ZOOXORIYA

ZOOXORIYA (zoo… va yun. choreo — tarqataman) — oʻsimliklar mevasi, urugʻi, sporasi va b. ning hayvonlar yordamida tarqalishi. 3. bir necha xilga boʻlinadi: epizooxoriya — meva va urugʻlarning hayvonlar tanasi sirtiga yopishib tarqalishi; endozooxoriya — oʻsimliklar mevasi va urugʻini hayvonlar yeganida ularning ekskrementi orqali tarqalishi; sinzooxoriya — meva va urugʻlarning qishda oziq toʻplaydigan hayvonlar orqali tarqalishi; mirmekozooxoriya — meva va urugʻlarning chumolilar orqali tarqalishi; sinzooxoriyaning bir xili. Meva va urugʻlarning tuzilishida Zooxoriyaning muayyan usuliga moslanishi paydo boʻladi. Maye, epizooxoriyada meva urugʻlar sirti yopishqoq modda yoki turli xil ilmoqchalar bilan qoplangan; endozooxoriyada mevalar etli va sersuv boʻladi.