ZIYORIYLAR

ZIYORIYLAR — Eronda hukmronlik qilgan sulola (928—1042). Asoschisi qad. aslzodalar avlodidan boʻlgan Mardovij ibn Ziyor (928—935). U somoniylar lashkarboshisi Asfar isyonidan foydalanib, Tabariston, Jurjonni ishgʻol qilgan va mustaqil 3. davlatini tuzgan. Keyinchalik Isfahon, Hamadonni egallagan, 928—931-y. larda 3. davlatining chegarasi Mesopotamiyadagi Xulvon sh. gacha kengaygan. Mardovij abbosiylar vassal i hisoblanardi. Uning vafotidan soʻng Ziyoriylarga qarashli hudud boʻlinib ketgan. Mardovijning ukasi Vashmgir (Vushmgir) davrida (935—967) 3. ixtiyorida faqat Kaspiy boʻyi yerlarigina qolgan, bu vaqtda ular somoniylarga tobe boʻlgan. 3. buvayhiylar bilan somoniylar oʻrtasidagi Shim. Eron uchun boʻlgan kurashda muhim rol oʻynagan. 11a. boshlarida 3. gʻaznaviylarga boʻysungan. 1041-y. saljuklar Jurjon va Tabaristonni bosib olgach, Ziyoriylarning soʻnggi shohi Kaykovus Gʻaznaga qochgan.