ZELDOVICH Yakov Borisovich (1914.8. 3, Minsk — 1987) — rus nazariyotchifizigi, akad. (1958). Sobiq Ittifoq FA ga qarashli Kimyo fizikasi intida (1931—64), Amaliy matematika intida (1964-y. dan) ishlagan. Fizikaviy kimyo, yonish, detonatsiya va zarba toʻlqinlarining zamonaviy nazariyasi yaratuvchilaridan biri. Yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi, astrofizika, hozirgi zamon relyativistik kosmologiyasiga oid asarlar muallifi. 1939-y. da uranning boʻlinishidagi zanjir reaksiyasini birinchi boʻlib hisoblab chiqdi (Yu. B. Xariton bilan hamkorlikda).