ZERU BAM

ZERU BAM, Zir (zil) u bam (fors. — past va baland) — 1) oʻrta asrlarda Turkiston, Eron, Ozarbayjon xalklari musika amaliyoti va nazariyasida eng ingichka (zer) va yoʻgʻon (bamm) tovush beradigan torlar;

2) musika tovushqatorining baland va past qismlari ifodasi;

3) ayrim sozlar (mis va yogʻoch naylar; koʻs nogʻora, rez nogʻora bilan doʻl nogʻora) ham 3. b. deyilgan. Uzbek mumtoz sheʼriyatida 3. b. atamasi va ayni musiqiy maʼnosidan keng foydalanilgan: Navoiy: Mugʻanniy, Navoiy figʻonin eshit Ki, sozing aro zer ila bamda yoʻq.