ZODIAK

ZODIAK, zodiakal aylana (yun. zodiakos, zoon — hayvon) — Quyoshning yillik koʻrinma harakatida bosib oʻtadigan yoʻli — ekliptikadagi 12 burj: Hamal (Qoʻzi), Savr (Buzoq), Javzo (Egizaklar), Saraton (Qisqichbaqa), Asad (Arslon), Sunbula (Bugʻdoyboshi), Mezon (Tarozi), Aqrab (Chayon), Qavs (Oʻqchi), Jadiy (Togʻtaka), Dalv (Suv-chi) va Hut (Baliq) joylashgan aylana. «3.» atamasi juda qadim zamonlar-dayoq zodiakal yulduzlarning koʻpchiligi hayvonlar nomlari bilan atalishiga boglik. Zodiakal yulduz turkumlari orqali Quyosh sistemasining hamda Oyning koʻrinma harakat yoʻli ham oʻtadi. Qad. Yunonistonda zodiakal yulduz turkumlari alohida guruxdarga ajratilib, har biri oʻz belgisiga ega edi (q. Astronomik belgilar). Yulduz turkumlarining belgilari bilan bahorgi (Hamal) va kuzgi (Mezon) teng kunliklar, yozgi (Saraton) va qishki (Jadiy) Quyosh turishi nuqtalari ham belgilangan. Pretsessiya natijasida bu nuqtalar oʻtgan 2 ming yil davomida yuqoridagi yulduz turkumlaridan siljib ketgan boʻlsa xam yunonlar bergan nomlar saqlanib qolgan. Zodiakal yulduz turkumlarining hammasi Oʻzbekistonda toʻliq koʻrinadi (q. Burjlar).