotganga o‘xshardi. Men bu rasmlarda o‘zligini ifodalashga intilayotgan va shu yo‘l bilan ozodlikka tashna iztirobli ruhni ko‘rayotgandim.
Men Striklendga qaradim:
— Nazarimda siz fikrlaringizni ifodalashning noto‘g‘ri yo‘lini tanlagansiz.
— Nima deb valdirayapsiz?
— Chamasi, siz nimadir aytishga harakat qilyapsiz. Baayni nimani aytmoqchi bo‘layotganligingizni
men bilmayman. Lekin shubha qilamanki, bu narsani rassomchilik asarlarida ifodalash mumkinmikin o‘zi?
Men Striklendning asarlari uning g‘alati shaxsini tushunishga yordam beradi deb o‘ylaganimda xato qilgan ekanman. Haqiqatda esa bu asarlar meni yanada ko‘proq hayron qoldirdi. Endi men butunlay hech nima anglamay qo‘ydim. Men anglagan yagona narsa shu bo‘ldiki, ehtimol bu ham xayollar o‘yini bo‘lsa ajabmas, u o‘zini ezib turgan qandaydir kuchdan qutulishni istardi. Bu kuch nimayu va undan ozod bo‘lish nimani anglatishi ham mavhum bo‘lib qolayotgandi. Bizlardan har birimiz bu dunyoda yakkayu yagonamiz. Har bir odam mis minoraga qamalgan va o‘z qardoshlari bilan imo- ishoralar orqaligina muomala qilishi mumkin. Lekin bu belgilar hamma uchun ham bir xil emas va shu tufayli barcha uni tushunavermaydi. Biz boshqalar bilan o‘z qalb xazinamizni zo‘r berib baham ko‘rmoqchi bo‘lamiz, lekin ular bundan qanday bahramand bo‘lishni bilishmaydi. Zero, biz hayotda ular bilan birgalikda yelib boramiz. Lekin ularni doimo ham tushunavermaymiz, ular ham bizni tushunavermaydi. Biz begona yurtda bu yerdagilarning tilini deyarli bilmasdan yashayotgan odamlarga o‘xshaymiz. Ular bizga juda ko‘p ajoyib teran fikrlarni aytmoqchi bo‘lishadi-yu, ammo biz tushunishimiz uchun eng sodda so‘zlarni gapirishadi. Ularning miyasida bir-biridan qiziqroq g‘oyalar g‘ujg‘on uradi-yu, biroq o‘ta sodda so‘zlar bilan cheklanishadi.
Shunday qilib, Striklend rasmlarini ko‘rishdan chiqargan asosiy xulosam, qalbning qandaydir holatini ifodalashga zo‘r berib intilish tuyg‘usining kuchliligidir. Meni hayron qoldirgan narsani ana shu intilishdan qidirmoq kerak deb o‘yladim. Bo‘yoqlar va shakllar, shubhasiz, Striklend uchun ahamiyatga ega bo‘lgan. U o‘zi his etgan tuyg‘ularni ifodalash uchun kuchli ehtiyoj sezgan. Bo‘yoq va shaklni ham shu uchun tanlagan. U o‘zi izlagan narsalarga yaqinlashtirguday bo‘lsa, bo‘yoq va shakllarni hech ikkilanmay o‘zgartirgan. Uning uchun dalillarning ahamiyati yo‘q edi, zero, u shunchaki dalillar uyumi ostidan o‘zi muhim deb hisoblagan narsalarnigina ko‘rardi. Chamasi, u koinotning qalbini anglab yetgandi va shuni ifodalashga o‘zida majburiyat tuyardi. Bu rasmlar birinchi qarashda hayron qoldirsa-da, lekin qalbning tomir-tomirlariga yetib borardi. Nimadanligini o‘zim ham bilmagan holda men to‘satdan va kutilmaganda Striklendga rahmim kelib qoldi.
— Nima sababdan Blansh Struvega yaqinlashib qolganligingizning sababini endi tushundim, — dedim unga.
— Nima uchun ekan?
— Mardlik tuyg‘usi sizni tark etgan. Tanangizdagi kuchsizlik yuragingizga tazyiq o‘tkazgan. Men sizga qanday alam tinchlik bermayotganini, xavfli izlanishlarga chorlayotganini, yuragingizga azob berayotgan shaytonni haydab chiqarishga undayotganini bilmayman. Menimcha, siz ehtimol, butunlay mavjud bo‘lmagan muqaddas narsaga tinmasdan intiladigan darveshsiz. Nimaga intilayotganingizni faqat men emas, o‘zingiz ham bilmaysiz. Ehtimol, siz Haqiqat va Ozodlikni axtararsiz. Qanadaydir daqiqada sevgi siz o‘zingiz kutgan ozodlikni keltiradiganday tuyulgandir. Sizning ezilgan ruhingiz menimcha, ayol kishining bag‘ridan osoyishtalik qidirgandir. Lekin shunda ham o‘z maqsadiga
79


erishmagach, siz o‘sha ayoldan nafratlangansiz. Unga nisbatan shafqatsizlik qildingiz, chunki siz o‘zingizga ham shafqatsizsiz. Siz uni qo‘rquv tufayli o‘ldirdingiz. Chunki endigina qutulganingiz xavf- xatardan hamon qaltirayotgan edingiz.
U sovuqqina kulib qo‘ydi va soqolini tutamladi.
— Juda ko‘ngli bo‘sh odamsiz-da, do‘stginam.
Bir haftadan keyin Striklend Marselga jo‘nab ketganini eshitdim. Shundan keyin uni butunlay
ko‘rmadim.
Qirq uchinchi bob
Striklend haqida yozganlarim, albatta, hech kimni qoniqtira olmaydi. Buni o‘zim ham yaxshi bilaman. Ko‘z o‘ngimda sodir bo‘lgan ba’zi voqealarnigina qayta hikoya qilib berdim, xolos. Lekin ular, chamamda, majhulroq bo‘lib qoldi. Bularning ichida eng g‘alatisi Striklendning rassom bo‘lishga qaror qilishidir. Bu holat mening hikoyamda shunchaki bir injiqlik bo‘lib tuyulgan bo‘lsa ajab emas. Tabiiyki, bunday qarorga bekordan-bekorga kelmagandir. Lekin men bunga nima turtki bo‘lganini bilmayman. Uning so‘zlaridan esa men hech narsa anglay olmadim. Agar men g‘aroyib odamning hayoti to‘g‘risida o‘zimga ma’lum faktlarni shunchaki sanab o‘tadigan bo‘lsam, bunday keskin burilishning turli-tuman izohlarini o‘ylab topgan bo‘lardim. Ehtimol, Striklendning rassomchilikka jilovlab bo‘lmas ishtiyoqini, bu ishtiyoqi bolaligida ota irodasi tufayli yo‘qqa chiqqani yoxud non topish yo‘lida qurbon qilinganini, hayot talablariga bepisandlik bilan qaraganini, san’atga intilishi-yu, birgina dallollik kasbi o‘rtasidagi kurashni tasvirlagan, o‘quvchining muhabbatini unga qaratgan, uning g‘oyat salobatli siymosini yaratgan bo‘lardim. Ehtimol, shunda kimlardir uning siymosida yangi Prometeyni ko‘rgan bo‘larmidi. Shunda balki barcha azoblarga bardosh bergan qahramonning zamonaviy talqinini yaratarmidim. Bu esa e’tiborni tortadigan syujet bo‘lardi.
Oilaviy hayotdagi harakatlarining motivlarini ham xuddi shunday muvaffaqiyat bilan izohlash mumkin. Shunday qilinsa, menga o‘nlarcha variantlar xizmat qilardi. Masalan, hali yuzaga chiqmagan qobiliyati u tanishgan yozuvchi va rassomlar davrasi tufayli ayon bo‘lishi mumkin. Chunki bu davrada uning xotini ham bor. Yoxud oilaviy davradan qanoatlanmagan holda butunlay o‘z dunyosiga berilish yo bo‘lmasa avvallari qalbida milt-milt etib turgan uchqun muhabbat tufayli alangaga aylanishi ehtimoldan uzoq emas. Bu holda Striklend xonimni butunlay boshqa qiyofada tasvirlashga to‘g‘ri kelardi. Shunda dalillar bilan hisoblashib o‘tirmay, Striklend xonimni ming‘ir-ming‘ir qilaverib, jonga tegib ketadigan, erining ma’naviy ehtiyojlaridan yiroq ayol sifatida tasvirlardim. Ular o‘rtasidagi oilaviy munosabatlarni uzluksiz davom etadigan azob-uqubatlardan iboratligini, bundan faqatgina qochib qutulish mumkinligini ko‘rsatardim. Shunday bo‘lganda ruhiy jihatdan tamomila begona ayolga uzoq vaqtdan beri dosh berib kelayotganligini yorqin bo‘yoqlar bilan aks ettirardim. Bolalari to‘g‘risida eslatib o‘tishning hojati ham yo‘q edi.
Striklendni biror keksa rassom bilan uchrashtirish ham qiziqarli bo‘lishi mumkin. Masalan, keksa rassom yo muhtojlik, yoxud boylik orttirishga ishtiyoq tufayli qachonlardir o‘z iste’dodidan voz kechgan. Striklenddagi imkoniyatlarni chamalab ko‘rgan nuroniy uni o‘z yo‘lidan voz kechib, muqaddas san’atga qaytishga ko‘ndiradi. Katta boylik orttirgan va jamiyatda ma’lum mavqega ega bo‘lgan bu nuroniy boshqa odam siymosida bo‘lsa-da, o‘zi orzu qilgan san’at — eng yaxshi qismat deb biluvchi va jur’atsizligi tufayli yeta olmagan orzusiga erishmoqchi bo‘ladi.
Striklend maktabni bitiriboq, birja dallollari idorasiga ishga kiradi. Uylangungacha hayoti uning muhitidagi yoshlar singari o‘tadi, ozgina-ozginadan birjada o‘ynab turadi, otlar va eshkakchilar poygasida qatnashadi. Bo‘sh vaqtlarida boks bilan shug‘ullanadi. Kamini tepasiga Langtri xonim va Meri Andersenning rasmlari osib qo‘yilgandi. U “Panch” va “Sporting tayms” singari nashrlarni o‘qirdi, Xampstedda bo‘ladigan raqslarga borib turardi.
Striklendni uzoq muddat mobaynida e’tibordan qochirib qo‘yganligimning unchalik zarari yo‘q.
80


Mo‘yqalam san’atining sirlarini o‘rganish bilan o‘tgan yillar bir xilda zerikarli kechdi. Tirikchilik o‘tkazish, u shug‘ullangan ishlarni eslatish esa hech qanday ahamiyatga ega emas. Bu to‘g‘risida hikoya qilish boshqa odamlar hayotidagi voqealarni hikoya qilish demakdir. Ustiga-ustak, bu voqealar Striklend xarakterida hech qanday iz qoldirmagan. U zamonaviy Parij to‘g‘risidagi romanga xomashyo bo‘ladigan juda ko‘p voqealarni ko‘rdi, lekin ular bilan qiziqmadi. Gaplariga qaraganda Parijdagi hayoti aytarli taassurot qoldirmagan emish. Ehtimol, uning Parijga kelishi qarib qolgan vaqtiga to‘g‘ri kelib qolgandir, shu bois katta shahardan unchalik ta’sirlanmagandir. Eng qizig‘i shundaki, u menga ishning ko‘zini biladigan odamga o‘xshab ko‘rinmadi. O‘sha yillardagi uning hayoti romantikaga to‘la edi, lekin buni o‘zi sezmasdi, shekilli. Romantikani his etmoq uchun, chamasi, odam biroz artist bo‘lmog‘i, o‘z harakatlariga qiziqish bilan va chetdan baho bera bilmog‘i kerak. Striklend bunga tomomila qobiliyatsiz edi. Men hayotda o‘ziga bu qadar e’tiborsiz odamni uchratmaganman. Lekin men o‘z san’atini o‘ziga bo‘ysundirish yo‘lidagi mashaqqatli yo‘lni ko‘rsatib bera olmayman. Agar men omadsizliklarni matonat bilan yenggan, umidsizlikka mutlaqo berilmagan, rassomning ashaddiy dushmani — shubha va ishonchsizlikka qarshi dadil kurashganini hikoya qilsam unchalik yoqimli bo‘lmagan odamga nisbatan muhabbat uyg‘otib qo‘yishimni bilaman. Bunga asosim ham yo‘q. Men Striklendni xuddi boshqalar singari ish ustida ko‘rmaganman. O‘z kurashining sirlarini hech qachon oshkor qilmasdi. O‘z ustaxonasida tanholikda qanday kunlarni boshidan kechirgani, iztiroblari faqat o‘zigagina ayon edi.
Endi uning Blansh Struve bilan munosabatlariga kelsak, yakkam-dukkam va bir-biri bilan bog‘lanmagan faktlardan tashqari ixtiyorimda hech narsa yo‘q. O‘z hikoyamga yaxlitlik bag‘ishlash uchun men ularning aloqalari qanday qilib va nima sababdan fojia bilan tugaganini ko‘rsatishim kerak edi. Lekin men ularning uch oylik hayotlari qanday kechganini bilmayman. Vaqtni qay tarzda o‘tkazishgani va nimalar to‘g‘risida gaplashishgani ham menga ma’lum emas. Bir kecha-kunduzda yigirma to‘rt soat vaqt bor. Lekin juda kam daqiqalardagina inson hissiyotlarining cho‘qqisiga chiqiladi. Kunning boshqa daqiqalarida ular nima qilishlarini tasavvur etishim mumkin edi, xolos. Kunduz kunlari, Blansh hali charchamagan vaqtlarda, chamasi, uning rasmini chizgan, ayol esa rassomning ishga mukkasidan tushib ketganini ko‘rib achchig‘langan. Ayol uning uchun ma’shuqa, o‘ynash sifatida emas, model sifatida kerak bo‘lgan. Lekin oradagi bo‘sh soatlarda yonma-yon yashashsa-da, miq etmay o‘tiraverishgan. Ayolni bu narsa qo‘rqitgandir, ehtimol. Blansh u bilan birga bo‘lish orqali hayotining fojiali damlarida yordamga shoshilgan Dirk Struvedan o‘ch olgan. Striklendning harakatlari dahshatli xayollarga borishga asos berardi. Inson qalbining nozik tebranishlarini kim ham bila olardi? Undan olijanob va risoladagidek tuyg‘ularni kutadigan odamlargina bundan xoli bo‘lishi mumkin. Bir necha daqiqa davom etadigan ehtirosli damlarga qaramay Striklend o‘zi uchun begonaligini sezgach, umidsizlikka tushadi. Blansh Striklend uchun shaxs emas, faqat lazzatlanish quroli ekanligiga ishonch hosil qilgach, zo‘r berib uni o‘ziga bog‘lab olishga behuda urinadi. Ayol unga barcha qulayliklarni yaratib berdi, lekin bu odam uchun qulaylikning sariq chaqacha qadri yo‘qligini payqamadi. Blansh unga lazzatli taomlar tayyorlardi, ammo Striklend bularga tamomila befarq edi. Ayol uni yolg‘iz qoldirishdan qo‘rqardi, uni e’tibor va mehribonchilik bilan qurshab olishga intilardi. Ayol Striklendning ehtirosi so‘nib qolgan paytlarda uni yangitdan alanga oldirishga harakat qilardi. Zero, u shunday soniyalardagina butkul ayol izmida bo‘lishni his etardi. Ehtimol, ayol Striklendni chirmab tashlagan zanjir faqat uning g‘azabini qo‘zg‘atishini aqlan anglar, lekin Blansh qalbi aqliga itoat etmasdi, o‘z yo‘lidan qolmasdi. Bu esa uni halokatli xatolikka olib keldi. Ayol judayam baxtsiz edi. Lekin ko‘r-ko‘rona muhabbat, Striklendga maftunlik tufayli ayol erkakdan ham shunday munosabat qaytishiga umid qilardi.
Striklend to‘g‘risidagi hikoyam uning hayotini yaxshi bilmaganligim tufayli, ancha-muncha kamchiliklardan xoli emas. Men uning ayollar bilan munosabatlari to‘g‘risida ko‘p yozdim. Chunki bu munosabatlar shundoqqina ko‘zga tashlanib turadi. Aslida bu narsa uning hayotida unchalik katta o‘rin tutmaydi. Taqdirning hazilini qarangki, unga yaqinlashgan ayolning qismati fojia bilan yakunlanavergan. Uning hayoti bir so‘z bilan aytilsa, asos-e’tibori bilan orzularu mislsiz mehnatdan
81


iborat bo‘lgan.
Mana shu yerda adabiy uydirma boshlanadi. Muhabbat inson hayotining qirralaridan biri, xolos. Romanlarda esa unga birinchi darajali o‘rin ajratiladi, bu esa hayotiy haqiqatga mutanosib emas. Muhabbat o‘z hayotining eng muhim omili deb hisoblovchi erkaklar juda kam topiladi. Bunday erkaklarni hatto muhabbatni hayotning asosini tashkil etadi deb biluvchi ayollar ham yoqtirishmaydi. Sajda qilish ayollarga xush yoqadi, hayajonga soladi, lekin, baribir, ular erkaklar muhabbat tufayli hamma narsani esidan chiqarib yuboradigan notavon kimsalar degan tuyg‘udan qutula olishmaydi. Erkaklar hatto ayollarga ehtiros bilan muhabbatlarini izhor qilib turgan qisqa onlarda ham boshqa narsalar xayoli bilan band bo‘ladilar. Birining e’tibori yashash vositasiga aylangan ishlarida, boshqasining xayoli sport yoki san’atda bo‘ladi. Ko‘pchilik erkaklar o‘z faoliyatlarini turlicha sohalar bo‘yicha rivojlantirishadi. Ular ayni paytda o‘zlarini qiziqtirib turgan masalalarga e’tiborlarini butkul qaratishlari mumkin. Erkak va ayol sevgisi o‘rtasidagi tafovut shundaki, ayollar butun kun mobaynida xayollari shu narsa bilan muntazam band bo‘lsa, erkaklar o‘qtin-o‘qtingina eslab qo‘yishadi.
Striklendning hayotida istak juda kam o‘rin egallagan. Bu narsa unga ikkinchi darajali va zerikarli tuyulgan. Uning qalbi o‘zga narsaga intilgan. U jilovlab bo‘lmas ehtirosga ega edi, istak esa ba’zan uning vujudini yorib chiqquday bo‘lardi. Lekin u o‘zini nazorat qila olmaydigan darajadagi bu instinktni yoqtirmasdi. Nazarimda, Striklend ehtirosni o‘zi bilan birgalikda baham ko‘radigan odamni ham yoqtirmasdi. O‘zini qo‘lga olgan damlarda hozirgina huzurlangan ayolga nisbatan ham nafrati qo‘zg‘ab qolardi. Xayollari uni tog‘lik o‘lkalarga olib qochar, shunday paytlarda ayol zoti dahshatli narsa bo‘lib ko‘rinardi. Buni guldan-gulga uchib yurgan yo‘l-yo‘l qanotli kapalakka qiyos qilsa bo‘ladi. Nazarimda, san’at jinsiy instinkt namoyon bo‘lishidir. Chiroyli ayolni ko‘rganda erkaklar yuragi bir xil tuyg‘uni boshdan kechirib, o‘ynoqlab ketadi. Striklend jinsiy instinktning risoladagidek namoyon bo‘lishini yoqtirmagan bo‘lsa ehtimol. Uning uchun bu narsa badiiy ijod baxti bilan solishtirganda hech narsaga arzimas tuyulgan. Mening o‘zimga ham shafqatsiz, xudbin, qo‘pol va o‘ta ta’sirchan odam haqida yozib bo‘lganimdan keyin pirovard-natijada chinakam idealist bo‘lganligi haqidagi xulosaga keldim. Lekin dalillar o‘jar narsa.
U istalgan xizmatkordan xarobroq turmush kechirgan. Hammadan ko‘ra og‘irroq mehnat qilgan. Pulga, shon-shuhratga beparvo edi. Ko‘pchiligimiz singari jamiyat bilan murosai madora yo‘lini bilmagan. Uning xayoliga loaqal biror marotaba bo‘lsin murosasozlik kelmagan. U Parijday shaharda Fivey dashtlarida tarkidunyo qilib yurgan darveshga qaraganda ham tanhoroq yashagan. Odamlardan hech narsa ta’ma qilmasdi, tinch qo‘yganlariga xursand edi. U faqat bir maqsadga intilgan, bu maqsadga intilish yo‘lida o‘zini qurbon qilishga tayyorgina emas — bunga ko‘pchilik qodir desa bo‘ladi—balki har qanday ishga tayyor bo‘lgan. U qat’iyatli edi.
Ha, Striklend yomon, shu bilan birga ulug‘ odam edi.
Qirq to‘rtinchi bob
Ijodkorning san’atga qarashi katta ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli Striklendning o‘tmishdagi ulug‘ san’atkorlarga qanday munosabatda bo‘lganligini aytib o‘tishim zarurdir. Men, albatta, bu to‘g‘rida ko‘p narsa bilmayman. Striklend so‘zamol odam emasdi. Aytadigan fikrini tinglovchining esida qoladigan aniq so‘zlar bilan ifodalay olmasdi, gapga to‘n kiydira olmasdi. Hazili ham — agar yuqorida uning gapirish uslubini biroz bo‘lsa-da ifodalab berolgan bo‘lsam, kinoyaviy xarakter kasb etardi. Hazil qilganda ham qo‘pol chiqardi. U gohida suhbatdoshini kulishga majbur etardi, lekin bu hazili g‘alatiligi, haq gapni to‘ppa-to‘g‘ri aytishi bilan hayron qoldirardi. Agar biz ko‘proq haq gapni aytib o‘rgangan bo‘lsak, bu gaplarga kulmasa ham bo‘lardi.
Striklend tabiatan unchalik aqlli zot emasdi, san’atga qarashlari ham originalligi bilan ajralib turmasdi. Men hech qachon ruhan o‘z ijodiga yaqin bo‘lgan rassomlar, masalan, Sezann va Van-Gog to‘g‘risida gapirganini eshitgan emasman. Men hatto ularning asarlarini ko‘rganligiga ham ishonmayman. Impressionistlar ijodi ham uni unchalik qiziqtirmasdi. Ularning texnikasini e’tirof etgani
82


holda impressionistik tasvirni dag‘al deb hisoblardi deyish fikridan uzoq emasman. Bir kuni Struve Mone asarlarini obdon maqtaganda: “Menga Vinterxalter afzalroq tuyuladi”, — degan edi. Chamasi bu fikrni Struvening achchig‘ini chiqarish uchun aytgan va albatta, maqsadiga erishgan edi.
Ilgari o‘tgan rassomlar to‘g‘risida Striklendning biror arzirliroq, favqulodda fikrini keltira olmasligim g‘oyat achinarlidir. Bu odam xarakterida g‘alatiliklar shu qadar ko‘pki, eski rassomlar xususidagi ablahona fikrlari uning portretini samarali yakunlash imkonini bermaydi. Men uning o‘z o‘tmishdoshlari to‘g‘risidagi favqulodda nazariyalarini keltirgim keladi, lekin afsuski, uning fikrlari jamoatchilikka allaqachon ma’lum bo‘lgan fikrlardan nari o‘tmasligini qayd etishga majburman. U El Grekoni bilganligiga shubhalanaman, lekin Velaskesga favqulodda ehtiros bilan munosabatda bo‘lardi. Sharden uni hayratga solardi, Rembrandt esa jazavaga tushirardi. U Rembrandt asarlari to‘g‘risidagi taassurotlarini shu qadar shaloq so‘zlar bilan ifodalardiki, men bu so‘zlarni qaytarishga ham istihola qilaman. Lekin uning Breyzellarning kattasiga bo‘lgan favqulodda qiziqishi butunlay kutilmagan hodisa edi. Striklend o‘z fikrlarini ifodalashning uddasidan chiqa olmasdi. Men uning fikrlaridan biror narsani anglab olish qiyin bo‘lganligi sababligina vositachilik qildim va biroz bo‘lsa-da, ma’no chiqarishga intildim.
— Bu haqiqiy rassom, — e’tirof etdi Striklend. — Garov o‘ynaymanki, u o‘z asarlarini yaratayotganida butun a’zoi badanidan shashqator ter chiqib ketgan bo‘lsa kerak. Keyin Venada Piter Breygelning rasmlarini ko‘rganimda Striklendni rassom asarlarining qaysi jihatlari o‘ziga jalb etganini tushundim. Breygelga olam qandaydir boshqacha manzarada namoyon bo‘lgan, bunga o‘zi ham hayratlangan. Men o‘sha vaqtlarda u haqda yozmoqchi bo‘lib yon daftarchamga qator qaydlar qildim, keyinchalik shu daftarcham yo‘qolganligi tufayli rasmlar menda uyg‘otgan taassurotlargina yodimda qoldi. Odamlar uning nazdida majruh va kulgili tuyulardi, shu tufayli ularga nafrat bilan qarardi. Hayot kulgili va yaramas harakatlar yig‘indisidan iborat, shu bois faqat masxaralashga arziydi degan fikrda edi. Lekin bunday kulgi g‘oyat alamli edi. Mening nazarimda doimo Breygel bir san’at vositasi bilan ifodalashi lozim bo‘lgan narsalarni boshqa san’at turi bilan ifodalashga intilayotganga o‘xshardi. Ehtimol, xuddi shuning uchun u Striklendni o‘ziga jalb etgandir. Chamasi ularning har ikkalasi ham adabiyotda ifodalash osonroq bo‘lgan g‘oyalarni rassomchilik orqali tasvirlashga intilishgan. Striklend o‘sha paytda qirq yettilar atrofida edi.
Qirq beshinchi bob
Yuqorida aytib o‘tganimdek, agar tasodifan Taitiga borib qolmaganimda bu kitobni hech qachon yozmagan bo‘lardim. Gap shundaki, uzoq sarson-sargardonlikdan so‘ng Charlz Striklend Taitida yashab qoldi va unga shon-shuhrat keltirgan asarlarini asosan shu yerda yaratdi. Fikrimcha, biror rassom ham butun vujudini qoplab olgan orzularini asarlarida to‘la ifodalay olgan emas. Rasm texnikasini egallash yo‘lidagi mashaqqatli kurashdan toliqqan Striklend ham ruhiy nigohida doimiy gavdalanib turgan narsalarni ifodalashga boshqalardan ko‘ra kam kuch sarflamagan bo‘lsa kerak. Lekin Taitidagi muhit uning uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Bu yangi olamchada uning ilhomi samarali bo‘lishi zarur elementlarni topa bildi. Striklendning oxirgi rasmlari u izlagan narsalar to‘g‘risida ba’zi taassurotlarni bera oladi. Bu asarlar bizning fantaziyamizga qandaydir yangi va g‘alati ozuqa bera oladi. Xuddi butun olam bo‘ylab o‘ziga makon qidirib yurgan uning ruhi nihoyat shu joydan o‘ziga boshpana topganday. Siyqasi chiqqan so‘zlar bilan ifodalasak, Striklend bu yerda o‘zligini topdi.
Aslida tashqi olamdan uzilib qolgan orolga kelishim bilanoq, bir vaqtlar meni juda qiziqtirgan Striklendni darhol eslashim kerak edi. Lekin ishga mukkamdan berilib ketdim, undan boshqa narsani o‘ylamadim. Oradan bir necha kun o‘tgandan keyingina uning nomi Taiti bilan bog‘liqligini esladim. Men uni ko‘rganimga hozir o‘n besh yil bo‘ldi, vafot etganidan beri esa oradan to‘qqiz yil o‘tdi. Bundan tashqari Taitidan olgan taassurotlarim hatto ishlarimni ham esimdan chiqarib yubordi. Men hamon
83