ZAGORSK TOVUQ ZOTLARI

ZAGORSK TOVUQ ZOTLARI — goʻsht-tuxum yoʻnalishidagi zotdor tovuqlar guruhi. Sobiq Ittifoq Parrandachilik i. t. va texnologiya in-tida 20-a. ning 50-y. larida rus oq tovugʻi, yurlov, nyu-gempshir va rod-aylend zotlarini chatishtirib chiqarilgan. Yirik, etdor, toji gulsimon oq tovuq va toji yaproqsimon sargʻish-jigarrang guruhlarga boʻlinadi. Tovugʻining vazni oʻrtacha 3,5—4 kg, xoʻrozi 4,5—5 kg. Tovugʻi yilda 160—180 ta tuxum qiladi. Tuxumi 58—60 g. Joʻja tovugʻi 180 kunligidan tuxumga kiradi. Oʻzbekistonda ham boqiladi.