ZYUSS

ZYUSS (Suess) Eduard (1831.20.8, London — 1914.24.4, Vena) — avstriyalik geolog. Vena un-tida geologiya prof. (1857—1901). Vena FA prezidenti (1898—1911). Reyxstrat aʼzosi (1873-y. dan). Alp togʻlari, Lombardiya botiqligi, Apennin togʻlarining geologik tuzilishi va tektonikasini oʻrgangan. «Alp togʻlarining hosil boʻlishi» (1875) ilmiy asarida togʻliklarning hosil boʻlishi toʻgʻrisidagi fikrlarni kontraksiya nazariyasi asosida rivojlantirdi. 3 jildli «Lik Zemli» («Yerning koʻrinishi»; 1883—1909) asarida 20-a. boshlarigacha turli mamlakatlarda olib borilgan barcha regional tadqiqotlarni toʻplagan va Yer poʻstiklt materik qismlaridagi tuzilishi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi fikrlarni umumlashtirgan. 3. ning bu asari geol. ning turli sohalarini rivojlanishida muhim rol oʻynagan. 3. ning nazariy fikrlari hozirgacha geol. da saqlanib qolgan.