ZOKIROV

ZOKIROV Marat (1939.21.3, Jizzax tumani) — ilgʻor oʻqituvchi, Oʻzbekiston Qahramoni (2002). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi (1990). SamDU ning fizika-mat. f-ti (1961), Samarqand qishloq xoʻjalik in-tining agronomiya f-tini (1981, sirtdan) tugatgan. 1961-y. dan Jizzax tumanidagi 16-maktabda fizika uqituvchisi, 1976— 84 y. larda partiya ishlarida ishlagan. 1984-y. dan Jizzax tumanidagi 36-maktab, 1995-y. sent. dan Jizzax ped. in-ti qoshidagi iqtidorli bolalar litseyi direktori. 3. direktorlik qilayotgan litseyda vi-loyatning eng iqtidorli bolalari tanlov asosida ukimoqda. Uning tadbirkorlik qobiliyati, tashabbuskorlik faoliyati tufayli litsey xonalari zamonaviy koʻrgazmali vositalar bilan jihozlangan. 2 ta ilmiy metodik risola («Sogʻlom avlod — millat koʻrki», «Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston!»), 3 ta qoʻllanma («Oʻzligini anglagan xalq», «Maʼrifiy saboqlar», «Umumtaʼlim maktablarida oʻqituvchilarning boʻsh vaqtini taʼminlash») muallifi.