ZIYO SAID

ZIYO SAID (taxallusi; asl ismsharifi Qosim Solihov) (1902 — Toshkent — 1938) — oʻzbek jurnalista, dramaturgi va tanqidchisi. Eski usul maktabida savod chiqargan. Dastlab «Ishtirokiyun» (1918 — 20), «Yosh Sharq» (1920—22) gaz. larida, «Oʻzgarishchi yoshlar» (1922—24) jur. ida ishlagan. «Qizil Oʻzbekiston» gaz. da sarkotib (192627), «Mushtum» jur. muharriri (1927—31), Oʻzbekiston radioeshittirish qoʻmitasi raisi (1937—38). Ijodi 1922-y. dan boshlangan. «Qonli kun» (1926, Moʻminjon Muhammadjonov b-n hamkorlikda) dramasi 1916-y. dagi Toshkent qoʻzgʻoloni haqida. «Tarix tilga kirdi» (1931, Nazir Safarov bilan hamkorlikda) lramasida 30y. lardagi keskin mafkuraviy kurashlar tasvirlangan. «Toʻralik sirtmogʻi» (1935) pyesasida xalqning dardu tashvishlaridan yiroq amaldorlar qiyofasi aks ettirilgan. 3. S. ijodining asosiy qismini hajviyalar tashkil etadi. Bundan tashqari, u oʻzbek dramaturgiyasi va kino sanʼati muammolari tahlil etilgan koʻplab maqolalar muallifi.

3. S. ijodiy merosida 1927-y. da nashr etilgan «Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga oid materiallar» (1870—1927) risolasi alohida ahamiyatga molik. Risola oʻzbek matbuotining shakllanish tarixini oʻrganishda muhim manbadir. Qatagʻon qurboni boʻlgan. Toshkent koʻchalaridan biriga 3. S. nomi berilgan.

As: Tanlangan asarlar, T., 1974.