ZEYa

ZEYa — RF Amur viloyatidagi daryo, Amur daryosining chap irmogʻi. Uz. 1242 km, havzasining mayd. 233 ming km2. Stanovoy tizmasining jan. yon bagʻirlaridan boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi 1910 m3/ sek. Oʻngdan Bryanta, Gilyuy, Urkan, chapdan Dep, Selemja, Tom kabi irmoqlar quyiladi. Koʻproq yomgʻirdan suv oladi. Noyab. boshlarida muzlab may boshlarida muzdan boʻshaydi. Suvi keskin koʻpayganda toshadi. Zeya GES dan quyiroqda va suv omborida kema qatnaydi. 3. boʻyida Blagoveshchensk, Zeya, Svobodniy sh. lari bor.