ZOKIROVA

ZOKIROVA Mahfuzaxon (1952.19.10, Yozyovon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Fargʻona ped. in-tini tugatgan (1980). 1970-y. dan Yozyovon tumanidagi 31-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, geogr. oʻqituvchisi, 1987-y. dan direktor. 3. dars jarayonida taʼlim va tarbiya berishning noanʼanaviy usullaridan samarali foydalanadi.