ZARRA

ZARRA — oz sonli elementar zarralardan tashkil topgan modda ulushlari. Mas, tutun Zarralari, chang Z. lari, havodagi suv Z. lari, molekulalar, atomlar, yadrolar, nuklonlar va b. Oʻlchamlariga qarab 3. makrozarralar yoki mikrozarralarga boʻlinadi; makrozarralar mikrozarralardan tashkil topadi. Mikrozarralar (atom yadrosi, elektronlar, nuklonlar, mezonlar, giperonlar, ukvant va h. k.) spinlari qoʻshilgan holda maʼlum yoʻnalishda harakatlanishi Zarra larning qutblanishi deyiladi. Ichki tuzilishiga qarab murakkab yoki oddiy Zarralar boʻladi; murakkab Zarralar oddiy Zarra lardan iborat. 3. qandayligidan qatʼi nazar, energiya, impuls, massa va b. xususiyatlarga ega. Dastlab 3. va uning xususiyatlari oʻzgarmas, har qanday 3. yanada maydaroq Zarra lardan iborat, deb hisoblanardi. Tekshirishlardan maʼlum boʻldiki, Zarra lardan baʼzilari butunlay oʻzgarishi, oʻz tarkibida boʻlmagan yangi Zarralar paydo qilishi, hatto oʻziga moye antizarralar bilan toʻqnashganda tamomila yoʻqolib, elektromagnit maydon hosil qilishi mumkin ekan (q. Antizarralar, Annigilyatsiya). 3. tushunchasi maydonlar nazariyasi va toʻlqinlar nazariyasida ham koʻp ishlatiladi. Tinch turgan modda Zarra lari massaga ega, elektromagnit maydon Z. lari — fotonlar esa tinch turganda massaga ega boʻlmaydi. Zarralar sistemasi nazariyasida (jumladan, qattiq jismlar nazariyasida) tekshiriladigan hodisalarning roʻy berishida koʻp Zarralar maʼlum jihatdan haqiqiy moddiy Zarra larga oʻxshash boʻlgani uchun yordamchi tushuncha sifatida kvazizarralar tushunchasi bilan ish koʻriladi, mas, fonon, polyaron, eksiton, magnon, plazmon va b. (yana q. Elementar zarralar).