ZOND

«ZOND» — kosmik fazoni oʻrganish va uzoq komsik masofalarga parvoz qilish texnikasini takomillashtirish maqsadida uchirilgan sayyoralararo avtomatik st-yalar (SAS) nomi. Astrooriyentatsiya tizimi va korreksiya (tu-zatish kiritish) dvigatel qurilmasi bilan taʼminlangan. Bort apparatlari Quyosh energiyasi yordamida ishlaydi. Kema ichida t-ra va bosim avtomatik tarzda bir xil ushlab turiladi. Ogʻirligi 960 kg cha. 1966-y. 2 apr. dan 1970-y. 20 okt. gacha 8 «3.» uchirilgan. «Zond»larni uchirish natijasida Yer — Mars orasidagi kosmik fazo oʻrganildi, sifatli fotosuratlar yordamida Oyning teskari tomoni relyefi oʻrganildi, uning toʻliq xaritasini tuzish va oy globusini yasashga imkon tugʻildi. Yerga qoʻndirish sistemasi sinaldi, Oy va Yerning fotosuratlari olindi va h. k.