ZICHLIK

ZICHLIK (r) — 1) moddaning asosiy tafsilotlaridan biri; son jihatdan jismning hajm birligidagi massasiga teng: p = f , bunda r — jism zichli gi, t — massasi, V — hajmi. Bir jinsli moddaning Zichliki uning barcha nuqtalarida bir xil, bir jinsli boʻlmagan moddalarda esa 3. i jism hajmining turli nuqtalarida har xil boʻladi. Zichlikning SI dagi oʻlchov birligi kg/m3, SGS da esa g/ sm3. Koʻpincha tizimga kirmagan oʻlchov birliklari — kg/l, t/m3 ham ishlatiladi. Modda Z. i, odatda, tra ortishi bilan kamayadi va bosim ortishi bilan ortadi (suvning Zichliki traning 4° gacha pasayishida ortadi, traning keyingi pasayishida Zichliki ham kamayadi). Moddaning bir agregat holatidan ikkinchisiga oʻtishida 3. sakrashsimon oʻzgaradi. Xususan, qattiq holatdan suyuq holatga yoki suyuq holatdan gazsimon holatga oʻtishida modda zichligi tez kamayadi (lekin choʻyan va suv qattiq holatdan suyuq holatga oʻtishida 3. tez ortadi. Suyuq holatdan qattiq holatga oʻtishida esa, aksincha, 3. anomal kamayadi). Ikki modda Zichliki nisbatiga nisbiy 3. deyiladi. Odatda, nisbiy 3. suyuqlik va gazlar uchun distillangan suv Z. iga nisbatan, gazlar uchun esa quruq havo va vodorod Z. iga nisbatan aniqlanadi; mas, ideal gazlar uchun nisbiy 3.: rʻ=tg = s^ Ushbu ifoda vodorod Zichlik iga nisbatan (|xo=2) olingan Zichliklarni aniqlash orqali gazning molekulyar ogʻirliklari topiladi;

2) elektr tokida — elektr tokining asosiy tafeilotlaridan biri; tok yoʻnalishiga tik yoʻnalishdagi yuza birligi orqali 1 s da oʻtadigan elektr zaryadiga teng.