ZININ REAKSIYASI

ZININ REAKSIYASI — aromatik nitrobirikmalarni kaytarib aromatik aminlar olish usuli: ArNO2 + 3H2S» ArNH2 + 2S + 2H2O. Reaksiyani 1842-y. da N. N. Zinin kashf etgan. 3. r. asosida boʻyoqlar, farmatsevtik preparatlar, portlovchi, xushboʻy va dorivor moddalar olishda boshlangʻich mahsulot sifatida qoʻllaniladigan turli aromatik aminlar sintez qilinadi.