ZARYADNING SAQLANISH QONUNI

ZARYADNING SAQLANISH QONUNI — — elektr jihatdan himoyalangan har qanday yopiq sistemada zaryadlarning algebraik yigʻindisi ushbu sistemada qanday jarayonlar yuz bersa ham doimo oʻzgarmay qolishini ifodalovchi qonun. Tabiatning asosiy qonunlaridan biri. M. Faradey tajribada kashf qilgan. Har qanday jismning elektr zaryadi karrali musbat va manfiy elementar zarralardan iborat. Elementar zaryad ye orqali belgilansa, har qanday jismning zaryadi karrali ye ga teng, yaʼni 0, + ye, ±2e,…, ±Ne. Zaryad kvantlangan, yaʼni zaryad miqdori uzluksiz oʻzgarmay, balki uzlukli ravishda oʻzgaradi. Zaryad miqdori har qanday taʼsirlashuvlarda ham oʻzgarmaydi, taʼsirdan soʻng zaryad faqat taqsimlanadi. Umumiy zaryad oʻzgarmaydi, yaʼni zaryadning saklanish qonuni oʻz kuchini saklaydi: elektr zaryadlari oʻzoʻzidan paydo boʻlmaydi va yoʻqolmaydi, ular faqat bir jismdan boshqasiga uzatiladi yoki jism ichida koʻchadi hamda yopiq sistema ichida elektr zaryadlarining algebraik yigʻindisi oʻzgarmay qoladi.