ZAHARLI ZAMBURUGʻLAR

ZAHARLI ZAMBURUGʻLAR — tarki bida turli zaharli moddalar (mas, alkaloidlar) boʻladigan zamburugʻlar. Koʻpchilik 3. z. ning alkaloidlari, asosan, hazm organlariga taʼsir etadi. Maye, don ekinlarida uchraydigan qorakuya (qoramigʻ — Claviceps rifigea)ning qattiq qora sklerotsiysi tarkibida alkaloidlar odam va hayvonlarning meʼda, ichak va b. organlarini zaharlaydi. 3. z. alkaloidlaridan ayrimlari tugʻish jarayonini jadallashtirish uchun oz miqdorda ishlatiladi. Fuzarium va vertitsillium turkumidagi baʼzi zamburugʻlar qoramollar va turli toksikoz kasalliklarini paydo qiladi. Aksari qoʻziqorinlar (mas, Helvella) tarkibidagi gelvella kislota oshqozon va ichaklarni zaharlaydi.