ZMAY

ZMAY (Zmai; asl ism sharifi Yovanovich, Jobanobuch) Yovan (1833.24.11, NoviSad, 1904.3.6, Kamenitsa, Voyevodina) — serb shoiri. Ijodida milliyvatanparvarlik mavzui asosiy oʻrinni egallaydi («Vila», 1858; «Uch gayduk», 1866; «Baxtsiz ona», 1871 va b.). 3. hajviy sheʼrlar ustasi («Yogʻoch qasidasi», 1878; «Serbiyadagi yangi saylovlar», 1884 va b.). Serb sheʼriyatida birinchilardan boʻlib serb dehqonlari va shahar qashshoqlarining nochor hayotini tasvirlagan («Uchinchi ulush», 1880; «Sudxoʻr», 1881 va b.). Z. ning «Atirgullar» (1864), «Soʻlgʻin atirgullar» (1882) toʻplamlariga kirgan sheʼrlari serb romantik sheʼriyatining eng yaxshi namunalari sanaladi. Zmayning ayrim sheʼrlari Xurshid Davron tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1989).