ZASTAVNIKOV Georgiy Ivanovich

ZASTAVNIKOV Georgiy Ivanovich (1898.13.12—1970.13.2, Toshkent) sirk artista. Oʻzbekiston xalq artista (1964). 1907-y. dan ukasi Vladimir Ivanovich 3. (1900—1926) bilan Turkistonning shahar va qishloklarida qoʻsh chigariq, aylanadigan temir shoti ustida gimnastika tomoshalari koʻrsatgan. Komik akrobatlar (Shax va Mat), 1913-y. dan kupletchi masxarabozlar, buffmasxarabozlar sifatida shuhrat qozonganlar. Oʻrgatilgan hayvonlar bilan boʻlgan tomoshalarida komediyali, satirik yoki taklidiy sahnalar koʻrsatdi. «4 G» (antifashistik pamflet, Gitler, Gebels, Gering, Gimmler haqida) va b. tomoshalari mashhur boʻlgan. 1918— 22 y. larda Buxoroda, keyinchalik V. Lazarenko bilan Fargʻonada tomosha koʻrsatgan (1930). U 40 yil davomida hamma manejlarda it oʻynatish tomoshasi bilan chiqqan. Uzbek sirk jamoasida masxarabozhayvon oʻrgatuvchi boʻlib ishlagan.