ZARIPOV

ZARIPOV Zoyit (1912, Taxtakupir tumani — 1981.17.5, Nukus) — krraqalpoq aktyori. Oʻzbekiston xalk, artisti (1969). Faoliyatini «Tong nuri» teatri truppasida boshlagan (1927). 1930-y. dan Qoraqalpoq teatrida. Qoraqalpoq professional teatr sanʼati shakllanishida katta rol uynagan. Salbiy, hajviy va grotesk rollar ustasi. Ijodi ifoda vositalarining aniqligi, fikrning tugalligi, nutq va harakatlarning mukammal ishlanganligi bilan xarakterli. Eng yaxshi rollari: Tilmoch («Kuklan botir»), Serman («Oygul va Obod»), Qutim soʻpi («Berdaq»), Hakimzoda vazir («Oshiq Gʻarib»), Turman («Ravshan») va b.