ZUHRO KAMARI

ZUHRO KAMARI (Cestus veneris) – paypaslagichlar turkumiga mansub; ta-roklilar turi. Tanasi tasmasimon, tiniq tusli; rangini oʻzgartirish xususiyatiga ega. Uz. 1,5 m gacha. Ogʻiz teshigi tanasining oʻrtasida joylashgan. Tana-sida 8 ta meridian qatordan iborat taroqsimon plastinkasi bor. Ulardan 4 tasi boshqalariga nisbatan uzun boʻlib, tana boʻylab choʻzilgan. Paypaslagichlari yordamida suzib yuradi. Qorongʻida yorugʻ nur tarqatadi. Tropik va subtropik dengizlarda tarqalgan.